1924-yil fevralda Buxoro Kompartiyasi chegaralanish
masalasi yuzasidan Fayzulla Xo‘jayev tomonidan yozilgan
tezislarni qabul qildi.
1924-yil fevral–iyun oylarida SSSRdagi markaziy organlar,
Turkiston, Buxoro, Xorazm kommunistik partiyalari va
RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi milliy chegaralanish
masalalari yuzasidan zo‘r berib ish olib borishdi.
1924-yil 8-mayda bir guruh Xorazm rahbarlari RKP(b)
MKga “Xorazmda milliy masalani hal qilish to‘g‘risida
maktub” yuborib, unga Xorazmni chegaralanishga
qo‘shmaslikni iltimos qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |