KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN
TAJRIBA-SINOV ISHLARI
1. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o’tkazish
Pedagogik adabiyotlarda bu yo’nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda asosiy e’tibor tadqiq etilayotgan muammoning amaliy jihatlarining yoritilishiga qaratilishi zarurligi ta’kidlab o’tiladi. Darhaqiqat, har qanday pedagogik jarayon o’z mohiyatiga ko’ra o’qituvchi hamda yaquvchi o’rtasida yuzaga kelib, o’zida didaktik yoki tarbiyaviy xususiyatlarni namoyon etuvchi amaliy faoliyat mazmunini yoritadi. Nazariy-pedagogik g’oyalar aynan ta’lim yoki tarbiya jarayonining mohiyatini amaliy o’rganish, tahlil etish va umumlashtirish asosida shakllanadi. Shu sababli ilmiy izlanishni olib borishda muammo bo’yicha amalga oshiriladigan tajriba-sinov ishlari yagona, yaxlit pedagogik tizimning yadrosi sifatida namoyon bo’ladi.
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosini tadqiq etish bo’yicha tajriba-sinov ishlarini olib borishda yuqorida qayd etilgan fikrlarga tayanib ish ko’rildi. Dastlab tajriba-sinov ishlarini olib borish yuzasidan maxsus dastur va ishchi reja ishlab chiqildi.
Maxsus dasturda bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga yo’naltirilgan tajriba-sinov ishlarini tashkil etishdan ko’zlangan maqsad, bu borada hal etilishi ko’zda tutilgan vazifalar, tajriba-sinov ishlarining tashkil etilish bosqichlari, har bir bosqichning xususiy maqsadlari, ularning nazariy tahlilini o’tkazilish shartlari kabi holatlar o’z ifodasini topdi. Quyida maxsus dasturning mazmuni haqida so’z yuritiladi.
Tajriba-sinov ishlarini olib borishdan ko’zlangan maqsad – bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish imkoniyatini yaratuvchi pedagogik shart-sharoitlar va omillarni aniqlab chiqishdan iborat. Tajriba-sinov ishlarini olib borishdan ko’zlangan maqsadga erishish quyidagi pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish hisobiga ta’minlandi:
Mazkur maqsadni amalga oshirish, bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida
kasbiy kompetentlikni shakllantirish imkonini beruvchi tadqiqot ishlarini tashkil etdik.
Tadqiqot vositasida quyidagi pedagogik vazifalarni ijobiy xal etilishi nazarda tutiladi.:
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini
shakllantirishga doir suhbatlar tashkil etish, test so’rovi yoki anketa so’rovlarini o’tkazish.
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga to’sqinlik qiluvchi omillar aniqlash va ularni bartaraf etish
chora-tadbirlarini belgilash.
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini
shakllantirish jarayonining samaradorligini ta’minlovchi shakl, metod va vositalarni aniqlash.
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid maxsus metodikani tajriba sinovidan o’tkazish.
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga erishish.
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini
shakllantirishga oid maxsus metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlarining natijalarini umumlashtirish, tahlil etish.
Tadqiqotning tajriba-sinov ishlari 2012-2014 o’quv yillari davomida uch bosqichda olib borildi. Tajriba maydoni etib, Nizomiy nomidagi TDPU harbiy ta’lim kafedrasining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo’nalishi talabalari belgilandi. Tajriba maydonlaridan sinov ishlariga jami 47 nafar talaba jalb etildi. Jami sinaluvchi-talabalar amaliyotga tatbiq etilgan metodika samaradorligini xolis baholash maqsadida tajriba hamda nazorat guruhlariga biriktirildilar. Tajriba guruhlaridagi sinaluvchi-talabalarning soni 24, nazorat guruhidagi sinaluvchi-talabalarning soni esa 23 nafarga teng bo’ldi.
Tajriba guruhida dissertant tomonidan tavsiya etilaѐtgan hamda bo’lajak mehnat ta’limi o’qituvchilarining kasbiy kompetentligi darajalarini shakllanishini
ta’minlashga ѐrdam beruvchi metodika asosida amaliy faoliyat yo’lga qo’yilgan bo’lsa, nazorat guruhlarida esa an’anaviy tartibda o’quv-tarbiya ishlari olib borildi.
Shunday qilib, bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan ilmiy izlanishni olib borishda tajriba-sinov ishlarini tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratildi. Sinov ishlari bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid maxsus dastur asosida tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |