2. KURS ISHINI BAJARISHNING
UMUMIY TALABLARI
Kurs ishi o‘quv rejaga ko‘ra 6-semestrga mo‘ljallangan
bo‘lib, bu topshiriq shu semester boshida beriladi.
Kurs ishiga rahbar kafedra tomonidan tayinlanadi. Kurs
ishi mavzusini ilmiy rahbari taklif etadi, u topshiriq varaqasini
tuzadi. Kurs ishining mavzusi va topshiriqlari kafedra majlisida
tasdiqlanadi.
Talaba bu fan bo‘yicha, avvalo, kurs ishi mavzusini 1-
ilovada ko‘rsatilgan topshiriq varaqadagi tartibda qabul qiladi.
Bunda talabaning ismi, familiyasi, guruhi, kursi, kurs ishi
mavzusi, shu mavzu yuzasidan adabiyotlar, ishni bajarish
bosqichlari va ularni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi. Kurs ishi
topshirig‘iga fan o‘qituvchisi (rahbari) va talaba imzo chekadi,
bu varaq kurs ishi qo‘lyozmasining dastlabki varag‘i
hisoblanadi. U ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi talabaga
beriladi, ikkinchisi kafedrada qoldiriladi.
Kurs ishi ilmiy rahbari talabaga davomiy konsultatsiyalar
va
ilmiy-uslubiy
ko‘mak beradi, ish bosqichlarining
bajarilishini,
kurs
ishining
mazmuni
va
hisobotning
tayyorlanish sifatini nazorat qiladi.
Kurs ishi matni Oliy ta’lim hujjatlarining «Matnli
hujjatlarni tayorlashning umumiy talablari» bandidan kelin
chiqib yoziladi.
8
Kurs ishi matnini A4 o‘lchamli jurnal (daftar) ko‘rini-
shida tayorlash va uning dastlabki sahifasini namunada
ko‘rsatilgandek (2-ilova) zichroq qog‘ozdan tayorlangan
sahifaga yozgan ma’qul. Kurs ishi matni Microsoft Word –
matn muharririda 14 pt shriftda 1,5 intervalda teriladi va pechat
qilinadi, zarur bo‘lgan A4 o‘lchamli oq qog‘ozning o‘lchamlari
chapdan 25 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 20 mm
bo‘sh joy qoldiriladi. Ishning kompyuterda terilgan matni
ishning tuzilishiga qarab bo‘limlarga bo‘linadi. Yozuvdagi
formulalar Microsoft Equation – formulalar redaktorida aniq va
tushunarli yozilishi, zarur hollarda belgilanishi lozim. Ishda
foydalanilgan
adabiyotlar
va
formulalarni
birlamchi
manbalarga tayanib keltirish kerak. Yozuv oxirida adabiyotlar
ro‘yxatini mualliflar ismi sharifi, adabiyotlar nomi, nashr joyi
va yili, nashriyot va sahifalar soni bilan keltirilishi lozim.
Ishning hajmi 10 betdan kam bo‘lmasligi zarur. Kurs ishi
sahifalanadi, dastlabki sahifaga nomer qo‘yilmaydi.
Ishning shakllar qismini keltirishda ham yuqorida
ta’kidlangan o‘lchamlarga rioya qilgan holda masshtabni
tanlash va o‘lchovlar qiymati (masalan, o‘zgaruvchan ta’sir
kuchlari, epyuralar, deformatsiyalar, ko‘chishlar va boshqa)
o‘lchamlarni o‘rniga qo‘yish bilan shakllar chiziladi. Shakllarni
chizishda standart dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Kurs ishini bajarish jarayonida quyidagi uslubiy
xarakterga ega qoidalarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq:
masalaning qo‘yilishini qisqacha yozish, bunda berilgan
ma’lumotlarning hammasini yagona birliklar sitemasiga
o‘tkazish, lozim bo‘lganda ba’zi spravochnik o‘zgarmaslarini
kiritish; masalani yechish jarayonida qo‘llaniladigan barcha
zaruriy qonuniyatlarni o‘zida aks ettiruvchi noma’lum
miqdorlarni izlashning mantiqiy yo‘llarini topgan holda
masalani tahlil qilish; masala shartining grafik tasvirini
(eskizini) chiza bilish; masalani yechishning ketma-ketligini
izohlashlar bilan bajara olish; o‘lchamlarni tekshira olish,
9
berilgan ma’lumotlardan to‘la foydalana olish, yechimning
ishonchliligini baholay olish; masalaning yechimini yetarlicha
aniqlik bilan hisoblay bilish; olingan sonli natijalarning
mantiqiy maqsadini baholay bilish va ulardan zaruriy xulosalar
chiqara bilish.
Kurs ishining natijalari hisobot tarzida yoziladi. Kurs
ishining hisoboti quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: titul
varag‘i; topshiriq varag‘i; kirish; asosiy qism; xulosa;
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; ilova. Asosiy qismda esa:
masalaning qo‘yilishi va matematik modelning tavsifi;
hisoblash matematikasi usullarining zaruriy qisqacha nazariy
ma’lumoti; hisoblash matematikasi usullarining qo‘llanilishini
tavsiflovchi algoritm, blok-sxema va dastur matni; topshiriq
misoli yechimi va olingan natijalar tahlili.
Kirish qismida kurs ishi mavzusining dolzarbligi, maqsad
va vazifasi, mavzuga oid asosiy adabiyotlar tahlili, yechish
usulining tanlanish sababi, ishning umumiy xususiyatlari,
ahamiyati va qisqacha mazmuni yoritiladi. Asosiy adabiyotlar
tahlili talabaning maxsus adabiyotlar bilan tanishganligini,
manbalarni tartiblashtira olishini, boshqa tadqiqotchilar olib
borgan ishlarning mazmun va mohiyatini anglay bilishini,
muammoning qanchalik zamonaviy, muhim va amaliy
ahamiyatini ajrata olishini ko‘rsatishi lozim. Bu tahlilga faqat
mavzuga oid va talabaning shaxsan o‘zi tanishib chiqqan
adabiyotlar kiritilishi zarur.
Kurs ishining asosiy qismi bob, paragraph, band va qism
bandlarga ajratiladi, bunda masalaning qo‘yilishi, mazmuni,
masalani yechish uslubiyati, alohida olingan natijalar matn,
formula va sonli ma‘lumotlar, jadval va grafiklar tarzida bayon
qilinadi. Bunday bo‘linishda har bir bob yoki paragraph
mazmunan va mantiqan tugallangan, keyingilari avvalgisi bilan
izchil bog‘langan, yakunda esa qo‘yilgan maqsadga erishish
ta’minlagan bo‘lishi zarur.
10
Maqsadni amalga oshirishni ta’minlovchi masalaning
qo‘yilishida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan aniq masala
(hodisa va jarayon)ning fizik va matematik tafsiloti, topshiriq
varianti bayon qilinadi. Masalaning qo‘yilishi «o‘rganish»,
«tavsiflash», «ishlab chiqish», «aniqlashtirish», «formulalarni
chiqarish», «munosabatlarni o‘rnatish» kabi tushunchalar
orqali berilishi tavsiya etiladi.
Masalani yechish bosqichlari bayoni kurs ishining umu-
miy tuzilmasini yoritib berishi kerak. Masalani sonli yechish
usullarining nazariy ma’lumoti bayon qilinadi. Masalani sonli
yechish
algoritmida
hisoblash
usuli
(usullari),
uning
qo‘llanilishi, ustivorligi, va aniqligi hamda qo‘yilgan masalaga
shu usul (usullar)ning tadbiqi, taqqoslashlar yoritiladi.
Sonli yechim natijalari va ularning tahlilida boshlang‘ich
qiymatlarni tayorlash, hisob natijalarining grafik yoki jadval
ifodalari, har bir shakl va jadvalgagi natijalar tahlili,
taqqoslashlar hamda natijalarning ustivorligi keltiriladi. Grafik
va jadvallar nomerlanadi va nomlanadi. Grafiklarni grafik
redaktorlari yoki matematik va statistik paketlar yordamida
chizish, jadvallarni esa bevosita matn muharririda terish yoki
dastur natijasidan olib qo‘yish mumkin.
Xulosada olingan natijalarning ilmiy-amaliy ahamiyati va
tadbiq sohalari haqida so‘z yuritiladi, amaliy tavsiyalar beriladi
.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alfavit-xronologik
ketma-ketlikda tartiblanib, axborot manbalarining bibliografik
ro‘yxatini ifodalaydi, unda: muallif, manba nomi, nashriyot, yil
va sahifa soni ko‘rsatiladi. Unda Internet manbalari ham
ko‘rsatilishi mumkin.
Kurs ishi ilovasi ishning oxirida qo‘yilib, unda bajarilgan
ish algoritmini (blok-sxema tarzida), dastur matnini, sonli
hisob natijalari jadvalini, qisqartma ma’lumotlarni, shartli
belgilarni va boshqa ma’lumotlarni keltirish mumkin.
Kurs ishi topshirig‘ini bajarishdan kutiladigan natijalar:
mavzular yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkam-
11
lash; amaliy masalalarni yechishda nazariy tushunchalardan
foydalana bilish; masalani yechishning to‘g‘ri usulini tanlay
bilish; masalani mustaqil yechish ko‘nikmasini hosil qilish;
masalaning yechimini mustaqil tahlil qila bilish.
Hisobot bilan birgalikda uning matni (*.doc formatda) va
dasturi (*.pas, *.for, *.cpp va boshqa hamda *.exe formatda)
yozilgan CD disk ham topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |