Joriy yilning 30- may kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot–kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyati bo‘limi va Markazning Samarqand viloyati bo‘limi hamkorligida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Uchinchi Renesans vakillari-millat iftixori” shiori ostida ijodkor yoshlar seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida Markazning Samarqand shahar bo‘linmasining targ‘ibotchi va istedodli yoshlari tomonidan tayyorlangan kuy qo‘shiq hamda raqslar ijro etildi. Tadbir yakunida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyati bo‘limi va Markazning Samarqand viloyati bo‘limi tomonidan tadbirda faol ishtirok etganlar munosib taqdirlandilar.