Ularning turlari. Xalqaro temperatura shkalasi


-rasm. Nisbat shkalasiga misol



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana22.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#894159
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-ma\'ruza. OʻLCHANADIGAN KATTALIKLARNING SHKALASI VA ULARNING TURLARI.

3.8-rasm. Nisbat shkalasiga misol. 
 


Absolyut shkalalar,
bularda: 

ekvivalentlik munosabati qoʻllaniladi; 

qatorlar munosabati (masalan, “katta-
kichik”) qoʻllaniladi; 

proporsionallik munosabati qoʻllaniladi; 

bir qiymatli, tabiiy nol kriteriyasi 
mavjud; 

oʻlchash birligi tushunchasi mavjud. 
Misol: 
1.
 
Kuchaytirish 
va 
kuchsizlantirish 
koeffisiyentlari. 
2.
 
Tebranma tizimning aslligi (dobrotnost). 
3.
 
Foydali ish koeffisiyenti, aks ettirish 
koeffisiyenti, amplituda modulyasiya koeffisiyenti 
va boshqalar. 
 
 
3.8-rasm. Absolyut 
shkalaga misol: 
haroratning Kelvin 
shkalasi. 
 
3.8-rasmda asosiy shkalalarning ierarxik strukturasi tasvirlangan. 
3.8-rasm. Asosiy shkalalarning ierarxik strukturasi. 
 
 
3.9-rasmda keltirilgan misol orqali shkalalar haqida aniqroq tasavvurga ega 
boʻlish mumkin. 


3.5. Xalqaro temperatura shkalasi 
1990 yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90), 1989 yilda, 18 - OʻTXK 
talabiga binoan, 1968 va 1948 – yillarda qabul qilingan Xalqaro Amaliy Harorat 
Shkalasi (XAHSh - 68, XASh - 48), hamda, 1927 yildagi Xalqaro Harorat Shkalasi 
(XHSh - 27) larning oʻrnini bosuvchi shkala sifatida, Oʻlchov va Tarozilar Xalqaro 
Qoʻmitasi tomonidan joriy qilingan edi. Ushbu XHSh-90 ham, avvalgilariga 
oʻxshaydi, lekin unda, tayanch nuqtalar uchun, yanada aniqroq qiymatlar 
belgilanganligi, hamda, keng diapazonlarda qoʻllash imkoniyati va termodinamik 
shkalaga yana ham yaqinroq ekanligiga koʻra, ancha takomillashgandir. Bu shkalada 
ham, termodinamik harorat T ning birligi 
Kelvin
(K)
boʻlib, u suvning uchlanma 
nuqtasining termodinamik haroratining 1/273,16 qismi sifatida qabul qilingan. Bu 
harorat, mazkur shkala uchun yagona tayanch nuqtasi hisoblanadi va u, 
termometrlarni XHSh - 90 ga koʻra sozlashda asosiy oʻrin tutadi.
Selsiy shkalasidagi harorat oʻlchov birligi – 
Selsiy
gradusining °C ning 
qiymati bilan, kelvin gradusi K ning qiymatiga teng. Haroratlar farqi, Kelvin 
gradusida ham, yoki, selsiy gradusida ham ifodalanishi mumkin. Muzning erish 
harorati, XHSh-90 da ham, XAHSh-68 dagi kabi, 0 °C (273.15 K) etib belgilangan, 
lekin, suvning qaynash harorati, XHSh-90 da 99.975 °C (±0.005 °C noaniqlik bilan) 
tarzida belgilangan, XAHSh-68 da esa, bu qiymat 100.00 °C ga teng edi. Kiritilgan 
oʻzgartirishlar, gaz termometriyasi yordamida qayd qilingan oʻta aniq oʻlchash 
natijalariga koʻra amalga oshirilgan boʻlib, bunda asosiy e’tibor, yutilish effektining 
ahamiyatiga asoslangan edi (muayyan haroratda, sferik idish devorlariga yutilgan 
gazdagi turli aralashmalar, nisbatan yuqori haroratlarda qayta ajralib chiqib, gazning 
umumiy bosimining ortishiga sabab boʻladi).
XHSh-90, monoxromatik nurlanish uchun Plank qonuniga koʻra amaliy 
oʻlchash mumkin boʻlgan haroratni 0,65 K ga orttirib qoʻyadi. U muayyan aniq qayd 
etilgan va tajribada oson qayta hosil qilinadigan harorat nuqtalariga asoslagan boʻlib, 
koʻplab harorat diapazonlari uchun, hisob boshi va tayanch nuqtasi sifatida xizmat 
qiladi.
XHSh-90 harorat shkalasi toʻrtta diapazonga taqsimlangan. 0,65 K dan 5 K 
gacha boʻlgan harorat diapazoni, 
3
He va 
4
He ning bosim-harorat bogʻliqligiga asosan 
aniqlangan. 3 K dan 24,5561 K gacha boʻlgan harorat diapazoni esa, Neonning 
uchlanma nuqtasiga asoslangan holda ishlaydigan, oʻta aniq sozlangan Geliyli gaz 
termometri yordamida hosil qilingan. 13,8033 K (vodorodning uchlanma nuqtasi) 
dan, 1234.93 K (kumushning qotish harorati) gacha boʻlgan diapazon, muayyan 
nuqtalardagi aniq qayd qilingan harorat qiymatlariga tayangan holda, oʻta aniq 
sozlangan platinali qarshilik termometrlarida aniqlangan. 12343,93 K dan yuqori 
harorat diapazonlari, Plank nurlanish qonuni nuqtai nazaridan, hamda unga muvofiq 


keluvchi usul, oltinning qotish harorati 1337,33 K kabi, muayyan aniq belgilangan 
harorat qiymatiga koʻra aniqlangan.
Biz shunga alohida urgʻu beramizki, 1 K va 1 °C daraja qiymatlari (ya’ni 
shkaladagi boʻlinmalari) oʻzaro teng. Shu tufayli ham, biz haroratlar farqi ∆T 
boʻyicha ish koʻrayotganimizda, harorat intervallari har ikkala shkalada aynan bir 
xil boʻladi. Moddaning haroratining 10°C ga ortishi, bu aynan, 10 K ga ortishi ham 
demakdir. Ya’ni, 

𝑇
(
𝐾
) = ∆
𝑇

𝐶

Ba’zi termodinamik ifodalarda, harorat T tarzida keltiriladi va uning °C da, 
yoki K da ekanligi haqidagi savol ochiq qoldiriladi. Agar soʻz haroratlar farqi (
𝑎

𝑏

𝑇
kabi ) haqida borayotgan boʻlsa, ulardan istalganidan foydalanish mumkin. 
Lekin, agar ifodalarda, haroratlar farqidan boshqacha boʻlgan (
𝑎

𝑏𝑇
kabi) harorat 
nazarda tutilgan boʻlsa, unda, K qoʻllanilishi lozim. Agar ifoda uchun birlik 
tanlashda ikkilanishlar paydo boʻlsa, doimo K ni tanlagan ma’qul, chunki, 
termodinamik ifodalar uchun K ni qoʻllash oʻrinsiz yoki, xato boʻladigan holatning 
oʻzi yoʻq, lekin, agar °C dan foydalanilsa, natijaning xatolikka uchrashi ehtimoli 
yuqori boʻlgan termodinamik ifodalar bisyor. 
 
Mavzuni takrorlash uchun: 
1. Kattalik shkalasi deganda nimani tushunasiz? 
2. Skalalarning qanday turlari mavjud? 
3. Nomlangan shkalar haqida tushuncha bering. 
4. Tartib (qatorlar) shkalasi va uning qoʻllanilishi haqida aytib bering. 
5. Intervalllar shkalasi qanday hosil qilinadi? 
6. Nisbat shkalasi nima? 
7. Absolyut shkala haqida tushuncha bering. 
8. Xalqaro temperatura shkalasi haqida ma’lumot bering. 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish