VI–VII asrlar slavyan qabilalari g‘arbda Elba daryosidan,
sharqda Visla daryosiga qadar, shimolda Boltiq dengizidan,
janubda Dunay daryosiga qadar cho‘zilgan hududlarda
yashaganlar.
610-yil Muhammad (s.a.v.) ga Alloh taolodan vahiy kela
boshlaydi.
618-yil Xitoyning shimoli-g‘arbidagi mahalliy hokimlardan
biri Li Yuan taxtni egallab Tan sulolasiga asos soladi.
618-907-yillar Xitoyda Tan sulolasi hukmronlik qilgan.
622-yil Muhammad (s.a.v.) o‘z tarafdorlari bilan Yasrib
(Madina) ga keladi.
624-yil Xitoyda qabul qilingan qonunga ko‘ra, har bir
xo‘jalik uy-hovlisi o‘rnidan tashqari 80 mugacha
haydaladigan yerni ijaraga olish huquqiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |