1956-yil 25-fevralda bo‘lgan KPSS XX syezdining yopiq
majlisida KPSS MK Birinchi sekretari Nikita Xrushchev
shaxsga sig‘inish va uning oqibatlari to‘g‘risida ma’ruza
qildi.
1956-yil 6-avgustda KPSS MK va SSSR Ministrlar
Sovetining “Paxta yetishtirishni ko‘paytirmoq uchun
O‘zbekiston SSR va Qozog‘iston SSRdagi Mirzacho‘lning
qo‘riq yerlarini sug‘orish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unda paxta ekiladigan maydonlarni O‘zbekiston SSRda 200
000, Qozog‘iston SSRda 100 000 gektar kengaytirish
rejalashtirildi.
1957-yil dekabrdan 1959-yil mart oyigacha O‘zbekiston
Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari
lavozimida Sobir Kamolov faoliyat ko’rsatgan.
1957-1961-yillarda Nuriddin Muhitdinov KPSS MK
Prezidiumi a’zosi hamda KPSS MK ideologiya sekretari
kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |