Shuningdek “qi”leksemasi orqali o‘tkir ta’m ham ifodalanadi. Qimiz, qimron kabi so‘zlarda aynan o‘tkir ta’m anglashiladi.
Qirmoq, qiymalamoq, qiyratmoq, qiron keltirmoq kabi so‘zlar o‘tkir tig‘li asboblar orqali amalga oshadigan harakatni bildirsa, qitiqlash, qirpichlash, qirchish, qirtishlash kabi so‘zlar orqali dag‘al sirt yoki o‘tmas tig‘ orqali ta’sir yoki harakatni aks ettiradi. Shuningdek, tig‘siz sirt orqali kiynoq berish ham qismoq, qiynamoq shaklida “qi” leksemasi bilan ifodalanadi.
“Qi” leksemasi orqali yasaladigan so‘zlar o‘zbek tilining imlo lug‘atida juda ko‘p uchraydi. Ammo ularning hammasi ham ayni ma’noda qo‘llanmaydi. Jumladan, qiroat, qibla, qiyr(qora mum) kabi arab yoki fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlar butunlay boshqa ma’nolarni anglatadi.
Qadimgi turkiy tildan kelayotgan “qi” leksemasi arab va fors tilidan o‘zlashgan ayni bo‘g‘inlardan “i” harfining talaffuzi bilan ham farqlanadi. Turkiy “qi” ko‘proq “qы” ga yaqin talaffuz qilinadi va oltoy, tuva, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq tillari alifbosida “qi” aynan “qы” shaklida yoziladi, “qыn” “qыlыq” so‘zlaridagi kabi ы unlisi bilan talaffuz qilinadi. Turkiy “qi” leksemasidagi i ning yana bir xususiyati uni talaffuz qilmasa ham ma’no o‘zgarmaydi. Misol uchun oltoy, tuva, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq tillari o‘zbek tilining qipchoq lahjasida qr, qlich, qrqim, qrg‘in shaklidagi talaffuz qilinishi ko‘proq uchraydi. Bundan ko‘rinadiki, “qi” aslida aslida q harfi(tovushi)ning o‘zi bilan ham ifodalangan bo‘lishi mumkin.
O‘zbek tilining imlo lug‘atida “qi” leksemasi yordamida yasaladigan yuzlab so‘zlar uchraydi. Ammo imlo lug‘atiga kirmay qolgan so‘zlar ham juda ko‘p. Jumladan, Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” asarida keltirilgan ayrim so‘zlar o‘zbek tilining imlo lug‘atida uchramaydi. Misol uchun qijmoq( kesmoq), qirnaq(dudama pichoq), qirchaldi(sindirdi), qirchatdi(yordi)10 kabi so‘zlar ham aynan “qi” leksemasining xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.
O‘zbek tilidagi qirg‘oq so‘zi ham “qi” o‘zagidan yasaladi va unda ham aynan biron narsaning cheti tushuniladi. Oltoy tilida qirg‘oqning qiyu varianti ham bor va bu so‘z oltoy toponimlarida ko‘proq uchraydi. Qiyu boshqa so‘zlar bilan birikib chet, chegara ma’nosidagi so‘zlar yasalishida ham ishtirok etadi. Qiyu-qat(chegara joy), Qiyusuu(chegara daryo) Qiyutuu(chegara tog‘), Qiyuqir(chegara qir) kabi so‘zlar 11 bunga misol bo‘la oladi.
“To‘” va “qi” leksemalarini tushuncha sifatida tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ushbu o‘zaklardan yasaladigan so‘zlarda ko‘p holatlarda qarama-qarshilik (kontrar) munosabatlari ko‘zga tashlanadi. Bu kontrar munosabatlar ba’zan aniq antonim sifatida ko‘rinadi: to‘g‘ri –qiyshiq
Ayrim hollarda esa sifat o‘zgarishlariga qarab “to‘” va “qi”da anglashilgan tushunchalar qo‘llaniladi. Misol uchun: semiz otlar – to‘bichoq yoki to‘riq, oriq otlar – qirchang‘i deb ataladi. Jumladan, ayrim hayvonlarning tashqi ko‘rinishiga qarab ham “to‘” va “qi” leksemasi qo‘llaniladi. Qo‘chqor(qo‘y) shoxi chiqquncha – to‘qli, shoxsiz sigirlar – to‘qol deb ataladi. Qisir sigir tushunchasida esa g‘unajin va oriq sigir tushunchalari birga anglashiladi. Bugungi kunda tuyaning bolasi bo‘taloq deyiladi. Ammo qadimgi turkiy tilda tuyaning bolasini to‘rum deb ham atashgan12 va bu uning hali o‘rkachi paydo bo‘lmagan holatini anglatgan.
Shu o‘rinda qilich va qalqon so‘zlarida ham qontrar munosabatlar mavjudligiga ham e’tibor qaratish o‘rinli bo‘ladi. Ma’lumki qilich turkiy so‘z bo‘lsa-da, qalqon arab tilidan o‘zlashgan. Ungacha esa qalqon to‘sqi yoki to‘sin, deb atalgan. Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida qalqon o‘rnida to‘sqol so‘zini ham qo‘llaydi13. Shuningdek, Alisher Navoiy dubulg‘ani ham to‘bulg‘a14 shaklida qo‘llaganini inobatga olsak tezisda keltirganimiz leksemaning kontrar ma’nosi yanada oydinlashadi. Bu yerda qilich – kesuvchi, to‘bulg‘a va to‘sqol – himoyalovchi xususiyati bilan ajralib turadi.
Turkiy tildagi mehnat va jang qurollarining tavsifida ham “to‘” va “qi” leksemasining kontrar mazmuni aniq ko‘rinadi. Misol uchun “to‘” o‘zagidan yasaluvchi to‘p, to‘qmoq, to‘qsol(qalqon) qurollar to‘mtoq sifatli bo‘lsa, qilich, qilish(olt: nayza), qipchoq(pichoq), qiychi(qaychi), qire(arra), qirg‘i(randa), qirliq, qirma(ketmon), qirg‘ich kabi qurollar kesuvchi qurollar sanaladi.
Shuningdek, “to‘” va “qi” leksemasining kontrar jihatlari ishoraviy harakatlarda ham ko‘zga tashlanadi. Qadimgi turkiy tilda kaft – qift, musht –to‘bun yoki to‘qu yoki to‘qumaq deyilgan. Misol uchun: anda jana bir braman kelip ol altun kuvrukug jangjurtu to‘qujur (o‘shanda yan bir braxman kelib, oltin nog‘orani jaranglatib urdi)15. Shu sabab mushtlashish yoki to‘mtoq qurollar bilan jang qilish “to‘balashish”16, pichoq, qilich, nayza kabi o‘tkir qurollar bilan jang qilish qirg‘in deb atalgan.
qi to‘
To‘qumaq so‘zining ma’nosi o‘zbek tilida unutilib borayotgan yana bir so‘zni tiklash imkonini beradi. Chunki, to‘qumaq deganda musht, kaltak va qo‘log‘och tushuniladi. O‘zbek tilining dialektlarida qo‘log‘och aynan to‘qumaq yoki yog‘och bolg‘a ma’nosida saqlanib qolgan: Qo‘lingni qo‘log‘ochday qilma(analogi:qo‘lingni paxsa qilma).
Har qanday taraqqiyot qarama-qarshiliklarning o‘zaro munosabatida yuzaga keladi. Qarama-qarshiliklar birligi nisbiy, o‘tkinchi o‘laroq narsa va hodisadagi ikki qarama-qarshi kuchning ma’lum nisbiy vaqt ichida birga mavjud bo‘lib turishini anglatadi. Qadimgi turkiy tilda “to‘” va “qi”leksemalarining paydo bolishi ham qaysidir jihatdan tilning taraqqiyotiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mazkur tadqiqot ishidan kelib chiqadigan mulohazalarga tayanib xulosa kilish mumkinki, qadimgi turkiy til kichik leksemalardan tarkib topgan. Keyinchalik bu leksemalarga grammatik qo‘shimchalar qo‘shish tufayli boshqa so‘zlar yasalgan. Asrlar o‘tishi davomida esa bu so‘zlar sayqallanib, rivojlanib borgan. Ammo shu bilan birga o‘zgarishlarga uchrab, asl ma’nosi va turkiy qoliplaridan ham uzoqlashib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |