O‘zbek tili fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Talabalar o‘zbek tilini, u orqali o‘zbek xalqining boy tarixini, madaniyatini, an’analarini, dunyo ilm-faniga ulkan hissa qo‘shgan shoirlari, adiblari, olimlari, tarixiy siymolari qoldirgan ilmiy, badiiy merosdan bahramand bo‘ladilar. O‘quv rejasining ijtimoiy-gumanitar fanlar blokiga kirgan barcha fanlar, xususan, falsafa, siyosatshunoslik, ma’naviyat asoslari kabi fanlar bevosita o‘zbek tili fani bilan bog‘liq hisoblanadi. O‘zbek tili fani ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan ixtisoslik fanlari bilan, shuningdek, rus tili, chet tili fanlari bilan qiyoslab o‘rganilgani uchun bu fanlar bilan uzviy aloqadordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |