Oilada otasi yuq, onasi esa axloqsiz hayot tarzini olib boryapti va o‘z farzandining tarbiyasi bilan shug‘ullanmayapti; oila, bunda fakat ota bor; ota-onasi yuq oila, farzand qarindoshlarinikida yashaydi; to‘liq oila, ammo na ota va na ona farzandi tarbiyasi bilan shug‘ullanishmaydi; to‘liq oila, ammo ota-onalar o‘z ishlari bilan band; oila, bunda ota-onalardan biri baxtsiz xayot tarzini kechiryapti; oila, bunda ota-onalardan biri ijtimoiy foydali mexnat bilan shug‘ullanmaydi; oila, bunda yaqin qarindoshlardan biri jinoiy hayot tarzini olib boradi; ko‘p bolali oila, bunda ota-onalar o‘rtasida murosasizlik mavjud.
Bir necha misollar keltiramiz: Raxmonov B. Buxoro shahar, A.Jomiy ko‘chasida yashaydi. O’smirning otasi yo‘q. Onasi farzandining tarbiyasidan bosh tortgan, bu esa uning qarovsiz qolishiga olib kelgan. Raxmonov o‘g‘irlik bilan shug‘ullanadi, chekadi, spirtli ichimliklar iste’mol qiladi, karta o‘ynaydi, onasiga, uning axloqsiz hayot kechirayotganligi uchun unga jismoniy jazolashni aytib, tahdid o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |