1919-yilSentyabr
oyining
dastlabki
kunlarida
Madaminbek lashkarlari Jalolobod va O‘sh shaharlarini
egallashdi.
1919-yil 12-oktyabrda Pomirning Ergashtom ovulida
bo‘lgan anjumanda Madaminbek boshchiligida Farg‘ona
muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi.
1919-yil 4-noyabrda Yosh xivaliklar, To‘rtko‘ldagi
inqilobchi kommunistlar guruhi hamda Qo‘shmamedxon
Sapiyev va G‘ulomalixon Bahodir boshchiligidagi turkman
qabilalari Xiva xoni Said Abdullaxon va turkman
yovmutlarining yetakchisi Junaidxonga qarshi kurash
boshlash uchun o‘zaro ittifoq tuzib, Xiva shahrini egallash
uchun qizil askarlarni yordamga chaqirdi.
1919-yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo‘l ostida 30
000 nafarga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi istiqlol
janglarini olib bordilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |