Gigiyenik tarbiya inson salomatligiga tishlar uchun muhim rol o‘ynaydi, chunki tish kariyesining paydo bo'lishi, uning etiologiyasi va patogenezi insonning salbiy odatlaridan kelib chiqadi:
•uglevodlarni noto‘g‘ri iste’mol qilish,
•og‘iz bo‘shlig‘ini noto‘g‘ri tozalash,
•gigiyenaning past darajadaligi.
Gigiyenik tarbiya ikki xil usulda olib boriladi:
•sanitar-maorif ishlari;
•og‘iz bo‘shlig‘ini gigiyenasini o‘rgatish ko‘nikmalari;
Stomatologik kasalliklarning oldini olishning samarali usullari har xil masshtabdagi maqsadlarga va ularni bajarish usullariga qaratilgan profilaktik stomatologik dasturlarni rivojlantirish va realizatsiyalash. Aslida Dasturlar davlat , hududiy yoki muassasalar xarakteriga ega bo‘lishi kerak. Ammo bizda hozirgacha to'liq shakllanmagan va muassasalardan boshqa hech qayerda profilaktik tushintirish ishlari olib borilmaydi.
Bolalar jamoasida ish olib borish ya’ni ularga stomatologik kasalliklar profilaktikasining usullari haqida jamoa o‘rtasida ish olib borish og'iz bo'shlig'i gigiyenasidan xabardor bo'lishiga olib keladi!
Hurmatli ota-onalar:gigiyenik tarbiyada og‘iz bo‘shlig‘ini gigiyenasini o‘rgatish ko‘nikmalari 2-7 yoshli bolalarda 7ta bosqichda olib boriladi.
Buni siz bilishingiz va o'z farzandingizga o'rgatishingiz lozim.
•1.qo‘llarni yuvish
•2.og‘izni suv bilan chayish
•3.tish cho‘tkasini sovun bilan yuvish
•4.tish cho‘tkasini ishchi qismiga pasta qo‘yish
•5.tishni tozalash
•6.og‘izni suv bilan chayish
•7.tish cho‘tkasini yuvish va stakanda saqlash
Qadri baland ustozlar:
•1-4sinf uchun 5ta dars shaklida o‘tkaziladi
Gigiyenik tarbiyadaog‘iz bo‘shlig‘ini gigiyenasini o‘rgatish ko‘nikmalari 2-4 yoshli bolalarda (7ta mashg‘ulot 15daqiqadan) olib boriladi.
•1.stomatologik asboblar yordamida og‘iz bo‘shlig‘ini ko‘rikdan o‘tkazish
•2.og‘izni suv bilan chayishni o‘rganganligini ovqatdan so‘ng nazorat qilish
•3.tish cho‘tkasini haqida tushuncha berish, namoyish etish
•4.tish cho‘tkasi ishlatishni o‘rgatish va modelda nazorat qilish
•5.tish pastasiz tishni tozalash va saqlash
•6.ertalab va kechqurun tish pastasiz nazoratda yuvish
•7.ertalab va kechqurun tish pasta bilan nazoratda yuvish, chayish haqida o'quvchilarga muntazam ravishda tushintirish ishlari olib borilishi lozim.
Bolalar va oʼsmirlar gigiyenasi – gigiyenaning bir sohasi; goʼdaklikdan boshlab to 17-18 yoshgacha boʼlgan bolalar va oʼsmirlaning salomatligini saqlash va mustahkamlash masalalari bilan shugʼullanadi. Hayot sharoiti, oʼquv-tarbiya va mehnatning oʼsayotgan organizmning kamol topishi va salomatligiga qanday taʼsir qilishini oʼrganish va shunga asoslanib, yosh avlodning sogʼlom oʼsishiga hamda har tomonlama toʼgʼri rivojlanishiga yordam beradigan gigiyena tadbirlarini ishlab chiqish bolalar va oʼsmirlar gigiyenasi vazifasidir.
Uning tavsiyanomalari shaxsiy, yaʼni har bir ayrim bolaga va muayyan bolalar guruhiga taalluqli boʼlishi mumkin. Bolalar va oʼsmirlar gigiyenasi tashqi muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyatiga, taʼlim-tabiyasiga taʼsirini oʼrganadi, oʼsayotgan avlodning barkamol hamda jismoniy va maʼnaviy jihatdan uygʼun rivojlanishi uchun zarur boʼlgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Bolalar va oʼsmirlar sogʼligini oʼrganish va saqlash. Buning uchun biologik va ijtimoiy omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va oʼsmirlar organizmiga taʼsirini oʼrganish talab etiladi. Har bir yoshga oid kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash esa kasallikning oldini olish chora-tadbirlarini belgilash va hayotga tatbiq etish imkonini beradi. Hoz. yosh avlodning sogʼligini belgilangan muddatda tekshira borish (tibbiy koʼrikdan oʼtkazish) bilan birga antropometrik usullarni qoʼllash orqali ularning jismoniy rivojlanishi aniqlanadi.
Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur. Bolada asosiy fiziologik jarayonlar – uyqu, uygʼoqlik, ovqatlanish (emish)ning oʼz vaqtida almashinib turishi, ayniqsa, bolaning birinchi yoshida katta ahamiyatga ega. Har kuni maʼlum soatlarda ovqatlanish (emish), uxlash bolaning oʼsishi va rivojlanishiga, ayniqsa, nerv tizimiga yaxshi taʼsir qiladi. Bolani hamisha maʼlum vaqtda (har 3-3,5 soatda) emizish tartibiga amal qilish lozim.
Yosh bola hamisha maʼlum vaqtda uxlab, maʼlum vaqtda uygʼonishi uchun qulay sharoit yaratish, uxlaganida uni tinch qoʼyish, uygʼokdigida esa koʼruv va eshituv aʼzolariga turli yoʼllar bilan taʼsir etish (kattalarning gap-soʼzlari, rangli, jarangdor oʼyinchoklarga bola diqqatini jalb qilish), gavda vaziyatini oʼzgartirib turish (bolani vakti-vaqti bilan qoʼlga olish yoki korni bilan yotqizib qoʼyish) kerak. Bola nechogʼli yosh boʼlsa, organizmi dam olish va uxlashga shuncha koʼp ehtiyoj sezadi. Uni ochiq havoda (qishda ham) har kuni kamida 2 soat sayr qildirish, oʼynatish zarur. Shunda qon kislorodga yolchib, organizmdagi almashinuv jarayonlari bir maromda kechadi.
Bolalar va oʼsmirlar faoliyati gigiyenasi. Bunda bolalarning sogʼligʼiga qarab ish faoliyatini belgilash va asta-sekin oshira borish hamda charchashning oldini olish tadbirlarini koʼrish asosiy masala hisoblanadi. Shunga asosan yasli, bogʼcha, maktab yoshidagi bolalarning yoshiga mos keladigan kun tartibi joriy qilinadi. Oʼsib kelayotgan organizmning xususiyatlarini hisobga olgan holda, maktab oʼquvchilarining mashgʼulot tartibi ularning yoshiga qarab turlicha belgilanadi. Uyda dars tayyorlashga ajratilgan vaqt 1-sinf oʼquvchilari uchun 1-1,5 soat, 3-4-sinf oʼquvchilari uchun 1,5-2 soat, 5-6-sinf oʼquvchilari uchun 2 soat, 7-8-sinf oʼquvchilari uchun 2,5-3 soat, 9-sinf va kollej oʼquvchilari uchun 3-4 soat boʼlishi kerak. Bola dars tayyorlagan vaqtda har 40-45 min. dan keyin 10-15 min. dam olishi zarur. Bolalar dars tayyorlab charchamaligi uchun mashgʼulotlardan keyin turli oʼyin, sport, foydali mehnat bilan shugʼullanishlari yaxshi natija beradi.
Tashqi muhit gigiyenasi. Bolalar va oʼsmirlar gigiyenasining bu qismida bolalar va oʼsmirlar muassasalari loyihasini tuzish va koʼrishda gigiyena tadbirlarini koʼzda tutish, jumladan, ularni aholi yashaydigan joylarga koʼrish, xonalar yorugʼ va issiq boʼlishi, sanitariya-texnika ishootlari toʼgʼri qurilishi, toza havo, ichimlik suv hamda bolalar uchun moʼljallangan jihozlar bilan taʼminlanishi kerak.
choʼmilish, kattaroq yoshdagi bolalarni dushga tushirib yoki ustidan suv qoʼyib choʼmiltirish bola organizmining kasallikka chidamini oshiradi va baquvvat qiladi.
Bu tadbirlar muntazam boʼlishi va shifokor bilan maslahatlashib olinganidan keyingina tatbiq etilishi kerak. Bolalar va oʼsmirlar muassasalarida hamma gigiyena mezonlari va tavsiyanomalariga rioya qilinishini shahar va qishloq tumanlarining sanitariya-epidemiologiya st-yalaridagi sanitariya vrachlari nazorat qilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |