Ilmga tayanuvchi boshqaruv
Yaponiyadagi davlat idoralarining yana bir kuchli tomoni – o‘z tadqiqot institutlariga egaligi. Har bir idora o‘z sohasi bo‘yicha eng so‘nggi yangilik va o‘zgarishlardan boxabar bo‘ladi. Idoralar ixtisoslashgan universitet professorlari va xususiy firma xodimlari tomonidan tashkil qilinadigan komissiyalar xulosalaridan, tadqiqotlardan foydalanadi. Hisobot va ilmiy ish mualliflarini taqdirlashadi.
Misol uchun, Yaponiyaning Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi huzurida RIETI (Research Institute for Economy, Trade and Industry) nomli tadqiqot instituti bor. Bu maskan Yaponiya va dunyo olimlarining o‘nlab tadqiqot natijalarini e'lon qiladi. Soliq idorasi, Adliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirliklarini esa aytib ham o‘tirmayman. Ular olimlar bilan maslahatlashmay ish qilishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |