Huawei firmasining IAD uskunasi. IAD global paketli IP (Internet va har xil Internet) tarmog‘i bo‘yicha ovozni samarali va sifatli uzatishni ta'minlovchi, IP-protokoli bo‘yicha ovozni (VoIP texnologiyasi) va faksimil xabarni (FoIP texnologiyasi) uzatish uchun mo‘ljallangan mediashlyuzdan iborat.
VoIP shlyuzi korporativ foydalanuvchilarning mavjud telefon apparatlarni yoki UATS bilan ulash uchun analog ovozli interfeyslarni, shuningdek IP xizmatlar provayderining magistral tarmog‘i bilan ulanish uchun Ethernet interfeyslarni taqdim etadi.
IAD, IETF RFC2705 V0.1 i V1.0 standartiga tegishli, MGCP protokolini quvvatlaydi. Ushbu uskuna xizmatlar provayderlari uchun billing, resurslarni va tarmoq boshqarishini ishlatishni hisobga olish funksiyalari bilan, VoIP to‘liq echimini yoyish maqsadida, yirik etkazib beruvchilarning Softswitch echimi bilan birgalikda ishlashi mumkin.
IAD seriyasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- seriya 1 (POTS + ma'lumotlar uzatish xizmatlarining kichik sig‘imi): 16, 24, 32 port;
81
- seriya 2 (nutqni va ma'lumotlarni uzatish xizmatlariga kirish integratsiyasi): 8, 12, 24;
- stolga qo‘yilgan seriya: 1, 2 va 4 interfeys; Ephone; SoftPhone.
- UTP 5 bo‘yicha nutqli xizmatlarni ajratish va birlashtirish uchun DVC ajratgich.
- jadvalda U-SYS seriyasining IAD tavsiflari keltirilgan.
IAD104 seriya VoIP kirishni vama'lumotlar uzatish tarmog‘ining bitta10/100Base-T interfeysini ishlatuvchi, UfTT oddiy foydalanuvchilari uchun 4 kanal ta'minlashi mumkin.
U-SYS seriyasining IAD tavsiflari
8.1 - jadval
Maxsulot nomi
|
Tarmoq interfeysi
|
Foydalanuvchi interfeysi
|
Izox
|
POTS
|
Ethernet
|
Protokollar
|
Telefon liniya
|
IAD104E
|
1 10M/100M
|
4FXS
|
1
|
MGCP
|
4 TA ulash
|
IAD108
|
1 10M/100M
|
8FXS
|
1
|
MGCP
|
8 TA ulash
|
IAD208E
|
1 10M/100M
|
8FXS/FXO
|
2
|
MGCP/H.248
|
|
IAD132E
|
1 10M/100M
|
32
FXS/FXO
|
4
|
MGCP/H.248
|
8,16,24,32 TA ulash
|
IAD108 seriya, UfTT oddiy foydalanuvchilari uchun VoIP ulanishni va ma'lumotlar uzatish tarmog‘ini, 210/100 Base-T interfeysini ishlatuvchi 8 ta kanalni ta'minlashi mumkin. IAD108 seriya har xil interfeyslarga ko‘ra quyidagi uchta modellarga ega:
ADSL uchun interfeyslarni ta'minlovchi IAD108A(T);
Fast Ethernet (FE) uchun interfeyslarni ta'minlovchi IAD108E(T);
Very-high-data-rate Digital User Line (VDSL) uchun interfeyslarni ta'minlovchi IAD108V(T).
IAD208 seriya UfTTning 8 ta abonenti va ma'lumotlar uzatishning 8 ta abonenti uchun VoIP servislariga aralash kirishni ta'minlashi mumkin. 5-sinfning standart kabeli bo‘yicha ma'lumotlar va ovozning intergratsiyalangan porti keng polosali abonentlar va ovozli abonentlar kirishini amalga oshiradi. IAD208 seriyaning interfeyslari har xil panellarga ko‘ra quyidagi uchta modellarga ega:
ADSL uchun interfeyslarni ta'minlovchi IAD208A(T);
FE uchun interfeyslarni ta'minlovchi IAD208E(T);
VDSL uchun interfeyslarni ta'minlovchi IAD208V(T).
IAD108 va IAD208 seriyalar orasidagi farq, interfeyslarning turida va interfeys panelidagi miqdorida. IAD108 seriyali panelorqasida, 8 ta telefon porti, 2 ta ma'lumotlar uzatish porti, 1 ta lokal seriyali port va 1takirish interfeysi joylashgan. IAD208 seriyasining orqa panelida, ovozli abonentlar va ma'lumotlar uzatish abonentlarining gibrid ulanishini quvvatlovchi 7 ta port, faqat telefon abonentlariga kirishni taqdim etish uchun 1 ta port, 1 ta lokal seriyali port va 1 ta
82
kirish porti joylashgan.
IADning 108/208 seriyali uskunasi, kompressiyaning standart ovozli usulini, ovozli signallarni kodlash va dekodlash uchun modulyasiya/demodulyasiya algoritmini, UfTTning faks signallarini quvvatlaydi. IAD, signallarni IP paketlariga o‘zgartiradi va ularni IP media shlyuziga yo‘nalishi bo‘yicha jo‘natadi. Qachonki IP paketlar o‘zining belgilangan manziliga etganda, ular yana dastlabki ko‘rinishiga o‘zgartiladi. IAD Softswitch kommutatori bilan N.248 yoki Media Gateway Control Protocol (MGCP) protokoli vositasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi, IAD Softswitch nazorati ostida chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlar orasida ulashni o‘rnatadi. IADning 108/208 seriyali qurilmalarining joylashishi NGN tuzilishida 7.3 - rasmda ko‘rsatilgan.
8.3 - rasm. IAD108/208 qo‘llashga namunaviy misoli
IAD132E-T, IETF RFC2705 V0.1 va V1.0 standartiga tegishli
mediashlyuzlarni boshqarishning takomillashtirilgan protokolini (MGCP) quvvatlaydi. Ushbu uskuna xizmat provayderlari uchun yirik taqdim etuvchilarning Softswitch echimi bilan birgalikda VoIPning to‘liq echimini billing funksiyalari, resurslari va tarmoq boshqarishi bilan ishlatishni hisobga olgan holda yoyish maqsadida ishlatilishi mumkin.
IAD132E-T, marshrutizator yoki ma'lumotlar uzatish uskunasi orqali IP-tarmoq bilan ulanish uchun, Ethernet 10/100 Base-T standartini ishlatadi. Yuqori samarali MGCP protokolini, Softswitch dasturiy kommutatori bilan aralashgan holda IAD132E-Tni quvvatlab, telefon aloqa xizmatlarining oxirgi foydalanuvchilariga taqdim etadi. Xizmat provayderlari talablariga mos tushish maqsadida, IAD132E-T Softswitch kommutatorlariga, billing va tarmoqni boshqarish funksiyalarini o‘z ichiga olgan holda, majmuali va to‘liq xizmat ko‘rsatishni taqdim etish imkoniyatini ta'minlaydi. 7.4 - rasmda IAD132E-T uskunasi o‘rnatilgan joy tasvirlangan.
IAD132E-T foydalanuvchilarning telefon apparatlari va fakslari bilan ulanish uchun ovozli interfeyslarning yuqori zichligiga ega. FXS nutq moduli va FXS
83
qo‘shimcha moduli 8 gacha FXS ovozli interfeyslarni ta'minlaydilar. IAD132E-T, nutqli modullarni o‘rnatish yordamida,masalan turar joylarda, ofislarda, korxonalarda joylashgan foydalanuvchilar uchun yuqori ovozli nutq trafigiga ega ovozli interfeyslarning 8,16,24 yoki 32 portlarini quvvatlashi mumkin.
Yadro satxi tarmog'i. guruh asasida shakillangan
Ofis yo'laklari
8-23 portlar
i
Filial (kichikofis)
Asosiy ofis
llovalar serveri
Do'stlaringiz bilan baham: |