Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumani 38-umumiy o’rta ta’lim maktabida
O’zbekiston liberal demokratik partiyasidan
838-saylov uchaskasidan saylangan nomzod
Mansurxonov Dilshodxon Mansurxon o’g’li bilan o’tkazilganligi yuzasidan yig’ilish
BAYONNOMASI №1
Uchoqli mahalla 09-avgust 2022-yil
Yig’ilish raisi: K.T.Rasulova
kotib: A.A.Botayev
Ishtirok etdi: 25 nafar fuqarolar
KUN TARTIBI:
Uchoqli mahallasida mavjud muammo va kamchiliklarni tartiblash va bartaraf etish bo’yicha takliflarni olish:
Uchoqli mahalla ishchi guruhini shakillantirish:
Turli masalalar.
ESHITILDI:
1-masala yuzasidan Mansurxonov Dilshodxon Mansurxon o’g’li so’zga chiqib, Uchoqli mahalla fuqarolarini qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklar bilan o’rtoqlashishlarini va berilayotgan takliflarni barchasini qonun doirasida kerakli muddatda bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlardan foydalnishini aytib o’tdi, va mahalla faollaridan mavjud muammolar bilan o’rtoqlashishlarini so’radi.
T/r
|
Fuqaroning F.I.Sh.
|
Taklif, muammolar
|
|
Zulyarov M.
|
Mahalla idorasining qurilish ishlari 3 oy mobaytnida o’zgarishsiz qolmoqda;
Maktab uchun yangi bino jumladan, oshxona va sport zallarining talab darajasida emas.
|
|
Berdimuratov A.
|
Maktab hudud jihatdan katta ammo ta’mirta’lab ekanligi va mavjud qulaylikar yetarli darajada emasligi uchun boshqa hudud maktablariga ketgan o’quvchilarni qaytarish rejasi kerak
|
|
Artikov N.
|
Mahalla hududi obod mahallaga kiritilishiga qaramay xech qanday o’zgarish kiritilmagan, ko’chalar asfaltlanmagan
|
|
Mamasoliyev B.
|
Ichimlik suvi yaroqsiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlash;
Sog’lomlashtirish yo’lakchalari mavjud emas;
Bolalr maydonchasi mavjud emas;
Optic tolali internet bilan ta’minlanish 25 foizdan oshmagan;
Maktab hududi ichidagi elektrostaniya havsiz talablariga javob bermaydi;
|
|
Turmanova G.
|
Qishloq vrachlik punkti mavjud emas;
Maktabga tibbiy xodim va tibbiyot xonalari yo’q ta’minlanmagan.
|
|
Mahkamov A.
|
Maktab hududidagi sport maydonchasini o’rash va yoritish tizimi qilinmagan;
Workout maydonchasini qurish zaruriyati mavjud;
Suv yo’llari betonlanmagan, maktab hududiga yaqin joylardagi suv yo’laklari havsiz emas
|
|
Axmedov S.
|
Maktab hududidan 150 kilometrlik savdo do’konida spirtli cihimliklar orqali savdo qilinayotgani va qonunchilik talablariga rioya etilmayapti
|
|
Xudoyberdiyeva Sh.
|
Sport inventarlari mavjud emas, O’zbekiston, viloyati va tuman chempionlari bo’lishiga qaramay imkoniyatlar yaratilib berilmagan
|
|
Eraliyev L.
|
TATA SHOES korxonasidagi mavjud muammolar: chiqindini yoqish, suvga oqizish, mahalla fuqarolarini ishga qabul qilmaslik holartlari kuzatilmaqda
|
Deputat Mansurxonov Dilshodxon Mansurxon o’g’li so’zga chiqib yuqorida keltirilgan barcha muammo va takliflar yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar yuborilishi va xulasalarini mahalla aholisiga yetkazishini aytib o’tdi, Uchoqli mahalla raisi S.M. Toshmatov, 38-maktab rahbari A.A.Botayev, 5-MTM mudiri D.X.Turliyevalar rahbarlik tashkiloti haqida ma’lumotnomalar hamda kam ta’minlanganlar haqida ma’lumotnomalarni taqdim etishini so’radi
Do'stlaringiz bilan baham: |