Udk 800 mahkamova (sodiqova) sayyora saida zunnunova ijodining o’ziga xosligi


I.2. SHOIRA LIRIKASIDA POETIK OBRAZLAR TALQINI



Download 3,82 Mb.
bet9/24
Sana16.06.2022
Hajmi3,82 Mb.
#677721
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
Saida-Zunnunova

I.2. SHOIRA LIRIKASIDA POETIK OBRAZLAR TALQINI

Poetik obraz borliqning san’atkor ko’zi bilan ko’rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir. Albatta, bu aksda borliqning ko’plab tanish izlari bor, biroq endi u biz bilgan borliqning ayni o’zi emas, balki undan shartlilik asosida ajralgan yangi mavjudlik – badiiy borliqdir. Ijodlor poetik obrazlar vositasida fikrlaydi, yuragidagi quvonchni ham, qayg’uni ham ana shu obrazlar yordamida yuzaga chiqaradi.


Ijodkor olamni qalbidagi kechinmalar orqali qayta idrok etadi. Buning natijasi o’laroq badiiy obraz, badiiy asar yaratiladi. Ijod jarayoni murakkab hodisa bo’lib, u muallifning shaxsiyati, qalb dialektikasi, kechinmalari bilan bog’liq bo’ladi. Lirik kechinma tabiatini shoir shaxsiyati, his-tuyg’ularidan ayro holda o’rganib bo’lmaydi. Lirik asarda qahramonning oniy lahzadagi kechinmalari aks etar ekan, shoirning o’sha ijodiy onini kayfiyat tarixi deb aytish mumkin. Biroq, har bir lirik asarning qahramoni ayni vaqtda shoirning o’zidir, deyish ham to’g’ri emas. Shunday ijodkorlar bo’ladiki, ular yaratgan asarlarning qahramoni timsolida shoir qiyofasi, ruhiy holati, qalb kechinmalarini anglash mumkin. Ba’zi shoirlar asarlari uchun falsafiylik xos bo’lsa, ayrimlarida ramziylik, boshqa birlarida hissiyotning jo’shqinligi yoki samimiyatning ustuvorligi seziladi. Bu xususiyatlar shoirning o’z uslubi, mahorati bilan bog’liq bo’lsa-da, shaxs sifatidagi qiyofasidan ham dalolat berishi tabiiy.
Lirik qahramon tuyg’ularining boricha tasvirlanishi, chuqur samimiyat ifodasi shoira Saida Zunnunova she’riyati uchun xosdir. Uning deyarli barcha she’rlari sodda uslubda bitilgan, tili ravon, jimjima, tushunarsiz ifodalardan holidir.
Shoira Saida Zunnunova obraz yaratishda ham tabiiylikka intiladi. Uning she’riyatida qalb kechinmalari tabiatdagi hodisalar, o’zgarishlar bilan aloqadorlikda tasvirlanadi.
Seni o’yladimu nurga burkandi
Yuz turli rang bilan tovlanib olam.
Qorlarni ko’tarib binafsha undi,
Sening xayolingga qalb sho’ng’igan dam9.
Lirik qahramonning ko’tarinki kayfiyati olamning nurga burkanishi, nurda esa yuz turli rang tovlanishi ifodalanmoqda. “Qorlarni ko’targan binafshaning unishi” esa musavvir chizgan go’zal tasvir kabi kitobxon ko’z oldiga keladi. Tadqiqotlardan birida to’g’ri ta’kidlanganidek: “Shoiraning aksar she’rlari shaxsiy kechinmalari, qalb tug’yonlarining sadosi, o’z umrining parchalari, ammo ular shaxsiyatning tor qobig’ida qolib ketmadi. Barcha zamonlarda ham birday sanalgan insoniy tuyg’ularni tarannum etib, kitobxon ma’naviy-estetik dunyosini boyitishga xizmat qilmoqda”10.
Shoiraning ko’p she’rlari tabiatdan ilhomlangan holda bitilgan, degan xulosani beradi. Uning “Qog’oz gul”, “Tomchilar”, “Quyosh chiqdi”, “Bahor she’ri”, “Arg’uvon gullabdi” kabi she’rlarida ushbu xususiyat ko’zga tashlanadi. “Qog’oz gul” she’rida kichik bir sahna, oniy lavha namoyon bo’ladi. Lirik qahramon xonada turib tashqaridagi qor bo’ronini kuzatarkan, uydagi qog’oz gulning sun’iyligidan ta’sirlanadi. Gul chiroyli, nafis bo’lsa-da, uni hech kim hidlamaydi, ari bol yig’maydi, bulbul zorini eshitmaydi, yomg’irlarni ko’rmaydi. Tashqarida esa “Ona yer issig’in kiftida tutib, Nimjon gul novdasi chiqib turibdi”. Lirik qahramon shu ikkita gulni qiyoslarkan, hayot haqidagi o’zining falsafiy fikrlarini ifodalaydi. Issiq xona ichidagi sun’iy gul va qor ostidagi nimjongina gul go’yo ikki xil inson obrazlari kabi tasavvur uyg’otadi. Uning fikricha faqat o’zini deb yashash, o’zini avaylash, “birov havas qilmagan zaif baxtidan” quvonmoq chinakam umr emas.
Bir kichik xonaning bo’lguncha naqshi,
Hayotning qishini, yozini ko’rib,
Qaynoq tomirida yonib, jo’sh urib,
Bir bahor yashagan, yashnagan yaxshi.11
Hayotda kurashib yashashni inson umrining mohiyati deb bilgan shoiraning shaxsiy hayotidagi asl maqsadi ham shunday bo’lgan.
Shoira Saida Zunnunova murakkab davrda sho’rolar zamonida yashadi. Uning barcha o’ylarini, fikrlarini baralla aytishga davr imkon bermadi. To’g’ri, ko’pchilik ijodkorlar singari uning ijodiy merosida ham ayrim zamonasozlik yuzasidan bitilgan misralar, she’rlar bor. Lekin bu shoira lirik merosining butun mundarijasiga xos degan so’z emas.
Ta’kidlash joizki, erkin va hur yashash g’oyasi, inson ozodligi, fikr va so’z erkinligi mavzusi ijodkorlar uchun azal-azaldan asosiy maslak bo’lib kelgan.
Saida Zunnunova yashab ijod etgan davda bor haqiqatni, ko’ngildagi gaplarni ro’y–rost aytishning iloji yo’q edi. Shu bois shoira she’rlarini ayrim o’rinlarida hayot haqiqatlarini nozik qochirmalar, ramzlar vositasida anglatishga urinishlar mavjud. “Qush” ozodlik g’oyasi ilgari surilgan majoziy ma’nodagi she’r. Qafasda dunyoga kelgan qushcha ozod etilsa-da, uchib ketolmaydi.Chunki u osmon havosidan nafas olmagan, tor qafasni dunyo deb biladi.

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish