9.20.2-rasm.Titanning mexanik xususiyatlariga (a) va (b) larning tasiri. Titanni payvandlashdagi asosiy qiyinchiliklarga quyidagilar kiradi:
a)suyuq holatida ham, qattiq holatida ham uning kislorod, azot va vodorodga nisbatan yuqori faolligi;
b)(β~ faza donalarining o'sishga va o‘ta qizishga moyilligi:
d) sovitishda mo'rt α- fazaning hosil bo'lishi.
Titanning sifatli payvand birikmasini hosil qilish uchun undagi azot, kislorod. vodorod va uglerodning miqdori chcklanadi. shu maqsadda metall choki va chok atrofl zonasi inert gazlar bilan payvandlashda himoyalanadi. Chok va chok atrofi zonasini havodan himoya qilish uchun besh bo'sqichli gorclka lar ishlatiladi. Chok tubi payvandlanayotgan detal qirralarini mis yoki po'lat ostqo’ymaga bosish va g'ovak matcrialdan yasalgan ostqo‘ymaga inert gaz berish yo’li bilan himoyalanadi. Metall choki va chok atrofi zonasining mexanik xossalari va tarkibini eng ratsional payvandlash rejimlari va tcxnologiyasini tanlash. shuningdek, keyin termik ishlash yo'li bilan rostlash mumkin.
Titanni inert gazlarda argon-yoy bilan oliy navli argon muhitida payvandlash to'gri qutbli o'zgarmas tokda bajariladi.
Payvandlashdan oldin chetlar hamda eritib qo'shiladigan metall yuzasi 35% sulfat kislota, 5% plavik kislota va 60% suvdan iborat aralashmada 10 minut tutib tozalanadi. Qalinligi 0.8-3 mm metall uchun yoyning kuchlanishi 14-18 V bo’lganida 40 dan 140 A gacha tok ishlatiladi. Yoyda argondan minutiga 8-12 litr sarflanadi, chokning orqa tomonini muhofazalash uchun minutiga 3-5 litr sarflanadi, payvandlash tczligi 18—25 m/s.
Idish yoki trubalarni payvandlashda inert gaz buyumning ichiga kiritiladi (9.20.3- rasm).
Payvandlashda chokning orqa tomoniga ariqchali tagliklar o'rnatiladi. Ariqchalarga muhofazalovchi gaz oqimi yuboriladi .
Tltandan yasalgan detallami payvandlash uchun inert gaz bilan to’ldirilgangermctik kamcralar ishlatiladi
Qurilish amaliyotida ustunlar, kolonnalar, tayanchlar va shunga o‘xshash boshqa konstruksiyalarni tayyorlash uchun asosiy elementlar tariqasida ba’zan quvurlardan foydalaniladi. Diametri 300 mm gacha bo’lgan quvurlarni tutashtirishda chok hamda butun konstruksivaning mustahkamligini oshiradigan qo'shimcha detallar ishlatiladi (8.1- rasm).
Qoldiriladigan taglik halqada uchma-uch biriktirilgan ehoklar puxta bo’ladi (8.1-a rasm). Bunday biriktirishda tirqish bir xilda bo'lishi hamda chetlar va taglik halqa to’la payvandlanishi uchun qirralarini to’mtoqlash lozim. Yon tomoniga tunuka qis- tirma qo‘yib uchma-uch tutashtiriladigan choklar tavsiya etiladi (8.1-b va d rasm).