1.3.Mintaqaviy boshqaruv tizimidagi islohotlar
Bler hukumati Birlashgan qirollikning subnatsional mintaqalariga nisbatan
devolyutsiya tizimini o‘zgartirish bo‘yicha qat’iy qadam qo‘ydi. 1997 yilda Uels
va Shotlandiyada mahalliy qonun chiqaruvchi yig‘imlarni tuzish bo‘yicha
referendumlar bo‘lib o‘tdi. Uelsda referendumda mahalliy saylovchilarning atigi
80%igina qatnashdi. Bu holatni hisobga olingan holda konstitutsion islohot bu
yerda biroz chegaralangan xarakterga ega bo‘ldi. Tuzilishi kutilayotgan mahalliy
assambleya mahalliy qonunlarni qabul qilish va soliqlarni belgilash huquqlaridan
mahrum edi. Uning vakolati mintaqaning iqtisodiy rivojlanishi, qishloq xo‘jaligi,
ta’lim, madaniyat va ekologiya masalalari bilan chegaralangan. Assambleya, ilgari
Uels bo‘yicha vazirga tegishli bo‘lgan markaziy hukumat dotatsiyasi (yiliga 8
mlrd. funt sterling)ga egalik qiladi
31
.
Leyboristlarning dastlabki harakati konistitutsion islohotlarni o‘tkazishni
oldilariga maqsad qilishgandi. Bu davrga kelganda butun dunyoda bo‘layotganidek
Buyuk Britaniyada ham qonunchilik sohasida islohotlar o‘tkazilishini taqoza
qilardi. Islohotni o‘tkazish uchun kommissiya tuzish kerak edi. Islohotlarning
asosini Birlashgan konistitutsion qo‘mita a`zolari ya`ni boshqaruvchi partiya va
liberal demokratlar tomonida ishlab chiqarilgan edi. Islohotlarning asosi shundan
iborat ediki, devalyutsin prinsiplar ya`ni markaziy hukmat vakolati mahalliy
hukumatga o‘tkazilishi nazarda tutilgan edi.
Bu davrda Britaniyaning ayrim hududlarida davlat boshqaruv siyosatidan
norozi bo‘lgan ayrimachi guruhlarning chiqishlari har qachongidan ham avj olib
ketgandi. Bler tarafdorlari nuqtayi nazarida Uels va ayniqsa Shotlandiyadagi milliy
separatistik g`oya tarafdorlarining chiqishlari o‘zining jiddiyligi bilan ajralib
turardi. Bu hududlarda yashayotgan fuqarolar o‘z yerlarida hukumronlik
qilayotgan o‘zga boshqaruvchilarga qarshi ovoz berdi. Bler hukumati yaxshi
31
Капитонова Н.К. Великобритания в конце ХХ – начале ХХІ века: от консерваторов к
лейбористам: Учебное пособие. М.: МГИМО (У) МИД России, 2003.ст.88.
34
bilardiki,islohotlarni ortga surish to‘liq mustaqillik uchun harakat qilayotgan
Shotlandiya milliy partiyasini qo‘llab-quvvatlovchi ommaviy saylovchilarning
noroziligini keltirib chiqarishga sabab bo‘lardi. Bundan tashqari Bler joylarda
fuqarolar uchun mahalliy demokratik inistitutlar tashkil etishni nazarda tutib,
mamlakat fuqarolarining britan boshqaruv tizimiga ishontirishga harakat qildi.
Buning uchun mahalliy o‘lkalarda yashayotgan aholiga bir qator yon berishlarni
nazarda tutib o‘tadi. Bler yana bu o‘lkarda yashayotgan aholini hukumatga
bo‘lgan ishonchini oshirib Buyuk Britaniyaning siyosiy ahvolini yaxshilanilishi bu
o‘z navbatida davlatning Yevropa davlatlari orasidagi obro‘sining oshishiga olib
kelishini aytadi.
1997-yil 11-sentyabrda Shotlandiya va 1997-yil 18-sentyabrda Uelsda
o‘tkazilgan referendum o‘z o‘zini boshqarish bo‘yicha bu o‘lkalarning navbatdagi
tashlagan qadami bo‘ldi. Bu referendum Angliya uchun ancha qimmatga tushushi
mimkin edi. Ikkala hudud aholisi ham o‘z davlatlarida mustaqil ravishda
parlament va boshqa hukumat tashkilotlarini tuzishni yoqlab chiqdi. Shotlandiyada
referendum natijasida qatnashchilarning 74% o‘z davlatining hukumat organlarini
mustaqil tarzida o‘z faoliyatlarini olib borish uchun ovoz berdi
32
. Buning natijasida
shotlandiyalik leyboristlarning olib borgan targ`ibotida liberal-demokratlar va
milliy partiya a`zolari birlashib harakat qilishga kelishildi, faqatgina konservatorlar
devolyutsiyaga yo‘q deb o‘z etirozlarini bildirishdi.
Shotlandiyada 1997-yildagi referundumdan keyin milliy siyosatchilarning
faol harakatlari sababli hukumat boshqaruvida bir qancha ijobiy ishlar amalga
oshirilgan edi. 1999-yil may oyida Shotlandiyada prinsipial vakolatli parlament
saylandi. Bunda partiyalar berilgan nomzodlar ro‘yxati bo‘yicha emas balki, bir
mandatli okruglarga almashtirildi. Ko‘pchilik joyini leyboristlar egalladi, ya`ni
saylangan parlament deputatlari 128 kishi bo‘lsa shundan 56 tasini leyboristlar
32
Остапенко Г.С., Прокопов А.Ю. Новейшая история Велико британии: XX — начало XXI
века: Учеб. пособие. — М.: Вузовский учебник: ИНФРА-М, 2012. —ст. 364.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |