2. Kasblarning klassifikatsiyasi. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash.
Professiografiyaning asosiy tamoyillaridan biri kasbiy faoliyatni o‘rganishda differensial yondashuv tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyilning mohiyati professiografiyaning aniq amaliy masalalarini yechishga bo‘ysunishidir. Masalan, kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday kasbiy muhim belgilarni ajratish kerakki, ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga ko‘ra farqlanishi lozim. Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari, kasbiy bilim, malaka, ko‘nikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni o‘rganish uchun shunday belgilardan foydalanildiki, ular yordamida kasbiy toliqishning keltirib chiqaradigan omillarini aniqlaydi. Shunday qilib, profesiografiyaning differensial tamoyili kasbning o‘rganish usullarini uning tavsif, mazmuni, shuningdek, qo‘llanilish sohasi ya‘ni professiografiya o‘tkazish xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi. Maqsadlari quyidagi faoliyat sohalari bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin:
1) Ishchilar attestatsiyasi.
2) Yangi kasblar mutaxassisliklarni loyihalashtirish.
3) Kasbiy ta‘lim malaka tayyorgarligi va malaka oshirishni takomillashtirish.
4) Shaxs kasbiy rivojlanishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar.
Professiografiya natijalari professiogrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek, sog‘lig‘iga qarshi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi - psixogramma bo‘lib, u mutaxassisning motivatsion, iroda va emotsional sohasining tavsifi hisoblanadi. Psixogramma - kasbning psixologik portreti bo‘lib, u aniq kasbda dolzarb bo‘lgan psixologik funksiyalar guruhi bilan namoyon bo‘ladi.
Psixografiyalarni kasbga yo‘naltirish uchun ishlab chiqayotganda kasbning umumiy professiografik va ijtimoiy-psixologik ta'siriga katta e‘tibor beriladi. Mehnat sharoitlaridan texnik, texnologik va ijtimoiy psixologik sharoitlari ancha chuqurroq o‘rganiladi. Tadqiqotlarning muhim yo‘nalishi bu shaxsning qobiliyatlari, psixofiziologik xususiyatlarini baholashdir. Professiogrammalarning kasbga yo‘naltirish va kasbiy tanlov maqsadida ishlab chiqishda psixodiognostik tadqiqotlar juda muhim hisoblanadi. Qolgan tadqiqotlar o‘quv - kasb muassasalarida talabalar, o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilinadigan shaxslar ishlashi lozim bo‘lgan sharoitlarni aniqlash uchun ahamiyatga ega. Ammo ular ham muhim hisoblanadi, chunki aniq majburiyatlarni va mehnat sharoitlarini bilmasdan, kasbga yo‘naltirish, kasbiy yo‘nalganligini tashkillashtirish va kasbga nisbatan layoqatini aniqlab bo‘lmaydi.
E.M.Ivanova professiografiyaning 4 ta guruhini taklif etadi: ma‘lumotli, diagnostik, prognostik va metodik. Informasion (ma‘lumotli) professiografiya oktantlar, ya‘ni, kasb tanlash zaruriyati oldida turgan shaxslar bilan kasbiy maslahat ishlari uchun mo‘ljallangan. Ular qatoriga o‘quvchilar, kasb bilim yurtlari bitiruvchilari, ishsizlar va kasblarni almashtirmoqchi bo‘lganlar kirishi mumkin. Informasion professiografiya ishlari maxsus kasbiy adabiyotlarni tahliliy va hujjatlarni o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
Pragnostik professiografiyalash genetik usullarni, shuningdek modellashtiruvchi eksperimentlarni qo‘llaydi. Metodik professiografiyalash psixologga mehnat sub‘ektining holati va muhim kasbiy sifatlarni o‘rganish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Tadqiqot maqsadi va vazifalariga ko‘ra metodik professiografiyalash sxemasi ham o‘zgaradi. Masalan, kasbiy mehnat va hordiq tartibi, kasbiy toliqish, befarqlik, passivlikka bo‘lgan ta‘sirini o‘rganishda shunday sxema qo‘llaniladi. Bo'lajak mutaxassis shaxsida yangi a'zolari orasida, turli yoshdagi kishilar bo'lgan jamoaga kirish, kasbiy faoliyatga ko'nikish, yangi ijtimoiy rolni tushunib olish yana muammolarni keltirib chiqaradi. Moslashuv bosqichiga kasbiy ijtimoiy yetuklik va ijtimoiylashuv shakli kiritiladi. O'zgargan kasbiy vaziyat yangi psixologik xususiyatlar va sifatlarning shakllanishiga olib keladi. Shaxs psixologik tuzilishidagi keskin o'zgarishlar kishining hayotini ham o'zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |