89
Xulosa
Buyuk Britaniyada XX asrning 90-yillarida siyosiy hayotida ko‘plab
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Hukumat tepasida uzoq yillardan beri o‘z o‘rnini hech
kimga bermasdan kelayotgan konservatorlar partiyasi 1997-yilda parlamentga
bo‘lib o‘tgan saylovlarda mag`lubiyatga uchradi. Bu partiyaning mag`lubiyatga
uchrashiga davlatda boshlangan tushkunlik sabab bo‘ldi.
Dissertatsiyaning birinchi bobi bo‘yicha quyidagi jihatlarga alohida o‘z
e’tiborimni qaratib shu ishlarni qilishga harakat qildim :
1.
Toni Blerning 1997-yildagi saylovdagi g`alabaga erishishidagi olib
borgan ishlari;
2.
XX asrning 90-yillaridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy ahvolning ancha
boshi berk ko‘chaga kirib qolganligi va bunday vaziyatdan chiqish uchun
leyboristlar partiyasi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Ular
davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilash maqsadida bir qator qonunlar
chiqardi;
3.
XX asrning 90-yillarida Buyuk Britaniyada ijtimoiy ahvolning
yomonlashuvi va hukumat tepasiga kelgan Toni Bler tomonidan olib
borilgan islohotlar va ularning natijalarini yoritishga harakat qildim;
4.
Toni Bler boshchiligidagi leyboristlarning saylov oldida bergan va’dalari
bo‘yicha davlatda konistitutsion islohotlarni amalga oshirildi. Bu
islohotlar o‘zining demokratik ruhdaligi bilan ajralib turdi;
5.
Buyuk Britaniyada azaldan muammo bo‘lib kelayotgan mintaqaviy
boshqaruv tizimini tartibga solishda ham leyboristlar bir qator qonunlarni
chiqardi.
Birinchi bob bo‘yicha yuqoridagi jihatlarga o‘z e’tiborimni qartdi. Bunda
Buyuk Britaniyadagi siyosiy vaziyatdagi tanglik, iqtisodiy hayotdagi muammolar
va ularning hal qilinish yo‘llari, davlatda ijtimoiy sohada bo‘lgan e’tibor
konservatorlar davridagiga qaraganda ancha oshganligi, ancha vaqtdan beri
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan konistitutsion islohotlarning amalga oshirilganligi, eng
90
og`riqli muammolaridan biri bo‘lgan mintaqaviy boshqaruv tizimini tartibga solish
maqsadida Toni Bler tomonidan qilingan ishlar dissertatsiyaning asosiy qismida
batafsil yoritildi.
Buyuk Britaniyaning 1997-2000-yillaridagi leyboristlar hukumronligi davri
bo‘yicha quyidagi natijalarga erishildi:
Birinchidan, Leyboristlarning davlat iqtisodiy va ijtimoiy sohalarini tartibga
solish maqsadida qilgan ishlari;
Ikkinchidan, Davlat uchun eng kerakli vaziyatda konistitutsiyaviy va
mintaqaviy boshqaruviga oid bo‘lgan islohotlarning qilinganligi;
Uchunchidan, XX asrning 90-yillari oxirida davlatning mavqeyini har
tomonlama oshirganligi va boshqalar.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi o‘z e’tiborimni quyidagi jihatlarga qaratib,
shularni aniqlashga harakat qildim:
1.
XXI asrda Buyuk Britaniyada leyboristlar tomonidan olib borilgan
siyosat;
2.
XXI asrda davlatning iqtisodiy ko‘tarilishi, ijtimoiy sohalarga oid olib
borilgan siyosat va parlamentga o‘tkazilgan saylovlar va uning
natijalari;
3.
Davlatda Toni Blerga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi va bosh vazir
lavozimiga Gordon Braunning kelishi;
4.
2008-yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozining Buyuk Britaniyaga
ta’siri va boshqalar.
Ikkinchi bobda olib borgan izlanishlarim bo‘yicha quyidagilarni aniqladim:
XXI asrdagi Buyuk Britaniyaning xo‘jaligidagi o‘zgarishlar, parlamentga
o‘tkazilgan saylovlar natijalari, mintaqaviy boshqaruvda yangi muammolarning
kelib chiqqanligi, Toni Blerning hokimiyat tepasidan ketishi va Braunning kelishi
sabablari, jahon iqtisodiy inqirozida davlatning ko‘rgan zararlari.
Leyboristlarning ikkinchi va uchunchi boshqaruvi davrida Buyuk Britaniya
bo‘yicha quyidagi natijalarga erishildi:
91
Birinchidan, leyboristlarning parlament saylovlarida ishonchli g`alabaga
erishganligi. Bunda bosh vazir bo‘lgan Toni Blerning olib borgan siyosati;
Ikkinchidan, Davlatda iqtisodiy hayotning barqarorlashuvi va buning
natijasida leyboristlarga bo‘lgan ishonchning ortganligi;
Uchunchidan, Toni Blerning o‘z o‘rnini Gordon Braunga boshatib berishi va
leyboristlarning obro‘sining tushishi;
To‘rtinchidan, Jahon iqtisodiy inqirozining davlat iqtisodiyotini larzaga
solishi va unga qarshi leyboristlar tomonidan olib borilgan ishlar.
Dissertatsiyaning
3-bobida
Buyuk
Britaniyaning
1997-2010-yillar
chegarasidagi tashqi siyosatni yoritishga harakat qildim:
1.
Buyuk Britaniya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning ancha
yaqinlashuvi, buning natijasida Angliyaning tashqi siyosatda AQSh
ta’siriga yanada tushub qolishi;
2.
Toni Bler tomonidan Yevropa Ittifoqiga bo‘lgan munosabatning
o‘zgarishi;
3.
Bu davrda Buyuk Britaniya va Rossiya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va
madaniy sohalardagi hamkorlikni rivojlanishi.
Uchunchi bob bo‘yicha olib borgan izlanishim davomida shularni aniqladim:
Bular, Toni Blerning AQSh prezidentlari bilan shaxsiy munosabatlarda ancha
yaqinligi, leyboristlar partiyasi qat’iy siyosati natijasida funt-sterlingni saqlab
qolinganligi, Rossiya bilan muosabatlarda Buyuk Britaniya ikkiyuzlamachilik
siyosat olib borganligi.
Leyboristlar hokimiyat tepasida turgan vaqtda tashqi siyosatda quyidagi
natijalarga erishildi:
Birinchidan, Leyboristlar tashqi siyosatda o‘zlariga mos siyosat olib
borishga harakat qildi. Bunda AQSH bilan yaqinlashishni maqsad qilgandi.
Ikkinchidan, Toni Bler Buyuk Britaniyani yevro zonasidan holi deya e’lon
qildi va Yevropaga tegishli har qanday masalada o‘zining qat’iy pozitsiyasini
saqlab qolishga harakat qildi;
92
Uchunchidan, Rossiya bilan olib borilgan siyosatda o‘z manfaati yuzasidan
yaxshi munosabatda bo‘lib amalda esa unga qarshi siyosat yuritdi.
Xullas, leyboristlar boshqaruvi davrida Buyuk Britaniya har tomonlama
rivojlandi. Davlat ichiki va tashqi siyosatda o‘z maqsadi bo‘yicha harakat qilib bir
qancha natijalarga erishdi. 1997-2010-yillar Angliya tarixiga “leyboristlar davri”
nomi bilan kirdi.
93
Do'stlaringiz bilan baham: |