207
idish IX orqali ekstraktorlar X va XI ga uzatiladi.Agar maydalangan massa etarlicha isitilmagan bo‟lsa
( 60
0
S dan past), u holda u resirkulyasion klapan vositasida yana isitish uchun qaytariladi.
Ekstraktorlar X va XI da pomidor sharbatini ajratish amalga oshiriladi.Ikkala ekstraktor
liniyaning berilgan unumdorligiga bog‟liq holda ham galma-gal, ham birgalikda ishlashi mumkin.
Ekstraktorlardan chiqqan chiqindilar shnek XII ga, keyin chiqindilar idishi XIII ga tushadi, shundan
so‟ng nasos N3 yordamida tomat sexiga tomat pastasi tayyorlash uchun jo‟natiladi. Ekstraktorlardan
olinayotgan sharbat idish XIV ga tushadi, u erda qisman tindiriladi, keyin nasos N4 bilan isitkich bilan
isitkich XV ga 80-85
0
S gacha isitish uchun uzatiladi. Agar sharbat kerakli temperaturagacha isimagan
bo‟lsa, u holda resirkulyasion klapan yordamida u ikkinchi marta isitishga jo‟natiladi.Keyin istalgan
sharbat idish XVI ga tushadi, u erda tindiriladi,shundan so‟ng sharbat nasos N5 bilan isitkich XVIII ga
oxirgi isitish uchun ( 97
0
S gacha) jo‟natiladi.Agar sharbat isitkichdan so‟ng past temperaturaga ega
bo‟lsa, u holda resirkulyasion klapan yordamida ikkilamchi isitishga jo‟natiladi.
Ko‟p pog‟onali isitish sharbatini qaynatib quyishning oldini olish uchun zarur temperaturani
berilgan qiymatda aniq tutib turish esa tam hususiyatlari juda yaxshi bo‟lgan pomidor sharbatini olish
uchun juda
muhimdir, chunki temperaturaning pasayishi sharbatning achishiga , ko‟tarilishi esa uning quyilishiga
olib keladi.SHarbat isitkichdan XVIII ga tushadi, u erdan esa zarur bo‟lganda nasos N6 bilan
idishlarga quyish tizimiga uzatiladi.
Sharbat tayyorlashning butun tizimi maydalangan pomidor massasi tayyorlash bo‟limidan va
pomidor sharbatini tayyorlash bo‟limidan iborat.Avtomatlashtirish sxemasi quyidagi asosiy vazifalarni
bajaradi : blokirovka qiligan rejimda potok (oqim) tizimini boshqarish, jarayonning asosiy nuqtalarida
sath, temperatura va bosimni nazorat qilish va sigeallash ;magistralda bug‟ bosimini rostlash ;
tayyorlangan pomidor sharbati miqdorini qayd qilish . Avtomatik boshqarish rejimidan qo‟lda
boshqarishga o‟tish uchun rejimni tanlash kalitlari SA1-SA2 hizmat qiladi.Tizimning elektr
dvigatellarini ish o‟rnida joylashgan boshqarish tugmachalari bilan qo‟lda amalga oshiriladi.
Magistraldagi bug‟ bosimini manometrlar 11-1, 38-1 va 45-1 bilan, maydalangan massa
isitkichlarida 20-1 va 23-1 manometrlari bilan, XV va XVII sharbat isitkichlarida manometrlar 41-1
va 48-1 bilan, sharbat isitkichi XVIII dan so‟ng 51-1 bilan nazorat qilinadi.Magistraldagi bug‟ bosimi
bevosita tasir qilinuvchi rostlagich 54 bilan barqarorlashtiriladi, u bosimning qiymatiga bog‟liq holda
bug‟ oqimiga tasir ko‟rsatadi.Idishlar VI , XIII da urug‟lar va chiqindilar uchun tayyorlanadigan
massaning sathi, idishlar VII va IX dagi maydalangan massa sathi idishlar XIV, XVI va XVIII da
sharbat sathi elektron signalizatorlari 14, 17, 25, 33, 35, 35, 42 va 49 ga ulangan tegishli sath
datchiklari bilan o‟lchanadi.
Maydalangan massaning isitkichdagi temperaturasini avtomatik rostlash ko‟rsatuvchi va o‟zi
yozuvchi manometrik termometr 21-2 dan signal oluvchi pnevmatik rostlagich 21-3 amalga
oshiradi.Rostlagich signali membranali IM 21-5 ga uzatadi, u bug‟ni maydalangan massa isitkichiga
uzatish klapaniga tasir qiladi.
Shunga o‟xshash tarzda isitkichlar XV va XVIII ( 39 va 46) da sharbat temperaturasi avtomatik
rostlanadi.Maydalangan massa temperaturasining qiymatlari haqidagi signalni shchitda o‟rnatilgan
signal lampalari NL27 va NL28 ga tasir qiluvchi ko‟rsatuvchi, signal beruvchan manometrik
termometr 22-2 beradi.Pomidor sharbatining isitkichlar XV (40) va XVIII (47) dan keyingi
temperaturasi qiymatlari haqidagi signal ham huddi shunday amalga oshiriladi.
Tayyor pomidor sharbatining yig‟indi sarfini qayd etish uchun sxemada induksion sarf datchigi
bo‟lib, undan chiqadigan signal shchitda joylashtirilgan ikkilamchi ko‟rsatuvchi va qayd etuvchi asbob
52-3 ga keladi.O‟sha erda yorug‟lik va tovush signallari knopkasi SV1 hamda tovush signalini
o‟chiruvchi knopka SV2 joylashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: