Atamalarni almashtirish va me‘yorlashtirishda ro`y berayotgan jarayonlarni tahlil qilib quyidagi xulosaga kelish mumkin: atamalarning bir qismi tezgina almashdi, me‘yorlashdi va ommalashdi, yana bir qismi esa variantlar, dubletlar tarzida baravar ishlatilib kelinmoqda. Atama sifatida tavsiya qilingan birliklarning ma‘lum qismi esa tilda o`z o`rnini topmadi, ko`pchilik tomonidan ma‘qul ko`rilmadi. Demak, mustaqillikdan keyingi davr atamalarini me‘yorlashtirish xususida gap ketganda ana shu jihatlarning hayotiy ekanligini inobatga olishga to`g`ri keladi.
Atamalar qo`mitasining bu jarayonni muvofiqlashtirib borishda, tartibga solib turishda xizmatlari katta ekanligini qayd qilish lozim. Qo`mita o`z faoliyatida bu borada juda ko`p vazifalarni amalga oshirdi.
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, kasb-hunar leksikasi bir qancha xususiyatlari bilan terminologik leksikadan farqlanadi. Bu farqlar «O`zbek tili leksikologiyasi»
kitobida yorqin ko`rsatib berilgan. Asrlar davomida yaratiladigan kasb-
hunarga oid so`zlar ma‘lum kasb-hunar kishilari orasidagina qo`llaniladi va ular og`zaki nutq jarayonida shakllangan bo`ladi. Bu guruh so`zlarning imkoniyati bir kasb-hunar va u bilan shug`ullanadigan kishilar doirasida chegaralangan. Shu tufayli ularning dialektal variantlari mavjud bo`lishi ham mumkin. Shunday xususiyatlari bilan ular atamalarga qarama-qarshi turadi. Chunki atamalar fan va texnika, sanoat va qishloq xo`jaligi, ma‘naviyat va madaniyat sohasiga doir rasmiy tushunchalarni ifodalaydi va ular tegishli mutasaddilar tomonidan nazorat qilib boriladi. Ilmiy tushuncha ifodasi sifatida asosan yozma shaklda vujudga keladi va umumjahon yoki umummilliy ahamiyatiga ega bo`ladi.
Kasb-hunarga oid til birliklari me‘yorlari haqida so`z yuritish ham ahamiyatli. Mavjud lug`atlarni ko`zdan kechirish shundan dalolat beradiki, ulardan o`zbeklarning ijtimoiy hayoti, kasbi va hunarmandchiligiga oid atamalarning ma‘lum qismigina joy olgan. T. Tursunovaning «O`zbek tili amaliy leksikasi» (Т., 1978) asarida keltirilgan ayrim misollarga murojaat qilib ko`raylik: gilam turlarini bildiradigan julxirs, zulbaraq, arabi, olacha- palos, xoli- g`oli, sholcha- qoqma yoki bosma (l.chakmon. 2. ilma, chok turi), birishim, bo`zastar, gulburi, dorpech, dug / duk, duxoba, do`kon (1. dastgoh, stanok. 2. mogazin), do`ppi, yondori, jo`ypush, zardevol / zardevor, zardo`zi, zehdo`zlik, yo`rma, yo`rmado`zlik, kallapo`sh, kalobtun, kashtado`z, kibaz, (paxta) momiq, palak, peshonaband / peshonabog`, popop, popopchilik, resman, tubatoy, urchuq, choyshab, shamshirak, o`rmak, qatim, qo`chqorshoxi /qo`chqorak va boshqalar. Ulardan gilamning turlarini bildiradigan arabi, palos, sholcha so`zlari hamda chakmon ma‘nosidagi bosma, dorpech, dug / duk, duxoba, do`kon, do`ppi, yondori, joypuli, zardevor/ zardevor, zardo`zi, zehdo`zlik, yo`nna, yo`rmado`zlik, kallapo`sh, kalobtun, momiq, palak, popop, popopchilik, peshonaband / peshonabog`, urchuq, choyshab, o`rmak, qatim singari birliklar lug`atlarda keltirilgan (Bu haqda qarang: O`zbek xalq shevalari lug`ati – Т., 1971; O`zbek tiuning imlo lug`ati. Т., 1976; O`zbek tiuning izohli lug`ati, I – II tomlar. M., 1981). Ammo gilamning turlarini bildiradigan julxirs, zulbaraq, xirs, xoli, qoqma; ilma, chok tun ma‘nosidagi bosma va birishim (ipak), bo`zastar (mato), gulburi (gul kesish) resman (sariq va oq
g`altak ip) tubatoy (gulsiz oddiy do`ppi), shamshirak (narvon pochasiga o`xshash yog`och) qo`chqorshoxi / qo`chqorak (to`qimachilikda naqsh turi) so`zlari esa yuqorida tilga olingan lug`atlarda o`z ifodasini topmagan. Bir so`z ikki uslubda, fan sohasida atama sifatida me‘yorlashgan bo`lishi ham mumkin. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |