Ulg’ayib qolipman onajon qarang,
Hayot maktabida tehsil olyapman.
Meni deb oqargan sochingiz sanang,
Uxlasam tushimda sizni ko’ryapman.
Ko’zdagi yoshimni artib sehr-la ,
Mehrini allaga qo’shib kuylagan.
Ne qilsam qarzimni o’zaman,Ona!
Bemor chog’larida meni uylagan.
Bog’imizda iforin taratgan rayxon,
Onamning qo’lidan suvni simirgan.
Dimog’im silagan usha issiq non,
Ularning qo’lidan suvni simirgan.
Onam bor uyimiz fayzi bo’lakcha
Mehridan goyoki chiroqlar yoniq.
Taftingiz toshqini jo’shqin buloqcha,
Porloq quyoshim yashnaydi borliq!
Do'stlaringiz bilan baham: |