Toshkent. 1996-yil 18-oktabr. Sohibqiron Amir Temur daho- si bizga ajdodlar mhini yod etish, ular xotirasini abadiylashtirish sabog‘ini berdi. Aslini olganda o‘tganlar xotirasini eslash milliy an’analarimizning, urf-odatlarimizning bir bo‘lagi. Hayotimizning har daqiqasida kimlamidir o‘ylaymiz, Allohdan kimlamidir qo‘llab, mhini shod etishni tilaymiz. Ammo Amir Temur bu borada ham noyob insoniy fazilatning betimsol namunasi sifatida shuhrat qozongan ulug‘ zotdir. U nimaiki ish qilgan bo‘lsa, barchasini iymon-e’tiqod, insof va adolat yuzasidan qildi. Ulkan allomalar, avliyo-yu anbiyo- larga ehtirom ko‘rsatib, ulaming aqidalari va ta’limotlarini qo‘llab- quwatladi.
Amir Temuming ota-bobolarimiz xotirasi yo‘lida sarflagan kuch-g‘ayrati, ko‘rsatgan mehr-muhabbatini davom ettirish, uning muruwatiga mumwat bilan javob berish, ajdodlar uzviyligini asrab- avaylash navbati bizga keldi.
1996-yilning 18-oktabr kuni. Muborak juma tongi. Bu kun eng ezgu tilaklar, orzu-umidlar ifoda etiladigan, Yaratganga shukro- nalar aytib, hayot qadri e’zozlanadigan muqaddas kun.
Shu muborak kun mamlakatimiz poytaxti qadimiy Toshkentning qoq markazidan tong-saharda Qur’on tilovati olis-olislarga taraldi.Ulug1 bobokalonimiz, buyuk davlat arbobi va yengilmas sarkarda Amir Temur yodi xotirasiga atab Sharq milliy me’morchiligining noyob va mo‘jizaviy namunasi sifatida bunyod etilgan - Temuriylar tarixi davlat muzeyining tantanali ochilish marosimi ana shundan boshlandi. Ming-minglab kishilar - toshkentliklar, mamlakatimiz- ning barcha viloyatlaridan kelgan mehmonlar, xorijiy elchixonalar va vakolatxonalaming vakillari hozir bo‘lishdi. Ulamoi kiromlarning fotihasi bilan qo‘ylar so‘yilib, qurbonlik qilindi.
Milliy udumlarimizga ko‘ra Qur’oni Karim dan oyatlar o‘qildi, Sohibqiron ruhiga duoi fotihalar qilindi. Bir necha ming kishilik dasturxonga osh tortildi. Mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi.
Quyosh endigina uyg‘onayotgan, tong yorishib shahardagi eng baland binolaming peshtoqlari zarga o‘ralayotgan bir paytda kamay-sumay sadolari butun shahar ahlini bayramga chorlab, muzey ochilishiga bag‘ishlangan tantanali miting boshlanishidan darak berdi. Mitingni Toshkent shahar hokimi Kozim To‘laganov ochdi. Prezident Islom Karimov yig‘ilganlar oldida katta nutq so‘zladi. Mamlakatimiz rahbari muhtasham muzeyning qisqa vaqt- da qurib bitkazilgani va noyob tarixiy eksponatlar bilan jihozlan- gani bobokalonimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom ramzi, madaniy hayotimizdagi ulkan voqea ekanligini aytib, «Mamlakatimiz istiq- lolga erishgach Amir Temur shaxsi yana Vatan va millat timsoliga aylanganini istiqlolimizning har bir tadbirida, mustaqil davlatimiz- ning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamroh-u hamna- fas bo‘lib borayotganini ta’kidladi. 0‘z fikrini davom ettirib no- tiq: «Buyuk shaxslami tarix yaratadi, deydilar. Bunga qo‘shimcha qilib Sohibqiron bobomizning suronli hayotini xayol ko‘zgusidan o‘tkazib, buyuk shaxslami millat qayg‘usi, xalq dardi yaratadi», - dedi.
Darhaqiqat, buyuklik buyuk qalbdan kelib chiqadi. Buyuk qalb esa hamisha millat qayg‘usi, xalq dardi, vatan iztirobi bilan yashaydi. Ana shu ezgu hislardan begona bo‘lgan qalb beqadr va o‘tkinchidir. Bugun biz ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, Istiqlol va Temur, Vatan va Millat, Ozodlik va Sohibqiron tushunchalarini mushtarak holda his qilamiz. Ulami bir-birini to‘ldiradigan, mazmunan boyita- digan tushuncha sifatida qabul qilamiz.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi g'oyat qisqa fursatda bunyod qilindi. Bor-yo‘g‘i olti oy mobaynida me’moriy jihatdan nihoyatda murakkab muhtasham inshoot barpo etildi. Bu awalo, bobokaloni- mizning sha’n-u shavkatiga, dunyoviy obro‘-e’tibori va daholigiga munosib bo‘Isa, ikkinchi tomondan temuriylar bugungi avlodining bunyodkorlik qudratidan, nozik didi, beqiyos iste’dod va xayoloti- ning cheksizligidan dalolat beradi.
Inshootning umumiy maydoni besh ming kvadrat metmi tashkil etadi. Muzey qurilishida butun mamlakat mutaxassislari ishtirok etdilar. Toshkentlik qo‘li gul quruvchilar, chinnisozlik va keramika, «Mikond» korxonalarining mohir hunarmandlari, «Usta» birlashma- si, Yugoslaviyaning «Torevik» firmasi va boshqa o‘nlab mehnat ja- moalari bu ishga munosib hissa qo‘shdilar. Olis-olislardan yarqirab tovlanadigan, ulug‘vorligi va nafisligi bilan kishini hayrat-u haya- jonga soladigan niliy gumbaz esa Toshkent aviasozlik davlat hissa- dorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan tayyorlandi.
Bayram tantanalari muzey sahniga ulanib ketgan Amir Temur xiyobonida davom etdi. Prezidentimiz xiyobondagi Sohibqiron haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat va hukumat rahbarlari, fan, madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalari, ishlab chiqarish ilg‘orlari, nuroniy otaxonlar va onaxonlar, jamoatchilik vakillari ham marosimda ishtirok etishdi.
Ulug‘ ajdodimiz ruhini xotirlash temuriylar davlatining poytaxti Samarqandda alohida shukuh va joziba kasb etdi. Jahon sayqaliga aylangan bu ko‘hna va tabarruk shahar Sohibqiron taqdiri, uning bezovta-yu beorom kunlari, buyuk orzulari, armon-iztiroblariga gu- voh bo‘lgan muqaddas maskandir. Ayni paytda Samarqand millatni millat, davlatni davlat qilgan Amir Temur daholik qudratining ramzi, uning beqiyos ifodasidir.
Sohibqiron yubileyiga tayyorgarlik jarayonida samarqandliklar o‘nlab tarixiy obidalami, osori atiqalami ta’mirladilar, ulami qayta tikladilar, mumtoz bobomiz nomi bilan bog‘liq qadamjolami obod etdilar. Yangi inshootlar qurildi, bog‘lar barpo qilindi. Shahar mar- kazidagi ko‘rkam Amir Temur maydoni Samarqand sayqaliga sayqal qo‘shdi.
Davlatimiz rahbari ana shu maydonda qad ko‘targan Sohibqironning haykalini tantanali ravishda ochdi. Yig‘ilganlar ko‘z o‘ngida hamisha muzaffar va g‘olib Amir Temuming salobat va ulug‘vorlik bilan taxtda o‘tirgan siymosi gavdalandi. Qalblami larzaga keltiradigan hayajonli vaziyatda 0‘zbekiston davlat mad- hiyasi yangradi.
Mustaqilligimizning besh yilligi bayrami arafasida shahar ahli- ning xayrli xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlan- di.
Do'stlaringiz bilan baham: |