Udk;631. 633 Ekinlarni sug’orish masalasining dolzarb jihatlari



Download 113,8 Kb.
bet2/3
Sana29.05.2022
Hajmi113,8 Kb.
#614933
1   2   3
Bog'liq
7-SHO\'BA Idrisov.X

1 - jadval

2 - jadval

Qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orish usullari va texnikasini tanlashda joyning iqlim, geomorfologik, gidrogeologik sharoitlari, biologik, xo'jalik, iqtisodiy va boshqa bir qator omillarni e’tiborga olish talab etiladi. Hududning nam bilan ta’minlanganlik darajasi, suvning bug'lanishga sarfi, havoning harorati va nisbiy namligi, shamolning tezligi va yo'nalishi kabi muhim iqlim elementlari ham hisobga olinishi lozim. Hududning nam bilan ta’minlanganlik darajasi bug'lanish kamomadi (mavsum davridagi umumiy bug'lanish (E) va yog'in suvlaridan foydalanish (P) miqdorlari farqi: D = E - P ) va namlanish koeffitsienti (Pn) ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Qabul qilingan sug'orish usuli va texnikasi ushbu kamomadni to'liq yoki undan ko'proq miqdorda ta’minlay olishi zarur.
Sug'orish tizimlari alohida xo'jalikka (dehqon-fermerlar uyushmasi, fermer, dehqon) xizmat ko'rsatayotgan bo'lsa xo'jalik sug'orish tizimi,ikki yoki undan ortiq xo'jalikka xizmat ko'rsatayotgan bo'lsa xo'jaliklararo sug'orish tizimi deb yuritiladi. Agar sug'orish tizimi bir nechta tuman, viloyat yoki respublikalar hududida joylashgan bo'lsa, u tegishlicha tumanlararo, viloyatlararo va respublikalararo sug'orish tizimlari deyiladi. Xo'jalik sug'orish tizimlaridan foydalanish bo'yicha barcha tadbir va xarajatlar xo'jalik tomonidan, xo'jaliklararo tizimlarda esa davlat tomonidan bajariladi va ta’minlanadi.
Geomorfologik sharoitlarga ko'ra tog'oldi (Markaziy Osiyoning tog'li) rayonlarida, daryolarning vodiylarida (yirik daryolar Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq va b.) va tekisliklardagi suv ayirg'ichlarda (Ukrainaning sahro va yarim sahro rayonlari) tashkil etilgan sug'orish tizimlari o'zaro farqlanadi.
Sug'orish tizimlari tuzilishi (konstruksiyasi), suv uzatish usuli, qo'llanish holatiga qarab ham turlarga bo'linadi. Tuzilishiga ko'ra ochiq,yopiq va aralash; suv o‘z oqimi bilan, mexanik kо‘tarib berish va o‘z oqimi-mexanik, ya’ni aralash usullarda uzatiluvchi; qo'llanish holatiga ko'ra k o‘chmas (turg'un), yarim k o‘chma va ko'chma sug'orish tizimlari ajratib ko'rsatiladi.Ochiq sug'orish tizimlarida barcha yirik va mayda kanallar tuproq yoki to'shamali o'zanga ega yoki beton nov holida ochiq bo'lib, yopiq tizimlarda sug'orish tarmoqlari sifatida bosimli va bosimsiz quvurlardan foydalaniladi. Aralash turdagi tizimlarda yirik taqsimlash kanallari ochiq holda, xo'jalik taqsimlagichlari, karta sug'orish tarmoqlari yopiq quvurlardan iborat bo'ladi.Sug'oriladigan yerlarda qishloq xo'jaligini ixtisoslashganligiga ko'ra quyidagi sug'orish tizimlari o'zaro farqlanadi: paxtachilik, sholichilik, meva-sabzavotchilik va boshqalar. Aholi istiqomat joylari, sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalarida shakllanayotgan chiqindi suvlardan namiqtiruvchi-o'g'itlash maqsadlarida foydalanish uchun maxsus tizimlar — chiqindi suvlardan foydalaniladigan sug'orish tizimlari barpo etiladi.
Sug'orish tizimlari murakkab suv xo'jalik majmui bo'lib, quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat: bosh suv olish inshooti (sug'orish suvini suv manbaidan olib, magistral kanalga uzatish uchun xizmat qiluvchi to'g'o n , shlyuz, nasos stansiyalari va b.); suv uzatish va taqsimlash kanallari (magistral kanal va uning tarmoqlari, xo'jaliklararo taqsimlagichlar); xo'jalik taqsimlash tarmoqlari (xo'jalik taqsimlagichi, almashlab ekish uchastkasiga suv taqsimlagich); katta sug'orish tarmoqlari (muvaqqat va o'qariqlar, sug'orish egatlari, yo'laklar va cheklar); oqova tarmoqlari (ortiqcha sug'orish va yog'in suvlarini chiqarib yuboruvchi tashamalar); kollektor zovur tarmog'i (ortiqcha sizot suvlarni tashqariga chiqarib tashlashda qo'llaniladigan birlamchi va guruh zovurlari, vertikal zovurlar, xo'jalik va xo'jaliklararo kollektorlar, magistral kollektorlar); gidrotexnik inshootlar (suv o'lchash-taqsimlash inshootlari, akveduk, dyuker
Xulosa Qabul qilingan sug'orish usuli va texnikasi sug'orish suvini dalaga bir tekisda taqsimlash va tuproqning hisobiy qatlamini bir xilda namiqtirish, suvni filtratsiya va oqovaga behuda sarfini eng kam darajaga tushirish, tuproqqa va ekinlarga ishlov berishni mexanizatsiyalash, suvchilar uchun tegishli gigiena sharoitlarini yaratgan holda sug'orishni kechayu-kunduz o'tkazish va ulaming ish unumdorligini oshirish imkoniyatlarini berishi lozim. Tanlangan sug'orish usuli va texnikasi sug'orish tizimida suv taqsimlash jarayonlarini hamda sug'orishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga erishishni ta’minlamog'i zarur.



Download 113,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish