Sinergetik yondashuv tashkil etilishi murakkab bo'lgan dinamik tizimlarning o'zini-o'zi tashkil etish va rivojlantirish qonuniyatlarini aniqlashga imkon beradi (L.A.Bayev, S.L.Kurdyumov, A.I.Prigojiy, U.R.Eshbi va boshqalar). Bunday yondashuv ochiq tizimlarning (jumladan, ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida inson, maktabgacha ta'lim muassasasining) hayotiy faoliyati mohiyatini ochib beradi, o'zini-o'zi tashkil etishi hisobidan tashqi muhit bilan ularning faol hamkorlik qilishida namoyon bo'ladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim sifatini takomillashtirish mexanizmini tushunish uchun maktabgacha ta'lim tizimlari faoliyat ko'rsatishining o'ziga xosligini hisobga olib, aniqlashtirilgan sinergetik yondashuvning yetakchi qoidalari muhim metodologik ahamiyatga egadir:
1. Takomillashtirilayotgan tizimlarning alohidaligi holatini tan olish, unga muvofiq maktabgacha ta'lim muassasasi rivojlanishining o'z tendensiyalariga mos kelmaydigan "imperativ tashqi boshqarish" (T.I.Davidenko, T.I.Shamova) kam samarali hisoblanadi.
Takomillashtirishni maqsadli va qadriyatli tashkil etishning zarurligini (ularning maqsadga muvofiq uyg'unligida) asoslash (maktabgacha ta'lim muassasasining o'z ehtiyojlariga, shuningdek, bu ta'lim jarayoni ishtirokchilarining manfaatlari va ehtiyojlariga javob beradigan).
O'zini-o'zi boshqarib rivojlanadigan manba sifatida barqarorlik va o'zgaruvchanlik o'rtasidagi ziddiyatni ajratib ko'rsatish, u bir tomondan, maktabgacha ta'lim muassasasisida maqbul natija olishni ta'minlaydigan o'z asosiy xususiyatlarini saqlab qolishda, boshqa tomondan esa, tashqi va ichki resurslardan samarali foydalanish vositasida rivojlanishga uning o'zini yo'naltirishda ifodalanadi.
Markazda shaxs turishi yondashuvi (Yu.A.Konarjevskiy, B.C.Lazarev, N.V.Nemova, Z.I.Ravkin, V.A.Slastenin, P.I.Tretyakov, R.X.Shakurov, T.I.Shamova va boshqalar), boshqaruvni inson shaxsida markazlashtirish uning mohiyatini tashkil etadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining o'ziga xosligi kontekstida ко'rib chiqilgan bunday yondashuvning quyidagi qoidalari o'rganilayotgan ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirishning konseptual asoslarini ishlab chiqishda o'ta muhim ahamiyatga egadir:
Pedagogik jarayonning ham pedagog, ham bola rivojlanish subyektlari bo'ladigan ta'lim muhitini yaratishga qaratilganligi. Bu quyidagilar zarurligini taqozo etadi: a) maktabgacha ta'lim bolaning har tomonlama rivojlanishi davri sifatidagi o'z qiymati (ahamiyati); b) pedagogga bolalar bilan pedagogik ishni tashkil etishda mustaqillik berish va uning kasbiy o'sishini ta'minlash, o'zini ifodalash ehtiyojlarini qondirish.
Boshqaruvning sababiy (motivatsion) va muvofiqlashtiruvchilik asoslarining kuchayishi, shu munosabat bilan quyidagi masalalar muhimlik kasb etadi: a) maktabgacha ta'lim muassasasi jamoasini birlashtiruvchi va uni sifatli mehnatga undovchi qadriyatlar, me'yorlar, an'analar tizimi sifatida tashkiliy madaniyatni shakllantirish; b) vazifalararo muvofiqlashtirishga asoslangan sifatni takomillashtirishning tashkiliy mexanizmini loyihalashtirish.
3. Rahbar tomonidan maktabgacha ta'lim muassasasining uzluksiz rivojlanishini, uning realdan potensial ta'lim sifatiga o'tishini rag'batlantiradigan samarali boshqaruv usulini amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |