e-qaror.gov.uz
13.03.2022
3
ustidan o‘z partiyaviy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, ta’sirchan deputatlik
nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
4. Shahar prokuraturasi (X.Mamatqulov)ga, Termiz shahar sektor rahbarlari
va tijorat banklari bilan birgalikda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturlari
doirasida amalga oshirilishi belgilangan loyihalarni, tijorat banklari tomonidan, o‘z
vaqtida kredit mablag‘lari bilan moliyalashtirilishini ta’minlash maqsadida,
dasturlar doirasida aholiga avval ajratilgan va bugungi kunda muddati o‘tgan
kreditor qarzdorliklarni undirish choralarini ko‘rish tavsiya etilsin.
5. Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari (G‘.Elamanov), tijorat
banklarining shahar filiali boshqaruvchilari bilan birgalikda “Mahallabay” ishlash
tizimi orqali olib borilgan amaliy ishlar natijasida shahardagi mavjud 37 ta
mahallalarning belgilab olingan ixtisoslashuvi (o‘sish nuqtalari)dan kelib chiqib,
tasdiqlangan rivojlantirish dasturlaridagi loyihalarni, muddatiga qadar, amalga
oshirilishini ta’minlasin.
2022-yil birinchi yanvaridan boshlab shaharda “Mahallabay” ishlash tizimi
orqali mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish
bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatining to‘liq yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin.
6. Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari (G‘.Elamanov), tegishli mas’ullar
bilan birgalikda mahallalarda hokim yordamchilarining samarali faoliyat yuritishi
uchun zarur bino-inshootlar, orgtexnika vositalari, aloqa vositalari, dasturiy
vositalar, mebel va boshqa jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. Bunda,
zaruratga ko‘ra, tegishli binolarni ta’mirlash uchun shahar mahalliy budjetining
qo‘shimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa
manbalar hisobidan mablag‘lar ajratilishi nazarda tutilsin.
7. Shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi
(G‘.Nurmanov) aloqador tashkilotlar bilan birgalikda:
shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning reyting baholash tizimi
bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, amalga oshirilishini
ta’minlasin;
8. Shahar hokimining o‘rinbosari (O.Tursunov), tijorat banklarining shahar
filiali boshqaruvchilari bilan birgalikda 2021-yil yakuni bo‘yicha amalga
oshirilishi belgilangan barcha hududiy investitsiya loyihalarni o‘z vaqtida tijorat
banklarining kredit mablag‘lari bilan moliyalashtirilishini hamda ishga
Do'stlaringiz bilan baham: |