1911-1913-yillar Turkistonning turli shaharlarida teatrlar
tashkil etildi.
1911-1917-yillar Jadid teatrlarida 25 ta pyesanamoyish
etildi.
1912-yil Buxoroda “Tarbiyai atfol” jamiyati 30 nafar
talabani Turkiyaga o‘qishga yuborganlar.
1912-yil Hazorasp, Xonqadagi qo‘zg‘olonlar keskin tus
oldi.
1912-yilgi qo‘zg‘olon xalq norozilik chiqishlarida yangi
omilni namoyon qildi, ya’ni qo‘zg‘olonchilar o‘qotar
aslahalar bilan qurollanib, urush olib borish taktikasini
o‘zlashtirgan edilar.
1913-yil Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari
tugallandi.
1913-yil Asfandiyorxon islohotchilar rahnamolaridan biri,
mamlakat bosh vaziri Islumxo‘jani davlat mablag‘larini
o‘zlashtirishda ayblab o‘ldirtiradi.
1913-yil Buxoro amirligida barcha jadid maktablari
yopildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |