Ulosa chiqarish Mavzu rejasi va bayoni



Download 231.47 Kb.
bet1/2
Sana27.06.2017
Hajmi231.47 Kb.
  1   2

Aim.uz

Xulosa chiqarish
Mavzu rejasi va bayoni


  1. Xulosa chiqarishning umumiy xarakteristikasi.

  2. Bevosita xulosa chiqarish turlari.

  3. Deduktiv xulosa chiqarish (sillogizm).

  4. Induktiv xulosa chiqarish.

  5. Analogiya.

Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma'lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi. Xulosa chiqarishning asosiy mohiyati ma’lum bilimlar asosida noma’lum bilimlarni keltirib chiqarishdir. YA’ni xulosa chiqarish orqali biz borliqning bizga ma’lum jihatlari orqali uning noma’lum jihatlari haqida bilim hosil qilamiz.Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak. Xulosa asoslari va xulosa ham o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi.

Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko’ra, aniqrog’i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko’ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning hararat yo’nalishiga ro’ra bir qancha turlarga bo’linadi.

Maskur tasnifda xulosa chiqarishnifikrning harakat yo’nalishi bo’yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo’lib,u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish, zaririy xulosa chiqarish, indurtiv xulosa chiqarish va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishui, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o’rganilishi mumkin.



Deduktiv xulosa chiqarish (bevosita xulosa chiqarish).

Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan ju’ziy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatiga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.

Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi.



Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o’zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni sub’ekt va pridakat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:

I. Aylantirish shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o’zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo’sh inkor sodir bo’ladi, ya’ni avval asosning predakati, keyin bog’lovchisi inkor etiladi. Buni quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:








Xulosa asosi




Xulosa

1

A

Xamma

E

Xech bir emas emas

2

E

Xech bir emas

A

Xamma S emas P dir

3

I

Ba’zi

O

Ba’zi S-P siz emas

4

O

Ba’zi emas

I

Ba’zi S emas P dir


Aylantirishda A-E ga, E-A ga, I-O ga, O-I ga o’zgaradi.Demak, aylantirish usuli bilan xulosa chiqarilganda “biror nimaning qo’sh inkori uning tasdig’iga tengdir”, degan qoidaga asoslanadi.

II.Almashtirish shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan mulohazadagi sub’ekt va predikatlarning o’rnini almashtirsh orqali keltirib chiqariladi.

Almashtirishda berilgan mulohazadagi terminlar hajmi e’tiboriga olinishi shart. Agar berilgan mulohazadagi terminlar hajmiga e’tibor berilmasa, xulosa noto’g’ri bo’lishi mumkin.







Xulosa asosi




Xulosa

Almashtirish turi

1

A

Xamma

A

Xamma P-S

Sof almashtirish

2

E

Xech bir emas

E

Xech bir P-S emas

Sof almashtirish

3

I

Ba’zi

I

Ba’zi P-S

Sof almashtirish

4

A

Xamma

I

Ba’zi P-S

Toraytirilgan almashtirish

5

I

Ba’zi

A

Xamma P-S

Kengaytirilgan almashtirish




Almashtirishda A-Aga, ye-Ega, I-Iga, A-Aga, A-Aga uzgaradi

Demak, almashtirish usuli qo’llanilganda mulohazadagi sub’ekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlarning o’rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushuncha berilgan ta’riflarning to’g’riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

III. Predikatga qarama-qarshi qo’yish bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo’lib, bu usul qo’llanilganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so’ngra almashtiriladi. Natijada hosil qilingan mulohazaning (xulosaning) sub’ekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning sub’ektiga mos bo'ladi: 3) Predikatga karama – karshi kuyish orkali xulosa chikarish.









Xulosa asosi

Xulosa




A

Xamma

Xech bir P emas S emas

2

E

Xech bir emas

Ba’zi P emas S dir

3

O

Ba’zi

Ba’zi P emas S dir


1

Predikatga karama – karshi kuyishda A - ye ga, ye – I ga, O – I ga, uzgaradi .


4) Mantikiy kvadrat orkali xulosa chikarish.

a) Zidlik (kontrandiklorlik) munosabatiga asoslangan xolda xulosa chikarish.



,

b) Karama-karshilik (kontrorlik) munosabatlariga asoslangan xolda xulosa chikarish.



c) Kisman maslik (subkontrorlik) munosabatiga asoslangan xolda xulosa chikarish.



d) Buysunish munosabatiga asoslangan xolda xulosa chikorish .


Bunda, xulosada, S ning inkor shakliga bo’lishi xulosa bog’lovchining inkor etilishi natijasidir. Predikatga qarama-qarshi qo’yishda A-E ga, E-I ga, O-I ga o’zgaradi.
IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish.

Bunda oddiy qat’iy mulohazalarning o’zaro munosabatlarini e’tiborga olgan holda, mulohazalardan birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar mulohazalar o’rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va bo’ysunish munosabatlariga asoslanadi.

Zidlik (kontradiktorlik) munosabatlariga asoslangan holda xulosa chiqarish. Ma’lumki, zidlik munosabati A-O va E-I mulohazalari o’rtasida mavjud bo’lib, uchinchisi istisno qonuniga bo’ysunadi. Bu munosabatga ko’ra mulohazalardan biri chin bo’lsa, boshqasi xato bo'ladi va aksincha, biri xato bo’lsa, boshqasi chin bo'ladi. Xulosalar quyidagi tuzilma bo’yicha tuziladi:

; ; ;



Qarama-qarshilik (kontrarlik) munosabatlariga asoslangan holda xulosa chiqarish. Qarama-qarshilik munosabati A va E mulohazalar o’rtasida mavjud bo’lib, ziddiyat qonuniga bo’ysunadi. Bu munosabatdagi mulohazalardan birining chinligidan boshqasining chinligini asoslab bermaydi, chunki har ikki mulohaza ham xato bo’lishi mumkin.qarama-qarshilik munosabatidan , ko’rinishida xulosa chiqarish mumkin.

Qisman moslik (subkontrarlik) munosabatiga asoslangan holda xulosa chiqarish. Bu munosabat ju’ziy tasdiq (I) va ju’ziy inkor (O) mulohazalar o’rtasida mavjud bo'ladi. Bu mulohazalarning har ikkisi bir vaqtda chin bo’lishi mumkin, lekin bir vaqtda xato bo’lmaydi. Ulardan birining xatoligi aniq bo’lsa, ikkinchisi chin bo'ladi. Qisman moslik munosabati asosida xulosa chiqarish ; ; ; ko’rinishda bo'ladi.

Bo’ysunish munosabatiga asoslangan holda xulosa chiqarish. Bu munosabat sifatlari bir xil bo’lgan umumiy va ju’ziy mulohazalar(A va I; E va O) o’rtasida mavjud bo'ladi. Umumiy bo’ysundiruvchi mulohazalar chin bo’lsa, ju’ziy-bo’ysunuvchi mulohazalar ham chin bo'ladi. Lekin bo’ysunuvchi-ju’ziy mulohazalarning chinligidan bo’ysundiruvchi –umumiy mulohazalarning chinligi haqida xulosa chiqarib bo’lmaydi. Chunki bunday holda umumiy mulohazalar chin uoki xato bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra,bo’ysunish munosabatiga asoslangan xulosa chiqarish quyidagi ko’rinishda bo'ladi:

; .

Yuqoridagi munosabatlarni umumlashtirgan holda, asos mulohaza va xulosaning chinlik darjasiga ko’ra, quyidagi holatlarni ko’rsatish mumkin.



  1. Asos mulohaza va xulosa chin bo’lgan:

, .

  1. Asos mulohaza chin va xulosa xato bo’lgan:

; ; ; ;;

  1. Asos mulohaza xato va xulosa chin bo’lgan.

; .

Mantiqiy rvadrat orqali xulosa chiqarilganda qarama-qarshilik munosabatidagi mulohazalardan biri xato bo’lganda, qisman moslik munosabatidagi mulohazalardan biri chin bo’lganda va bo’ysunish munosabatida ju’ziy mulohazalar chin bo’lganda ulardan chiqarilgan xulosa noaniq bo'ladi.



Bevosita xulosa chiqarish usullari bilishda mavjud farqni aniqlab olishga, uning mohiyatini to’g’ri tushunishga, shuningdek, bir fikrni turli xil ko’rinishda bayon qilishga, yangi bilimlar hosil qilishga imkoniyat beradi.

Deduktiv xulosa chiqarish (sillogizm).

Oddiy qat’iy sillogizm. Ma’lumki, deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida bo'ladi. Sillogizm qo’shib hisoblash, degan ma’noni anglatadi. Bu termindan mantiqda, odatda, deduktiv xulosa chiqarishning ko’proq ishlatuiladigan turi hisoblangan oddiy qat’iy sillogizmni ifoda qilish uchun foydalaniladi. Sillogizm xulosa chiqarishning shunday shakliki, unda o’zaro mantiqiy bog’langan ikki qat’iy mulohazadan uchinchi-yangi qat’iy mulohaza zaruriy tarzda kelib chiqadi. Bunda dastlabkimlardan biri, albatta,yo umumiy tasdiq, yoki umumiy inkor mulohaza bo'ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bo’lmaydi. Shunga ko’ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo'ladi.

Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa (conclusio)dan tashkil topgan. Xulosa asolari va xulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi.Xulosaning mantiqiy egasi-Sillogizm-kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi-P-katta termin (terminus major),deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bo’lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha- M-(termunis medius) o’rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o’z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni o’z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi.


P

S – kichik termin;


M

M – o’rta termin;


S

P – katta terminj;
O’rta termin katta va kichik terminni bog’lovchi mantiqiy element hisoblanadi.
Sillogizm aksiomasi. Aksiomalar isbotsiz chin deb qabul qilingan nazariy mulohazalar bo’lib, ular vositasida boshqa fikr va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulosalashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi. Sillogizm aksiomasini terminlarning hajmiga yoki mazmuniga ko’ra, ya’ni atributiv ta’riflash mumkin.Sillogizm xulosasinig asoslaridan zaruriy keltirb chiqarilishi quyidagi qoidaga asoslanadi: “Agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo’lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi buyumning ichida joylashgan bo'ladi” yoki “Bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo’lsa, ikkinchi buyum ham uchinchi buyumdan tashqarida joylashgan bo'ladi”. Bu qoidani quyidagi shaklllar yordamida yaqqol ifodalash mumkin.

P


M


S


M


S


P

Bu qoida sillogizm aksiomasining mohiyatini terminlarning hajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Sillogizm aksiomasining mohiyati quyidagicha: buyyum va hodisalarning sinfi to’g’risida tasdiqlab yoki inkor etib bayon qilingan fikr shu sinf ichigakiruvchi barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrim qismiga ham taaluqli fikr hisoblanadi.

Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalangan predmet bilan uning belgisi o’rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, hodisa belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir; buyum, hodisa belgisiga zid bo’lgan narsalar buyum,hodisaning o’ziga ham ziddir.

Sillogizm aksiomalarida fikr shakli va mazmuni o’zaro uzluksiz, ob’ektiv bog’langan bir butunning ayrim tomonlarini ifodalaydi. Bu bir tomondan, hamma umumiylikkka juz’iylik va yakkalik xos ekanligini va har bir yakkalik juz’iylik, umumiylik xislatiga ega bo’lishini ifodalasa, ikkinchi tomondan, buyum va belgining o’zaro uzviy bog’langanligini, ya’ni buyumlar jinsi ayrim o’ziga xos belgiga ega bo’lsa, albatta, bu belgi shu jinsdagi hamma buymlar uchun ham xos belgi bo’lishini ifodalaydi. Bular esa o’z navbatida yakkalik va umumiylik o’rtasidagi, miqdor va sifat o’rtasidagi dialiktik aloqadorlikning tafakkur jarayonida o’ziga xos namoyon bo’lishidir.



Sillogizmning umumiy qoidalari.Xulosa asoslarining chin bo’lishi xulosaning chin bo’lishi uchun yetarli emas. Xulosa chin bo’lishi uchun yana ma’lum qoidalarga amal qilish ham zarur. Bu sillogizmning umumiy qoidalari debataladi. Bular sillogizmning terminlari va asoslariga taaluqli bo’lgan qoidalar bo’lib, quyidagilardan iborat:

1.Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va o’rta terminlar bo’lishi kerak. Ma’lumki, sillogizmning xulosasi katta va kichik terminlarning o’rta terminga bo’lgan munosabatiga asoslanadi; shu sababdan ham termionlar soni uchtadan kam yoki ortiq bo’lmasligi talab qilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam bo’lsa, xulosasi yangi bilim bermaydi;

2.O’rta termin hech bo’lmaganda asoslardan birida to’la hajmda

olinishi kerak. Agar o’rta termin hech bir asosda to’liq hajmda olinmasa, chetki terminlarning bog’lanishi noaniq bo'ladi va xulosaning chin yoki xatoligini aniqlab bo’lmaydi.

Ba’zi faylasuflar notiqdir.

Kafedramizning hamma a’zolari faylasufdir.

Bu sillogizmda o’rta termin katta asosda juz’iy hukmning sub’ekti, kichik asosda umumiy tasdiq hukmning predikati bo’lgaligi uchun to’liq hajmda olinmagan. Shuning uchun chetki terminlar o’rtasidagi bog’liqlik aniqlanmagan. Bu aqsoslardan chiqarilgan xulosa noaniq bo'ladi:

3. Katta va kichik terminlar asoslarda qanday hajmda olingan bo`lsa, xulosada ham shunday hajmda bo`lishi kerak. Bu qoidaning buzilishi kichik yoki katta termin hajmini noo`rin kengayeib ketishiga olib keladi.

4.Ikki inkor hukmdan (asosdan) xulosa chiqarib bo`lmaydi.

5. Ikki juz`iy hukmdan xulosa chiqarib bo`lmaydi.



6. Asoslardan biri inkor hukm bo`lsa, xulosa ham inkor hukm bo`ladi.

7. Asoslardan biri juz`iy hukm bo`lsa, xulosa ham juz`iy hukm bo`ladi.


Sillogizm figuralari va moduslari. Oddiy qat`iy sillogizmning strukturasida o`rta terminning joylashishiga qarab sillogizmning to`rtta figurasi farq qilinadi.

I figura II figura
M P P M


S M S M
S - P S P

III figura IV figura

M P P M


M S M S
S P S P

I figurada o`rta termin katta asosning sub`ekti, kichik asosning predikati bo`lib keladi.

II figurada o`rta termin katta va kichik asoslarning predikati bo`lib keladi.

III figurada o`rta termin har ikki asosning sub`ekti bo`lib keladi.

IV figurada o`rta termin katta asosning predikati, kichik asosning sub`ekti bo`lib keladi.

Sillogizm asoslari oddiy qat`iy hukmlar (A,E,I,O)dan iborat. Bu hukmlarning ikki asos va xulosada o``ziga xos tartibda (to`plamda) kelishi modus deb ataladi.”Modus”- shakl degan ma`noni anglatadi. Sillogizm figuralarining o`ziga xos moduslari mavjud. Har bir figuraning to`g`ri moduslarini aniqlashda, to`g`i xulosa chiqarishda sillogizmning umumiy qoidalari bilan birga har bir figuraning maxsus qoidalariga ham amal qilinadi. Figularning maxsus qoidalari sillogizm terminlarning o`ziga xos bog`laninshi asosida aniqlanadi.

Oddiy qat`iy sillogizmning birinchi figurasi qo`yidagi maxsus qoidalarga ega:

1.Katta asos umumiy hukm bo`lishi kerak.

2.Kichik asos tasdiq hukm bo`lishi kerak.

I figuraning to`rtta to`g`ri modusi mavjud:

AAA,EAE, AII, EIO.

Moduslarning birinchi harfi katta asosning, ikkinchi harfi kichik asosning, uchinchi harfi xiulosaning sifat va miqdorini ko`rsatadi. Figuralarning moduslarini bir-biridan farqlash maqsadida ularning har biri alohida nom bilan ataladi.

AAA- Barbara modusi.

EAE-Celarent modusi.

AII- Darii modusi.

EOI- Ferio modusi.

Oddiy qat`iy sillogizmning II figurasi qo`yidagi maxsus qoidalarga ega:

1.Katta asos umumiy hukm bo`lishi kerak.

2.Asoslarning biri inkor hukm bo`lishi kerak.



II figuraning to`rtta to`g`ri modusi mavjud:

AEE, EAE, AOO, EIO.

AEE – Camestres modusi.

EAE – Sesare modusi.

AOO – Baroko modusi.

EOI – Festino modusi.

Oddiy qat`iy sillogizmning III figurasining bitta maxsus qoidasi bor: kichik asos tasdiq hukm bo`lishi kerak.



III figuraning to`g`ri moduslari oltita:

AAI, AII, IAI, EAO, EIO, OAO.

AAI-Darapti modusi.

AAII-datisi modusi.

IAI-Disamis modusi.

EAO-Felapton modusi.

EIO-ferison modusi

OAO-Bokardo modusi.

Oddiy qat’iy sillogizmning IV figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:

1.Asoslarning biri inkor hukm bo’lsa, kattaasos umumiy hukm bo’ladi.

2.katta asos tasdiq hukm bo’lsa, kichik asos umumiy hukm bo'ladi.



IV figuraning beshta to’g’ri modusi mavjud:

AAI, AEE, IAI, EAO, EIO.

AAI- Bramalip modusi.

AEE-camenes modusi.

IAI-Dimaris modusi.

EAO-Fesapo modusi.

EIO-fresison modusi.


Nomukammal sillogizmlarni mukammal sillogizm ko’rinishiga keltirish. Aretoteldan boshlab barcha mantiqshunoslar sillogizmning I figurasi va uning moduslarigakatta e’tobor berganlar. Ular I figurani mukammal, deb bilganlar, uning xulosalarini aniq va yaqqol, deb hisoblaganlar. Sillogizmning boshqa figuralarini nomukammal deb,ularning xulosalarini chin ekanligini aniqlash uchun I figuraga keltirisgh zarur, deb hisoblaganlar. Bu mantiqiy amal bajarilganda moduslarning nomiga e’tibor beriladi:

1.Modusning nomida “s” harfi bo’lsa, undan avval keluvchi unli harf orqali ifodalanadigan hukm to’liq almashtirilishi shart (conversio simplex).

2.Modusning nomida “p” harfi bo’lsa, undan avval keluvchi unli harf orqali ifodalanadigan hukm qisman almashtiriladi (per accidens).

3.Modusning nomida “m” harfi bo’lsa, unda sillogizm asoslarining o’rnini almashtirish (metathesis yoki mutatio pramissarum) zarur.

4. Moduslarning bosh harflari (Bo'ladi, C, D, F) ularni I figuraning qaysi modusiga keltirilishini ifodalaydi. II va IV figuralarning Cesare, camestres va camenes moduslari I figuraning celarent modusiga keltiriladi. II figuraning darapti, Disamis moduslarini q figuraning dariii modusiga, Fresission ni 1 figuraning ferio modusiga keltiriladi.

5.Modusning nomidagi “k” harfi shu modusningI figura moduslaridan birortasi orqali alohida usul vositasida isbotlanishi bildiradi. Bu usul reductio adabsurdum deb ataladi.

Endi bu qoidalarga asoslangan holda bir necha misollarni ko’rib chiqamiz:

II figuraning cesare modusi I figuraning Celarent modusiga keltiriladi (4-qoida). 1-qoidaga ko’ra II figuraning katta asosi to’liq almashtiriladi.

II figura Cesare. I figura Celarent.

E. hech bir P-M emas. E. Hech bir M-P emas.

A. hamma S-M A. Hamma S-M

_________________ ____________________

E. hech bir S-P emas. E. Hech bir S-P emas.

Shakllarni taqqoslash katta asosni to’liq almashtirish orqali II figuraning I figuraga keltirilganligini ko’rsatadi. Sillogistik xulosa chiqarishda keng tarqalgan xatolar.

I figura bo’yicha kichik asos inkor hukm bo’lganda hosil qilingan xulosa noaniq (ko’pincha xato) bo'ladi. Masalan:

Hamma o’qituvchilar pedagogdir.

Bu ayol o’qituvchi emas.

__________________________

Bu ayol pedagog emas.

II figurada xulosa asoslarining har ikkalasi tasdiq hukm bo’lganda hosil qilingan xulosa noaniq (ko’pincha xato) bo'ladi.

Hamma o’qituvchilar pedagogdir.

Bu ayol-pedagog.

__________________________

Bu ayol o’qituvchi.

Faqat o’qituvchilargina pedagog bo’lmaydi, shuning uchun har ikkala xulosa noaniqdir.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa