1921-yil 6-martda Xorazmda qizil askarlar uyushtirgan
harbiy davlat to‘ntarishidan keyin P.Yusupov hukumati
ham ag‘darib tashlandi.
1921-yil iyun-sentyabr oylarida Farg`ona viloyatida 200
dan ortiq qo‘rboshi guruhlari harakat qilgan.
1921-yil avgust Turkiston Kompartiyasi VI syezdi bo`lib
o`tdi.
1921-yil sentyabrda Xivada ochilgan xalq dorilfununi
respublika madaniy hayotida katta voqea bo‘ldi.
1921-yil 13-sentyabrda Farg‘ona vodiysida favqulodda
holat e’lon qilindi.
1921-yil 18-23-sentyabrda bo‘lgan Butunbuxoro xalq
vakillarining II qurultoyida demokratik ruhdagi BXSR
Konstitutsiyasi qabul qilindi. Markaziy Revkom o‘rniga
qonun chiqaruvchi va nazorat qiluvchi oliy organ-
Butunbuxoro Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tashkil qilindi.
Taniqli davlat arbobi Usmon Xo‘ja unga rais bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |