Uchinchi kitob


Mustaqillik - Mom Karimov» atamalari yaxlit, bir-birini



Download 57,25 Mb.
bet4/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Mustaqillik - Mom Karimov» atamalari yaxlit, bir-birini to‘ldirib boradigan tushunchaga aylandi.

Shubhasiz, yuqorida tilga olingan masalalami har tomonlama chuqur o‘rganish, ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish va mushohada qilish kishilarda yuksak ma’naviy fazilatlami kamol toptirish, milliy g‘oyani shakllantirish, yoshlarni tarixiy an’analarga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat mhida tarbiyalashga ko‘makiashadi.
Kitobni yozish jarayonida biz 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, 0‘zbe- kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mamlakat Tashqi Ishlar, Tashqi iqtisodiy aloqalar va Iqtisodiyot vazirliklari hamda bir qator tashkilot va muassasalaming joriy arxivlaridan, «0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»dan foydalandik.
Biz mustaqillikning 20 yilligini nishonlayapmiz. 0‘tgan davr o‘ziga xos tarix. Biroq u davom etayapti, o‘zini o‘zi vaqt o‘tgan sari to‘ldirib borayapti. Demak, mustaqillik davri tarixi yana to‘ldirilib, yangi voqealar bilan boyitib boriladi. Bu ilmiy jihatdan ham, hayotiy jihatdan ham real voqelik.
Kitobni tayyorlashda bir qator yirik olim va mutaxassislar o‘z fikr-mulohazalari bilan qatnashdilar. Jumladan, professorlar

O. Husanov, H. Odilqoriyev («Huquqiy davlat izlanishlari»), akademik S. Kamolov (III-bob, hammualliflikda), professor B. Qosimov («Qurolli Kuchlar - Xavfsizlik tayanchi»), S. Jo‘rayev («0‘zbekiston - Rossiya hamkorligi» hamda «0‘zbekistonning SHHT doirasidagi faoliyati»), shuningdek, U. Mingboyev, iqtisod fanlari doktorlari V. Golishev, G. Saidova materiallaridan ham foydalanildi. Biz mualliflar amaliy va ma’naviy ko‘mak bergan barcha mutaxassislarga samimiy minnatdorchilik izhor etamiz.Birin ch i bob
MUSTAQIL 0‘ZBEKIST0N DAVLATINING IASHK1L TOPISHI

  1. §. Mustaqillik - o'zbek xalqining azaliy orzu-intilishi

Mustaqillik tushunchasi o‘zida azaldan insoniyatning orzu- umidlarini, armon va iztiroblarini mujassam etgan. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga inti- lib yashaydi. U hamisha har jihatdan o‘zini erkin his qilishga, ozod yashashga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha min- taqalarida ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, mohiyatan o‘xshash bo‘lgan hurriyatga intilish hodisalarini ko‘p ko‘rgan.
XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko‘rilmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzum, zo‘ravonlik va tazyiqqa asoslangan kommunistik mafkura tanazzulga uchradi. Jahonga, Yer yuziga hokimi mutlaqlikni da’vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham «jar»ga qula- di. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar tom ma’nodagi mustaqil davlat maqomini oldilar.
Mustaqillikka erishish g‘oyasi xalqimizga azaldan meros. Bu orzu avloddan avlodga o‘tib, ming yilliklar qa’ridan bizgacha yetib kelmoqda.
Prezident I. Karimov «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati» nomli risolasida «0‘zbek millati azaldan o‘z fikr-zikri, o‘z istiq- loli uchun kurashib yashagan. Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoyi, o‘z yo‘Iidan, mas- lagidan, so‘zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bo‘Igan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz», - deganda xalqimiz tari­xiy qismatidan saboq olishni, otalar tajribasini o‘rganishni nazarda tutadi. Zotan, xalqimizning uzoq tarixi ozodlik, istiqlol uchun tinim- siz kurash davridir.
Turkiston o‘zining keyingi bir yarim ming yillik tarixida bor- yo‘g‘i 376 yil hur mamlakat rutbasida bo‘lgan (B.Ahmedov). Bosh- qa paytlar esa bosqinchilar zulmi ostida kun kechirgan. Shundan

ham ko‘rinib turibdiki, Turkiston tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida turii shaklda bo‘linishlarga, uning xalqi o‘zgalar to- monidan tahqirlanishga, kamsitilishlarga duchor bo‘lgan. Xalqimiz- ning grek, makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mo‘g‘ul bosqinchiligiga va nihoyat Chorizm mustamlakachiligiga qar- shi olib borgan milliy-ozodlik harakatlari tarix sahifalarida abadiy qolgan. Ayni chog‘da yaqin tariximizda, sovet hokimiyati yillarida 6‘zbekistonning markazga tobeligiga qarshi, aniqrog‘i, shu davrda 0‘zbekistonning milliy Mustaqillikka erishishi uchun tarixiy vazi- yatga qarab goh oshkora, goh yashirin tarzda olib borgan kurashlari- ni qator manbalar orqali tobora chuqurroq bilib boryapmiz. Bir so‘z bilan aytganda xalqimiz azal-azaldan o‘z fikri-zikri bilan Mustaqil, Ozod, Erkin yashash uchun tinimsiz intilgan.
Xo‘sh, Mustaqillikning o‘zi nima? U nimalarga asoslanadi va uning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?
Eng awalo shuni aytish kerakki, Mustaqillik tenglik sari qo‘yilgan birinchi qadam. Chunki, tenglik bo‘lmagan joyda kim- dir kimgadir tobe bo‘ladi. Mutelik bor joyda hukmronlik, o‘zgalar hisobiga yashash kabi illatlar paydo bo‘ladi. Natijada biz so‘nggi bir yarim asr mobaynida boshimizdan o‘tkazgan mustamlakachilik dunyoga keladi. «Tenglik» so‘zining qudrati shundaki, u odamlar- ning o‘zaro munosabatlaridan tortib, davlatlararo munosabatlargacha hamma narsani me’yor-mezonga soladi, turli kamsitishlar yoki man- tiqsiz ta’zim-tavozega chek qo‘yadi.
Istiqlol - o‘zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini e’zozlash orqali inson qadr-u qimmatini asrashdir. Demak, mustaqil har bir shaxs, har bir inson mohiyatidan kelib chiqadigan butun jamiyat va insoniyatni baholaydigan umuminsoniy qadriyat!
Mustaqillik -jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o‘z taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan istiqbol haqida o‘ylashdir.
Istiqlol - erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.
Mustaqil yashashga, Mustaqil fikrlashga, o‘z taqdirini o‘zi bel- gilashga, o‘z hayotini o‘zi izga solishga qodir odam ziddiyatlami osonlik bilan yengadi, dunyoning shiddatli muammolar buhronida dovdirab qolmaydi. Har bir inson ruhiyati, fe’l-atvori jihatidan qara- ganda ana shu oddiy hayotiy haqiqatni keng ma’noda davlat musta- qilligiga ham qiyoslash mumkin.
Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shaklini, u ta- qozo etadigan tazyiqlar, kamsitishlar va zo‘ravonliklami inkor eta- di. Ayni paytda mustaqillik jahon taraqqiyotining ilg‘or tajribalari www.ziyouz.com ^utubxonasi
asosida o‘z ravnaqining o‘ziga xos tamoyillarini ishlab chiqish bi­lan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o‘zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bo‘lgan, umuminsoniy manfaatlarga mos keladigan andozasi asosida yashash demakdir. Agar u hamkorlik, o‘zaro hamjihatlik, mamlakatlararo, davlatlararo va mintaqalararo siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlami qaror toptirmasa o‘z qobig‘ida qolib ketishi, milliy mahdudlik doirasidan chiqolmasligi mumkin. Shuning uchun ham istiqlolning g‘oyatda zalvorli tajribasidan o‘tgan tamoyillari hamma vaqt dolzarb bo‘lib qolaveradi. Chunki u doimiy ravishda rivojlanib, o‘z-o‘zini boyitib, takomillashib, fuqarolar ongi va tafakkurini o‘tirib borayotgan tari­xiy voqelikdir.
Mustaqillik - tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qa­ror toptirish mezoni. Ayni paytda u harakatlaming, intilishlar va qobiliyatlaming kuchayishini, doimiy kamolotni taqozo etadigan ma’naviy-ruhiy, ma’rifiy-axloqiy hodisa. Bu, ayniqsa, sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan, mustamlakachilik azobini ko‘rgan mus­taqil mamlakatlar, xususan 0‘zbekiston hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Nima uchun?
Totalitar tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib alohida-alohida shaxslaming kundalik turmushiga va istiqbo- liga daxldor bo‘lgan har qanday katta-kichik masalalami hal etishni o‘z zimmasiga olgani uchun mehnatkash xalq moddiy va fikriy bo- qimandalik kayfiyatiga duchor bo‘lgan edi. U faqat ishlash huquqiga ega edi, xolos. Mehnat deb atalgan hissiz mashinaning murvatiga aylanib qolgan edi. Ertadan kechgacha mehnat qilasan, mehnating- ga yarasha ochdan o‘lmaslikka yetadigan haqqingni olasan, tamom- vassalom. Bu - sobiq ittifoqda qonun kuchiga ega bo‘lgan davlat siyosati edi. Odamzod shunchaki ishlar, shunchaki umr kechirardi, xolos. Tiriklik degan buyuk ne’mataing, hayot degan oliy tushun- chaning mag‘zini chaqishga o‘zida rag‘bat ham, ehtiyoj ham sezmas edi. Binobarin, aql bilan ish tutish, voqelikni idrok qilish, bunyod etish, yaratish, ijodkorlik tuyg‘ulari butunlay so‘ndirilgan edi. Shu­ning uchun ham mamlakat taraqqiyoti sustlashib, odamlar turmush darajasi pasayib borardi.
Umuman olganda, har qanday faollik tamoyillari harakatlar er- kinligiga zamin yaratishi, unga suyanishi kerak. Aks holda boqi- mandalik illatlari surunkali kasallikka aylanadi. Demak, har qanday xatti-harakat, har qanday intilish o‘z-o‘zidan bunyodkorlik, yara- tuvchilik ruhi bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi darkor. Ana shunda erkinlik samarasiz, faoliyatsiz hodisaga aylanmaydi.
Sobiq ittifoqda hukm surgan qayta qurish siyosati uning tarkibi- ga kirgan ittifoqdosh respublikalaming mustaqillikka chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshirilgan, puxta o‘ylangan voqelik edi. Davlat to‘ntarishiga urinish, zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazish si- yosatini chuqurlashtirishga intilish GKCHP bu jarayonning yaku- ni bo‘ldi. Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamla­kat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining borishini to‘g‘ri kuzatib, to‘g‘ri baholay bilgan 0‘zbekiston ittifoqdoshlari orasida birinchilardan bo‘lib o‘z tarixiy va buyuk niyatini e’lon qildi. 1991-yil 31-avgust kuni qabul qilingan 0‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqil- ligi to‘g‘risidagi Bayonot 0‘zbekiston hukumatining siyosiy yo‘lini to‘la qonunlashtirib berdi. Bu tarixiy hujjatda quyidagi xulosalar il- gari surilgan edi:

  • «0‘tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlami e’tiborga olib;

  • xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib;

  • 0‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab;

  • shaxs huquq va erkinliklarining, Mustaqil davlatlar o‘rta- sidagi chegaralaming buzilmasligi to‘g‘risidagi Xelsinki shartnoma- lariga qat’iy sadoqatini bayon etib;

  • millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’i na­zar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib;

  • Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, 0‘zbe- kiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi 0‘zbekiston- ning davlat Mustaqilligini va ozod suveren davlat - 0‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi.

0‘zbekiston Respublikasining o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, hududi bo‘linmas va daxlsizdir. 0‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlarga hududiy da’volari bo‘lmay, u o‘z hududi va tabiiy boyliklariga nisbatan oliy huquqqa egadir».
0‘zbekiston parlamentining bu bayonoti o‘zining qonun kuchi bilangina emas, siyosiy mantig‘i, ma’naviy qudrati, xalqaro huquq normalariga mos kelishi va, eng muhimi, millat taqdirini hal etadi- gan tarixiy qadriyat ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Bu hujjat SSSRning 73 yillik hayoti naqadar ayanchli va fojiali kechganligini ko‘rsatadi.
Darhaqiqat, bu mamlakatda inson huquqlari har tomonlama poy- mol etilganligini, endi bu tuzumda ortiq yashab bo‘lmasligini hayot- ning o‘zi tasdiqlab turardi. Biroq, mamlakat aholisining aksariyat qismi va ayrim milliy respublikalar rahbariyati ongiga singib qolgan tobelik va mutelik tuyg‘ulari keskin harakat qilishga, o‘z xalqi man- faatini mardona turib himoyalashga yo‘l qo‘ymas edi. Ammo, o‘sha paytda 0‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat - 0‘sh, Farg‘ona, Qo‘qon, Guliston, Parkent va Bo‘kada yuz bergan mash’um voqea- lar - millatlararo nizolarning yuz bergani, xalq hayotining tahlikali tus olgani ortiqcha kutib turishni taqozo etmas edi. Jarayonlarga o‘z vaqtida yetarli baho berib, zarur xulosaga kelish kerak edi. Shuning uchun ham Farg‘ona voqealari birmuncha izga tushgach, mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, turmush sharoiti va farovonligini oshirish borasida amaliy choralar ko‘rildi. Jumla- dan:

  • aholini qo‘shimcha tomorqalar bilan ta’minlash, yakka tartibda uy-joy qurishga keng imkon berish, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklami rivojlantirish, chorvachilik va parrandachilikni taraqqiy toptirish;

  • pensiyalar, talabalar stipendiyalari va o‘qituvchilaming ma- oshlarini oshirish, og‘ir ijtimoiy ahvol natijasida kamqonlik kasaliga uchragan homilador ayollarga imtiyozli ovqatlanish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul oziq-ovqat ajratish va shunga o‘xshagan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolaming markaz bilan hisoblash- may hal etilishi mamlakat aholisiga qanchalik ma’qul kelsa, ittifoq rahbariyatida shunchalik norozilik tug‘dirar edi.

  • 0‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalami rivojlantirishi qa­tor xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi u o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab olganini ko‘rsatar edi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 0‘zbekistonda bu masalalar- ning hammasi mustaqil ravishda hal etila boshlandi, mavjud mu- ammolami yechishda ittifoq idoralaridan sezilarli ravishda oldinda borildi. Tabiiyki «markaz»dagilaming birortasi ham 0‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlami olqishlab qabul qilmadi. Moskvada- gi karomatgo‘ylar aksincha, go‘yo bu 0‘zbekiston Prezidentining o‘zboshimchaligi, bularning hammasi ittifoq ko‘rsatmalariga muvo- fiq kelmaydi yoki sovet davlati siyosiy qarashlariga zid, deb baho bera boshlashdi.
Shunday bo‘lsa-da, 0‘zbekiston rahbariyati SSSRda mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini boshqalardan ko‘ra tezroq ang- ladi, hozirjavoblik bilan baholadi va xulosaga keldi: 1991-yilning 31-avgustida «0‘zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi qonummi qabul qildi. Ana shu qonun doira- sida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin 0‘zbekiston SSRni 0‘zbekiston Respublikasi deb atash, 1-sentabmi Mustaqillik kuni deb e’lon qilish, 0‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlaming oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamja- miyatiga murojaat qilib, ulami respublikaning davlat mustaqilligi e’lon qilingan hujjatini tan olishga da’vat etish to‘g‘risida qaror qa­bul qildi. Bu bevosita 0‘zbekiston Mustaqilligining dastlabki huqu- qiy poydevori edi.
Darhaqiqat, biz ijtimoiy-siyosiy jarayonlar odamlar hayotini keskin tarzda bir o‘zandan ikkinchi o‘zanga burib yuborgan, hayoti- miz butunlay boshqacha tus olgan va turmushimiz o‘zgacha mazmun kasb etgan murakkab ruhiy-ma’naviy holatni boshdan kechirdik. Na- tijada, yillar mobaynida qotib qolgan tushunchalarimiz o‘zgarmoqda va mudrab qolgan ongimiz uyg‘onmoqda.
«Mustaqillik», «hurriyat» degan so‘zlar butun jozibasi bilan bir­ga beqiyos qudratini, buyuk o‘zgartiruvchilik mo‘jizasini ko‘rsata boshladi. U dunyoqarashlarimizni tubdan o‘zgartirib, fikrimiz, ta- fakkurimizni boyitmoqda. Voqealar rivojini butun mohiyati bilan anglashni, dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar bilan qarashni, bu ko‘hna olamda sho‘ro tuzumidan boshqa adolatli tuzumlar ham borligini, boshqacha yashash ham mumkin ekanligini, kommunistik mafkuradan bo‘lak hayot lazzatini, inson qadr-u qimmatini himoya qiladigan g‘oyalar ham mavjudligini ko‘rsatib berdi. Zotan, musta- qillikning buyuk mohiyati, beqiyos qadriyati ana shunda. Mustamla- kachilikning kishilik tarixida anduh va kulfatlar yog‘dirgan beqiyos fojiasi - uning insonni mustaqil fikrlashdek ulkan iqtidoridan mah- rum etganida! Mustaqillik ana shu insoniy fojianing achchiq maz- munini ochib berdi.
Istiqlol bizga o‘zligimizni anglatdi. 0‘zini anglash - olamni anglash, olamni tushunish - odamni tushunish, demakki, hayotning mazmunini idrok etishdir. Inson o‘zining butun mohiyatini, inson- ligini qanchalik chuqur tushunsa, yashash mazmun-mohiyatini ham shunchalik chuqur anglaydi.
0‘zligini anglagan kishi olamning butun rang-barangligi bilan birga hayot mazmunini, o‘zining shunchaki tiriklik va mavjudlik belgisi emas, aksincha, tabiatning betakror mo‘jizasi ekanligini, shu asnoda inson qadr-u qimmatini tobora teranroq anglay boshlaydi. Ma’rifatga muhtojligiga, xurofot va jaholat hayot kushandasi, man- qurtlik - o'zligini va olamni unutish ekanligiga tobora ko‘proq isho- na boshladi. Demak, anglash tuyg‘usi bevosita ichki bir quwat bilan ma’naviy yetuklikka, komillikka da’vat etadi.
Mustaqillikning asosiy qadriyatlaridan biri uning ijtimoiy, ma’naviy mohiyati bevosita omma fikrini uyg‘otishdan, xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi xususida qayg‘urish hissini kuchayti- rishdan iborat. Aks holda tub islohotlaming umri qisqa, taqdiri esa fojia bilan tugashi mumkin.
Biz tarixning ayni burilish davrida yashamoqdamiz. Ana shu burilish nuqtasining o‘ziyoq tafakkurimizni, tor dunyoqarashla- rimizni, har tomonlama chegaralab qo‘yilgan tushunchalarimizni o‘zgartirishni taqozo etmoqda. Uzoq yillar mobaynida bir qolipdagi hayotdan so‘ng beixtiyor olis o‘tmishni eslashga, uni o‘rganishga, o'zligimizni anglashga kuchli ehtiyoj tug‘ildi. Ichki bir tabiiy kuch million-million kishilar qalbida mudrab yotgan tuyg‘ulami harakatga keltirib yubordi. Natijada odamlaming hayotga munosabati o‘zgarib, o‘z taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan zamin istiqbolini o‘ylashga zarurat sezmoqda.
Butun borlig‘idan, ma’naviy bisotidan judo qilingan xalq er- kinlik tufayli katta tashnalik bilan o‘z tarixini bilishga intila bosh­ladi. Bu borada ming yillar davomida vujudga kelgan, xalqimizning daholik qudratini, quwayi hofizasini, shavq-u shuurini, qolaversa, ma’naviy-ruhiy holatini belgilab beradigan xalq og‘zaki ijodiga sho‘ro hukumati davrida ongli ravishda yuz bergan munosabatnigina eslatishjoizdir.
Sir emas. Sovet davrida asrlar mobaynida tildan tilga ko‘chib, avlodlar davomiyligi va vorisiyligini saqlashda oltin halqa bo‘lgan afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, topishmoqlar va latifalar zo‘ravonlik bilan yo‘q qilindi. «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Hasanxon», «Nur- ali», «Sherali» singari dostonlar, milliy qo‘shiq va laparlar g‘oyaviy nuqtayi nazardan zararli deb topildi. Umuman, barcha milliy- madaniy yodgorliklar singari o‘zbek xalq og‘zaki ijodining yuksak namunalariga ham kommunistik mafkura nuqtayi nazaridan qaraldi va ana shu oichov bilan baho berildi, degan edi kuyinib professor M. Murodov.
Birgina misol «Alpomish» dostonida go‘yoki xonlar va beklar sha’niga hamd-u sanolar o‘qilarmish, bosqinchilik va zo‘ravonlik tashviq qilinar emish, diniy ohanglar, ilohiy kuchga ishonish, ilohi- yatning mavjudligi kabi g‘oyalar targ‘ib qilinar emish... Aslini ol- ganda ham shunday edi. Biroq ular Diniy va Dunyoviy tafakkuming noyob sintezi sifatida umuminsoniy qadriyatga aylangan edi.
Darhaqiqat, o‘zbek xalq dostonlarida diniy ohanglar, Alloh- ning mavjudligi va uning irodasi xususidagi talqinlar azaldan bo‘lgan. Biroq Kommunistik partiyaning dahriylik mafkurasi dos- tonning ana shu jihatlariga yopishib olib, uni xudosizlik tashviqoti quroliga aylantirmoqchi bo‘ldi, Mazkur mafkuraning qabih g‘oyasi tufayli inson qalbidagi ishonch, e’tiqod tuyg‘usi mahv etildi. Ta- biiyki, xudodan qaytgan odam har qanday razolat va qabohatdan qaytmaydi. Xudobexabarlik iymonsizlik va diyonatsizlikni keltirib chiqaradi. Natijada na Vatanga, na millatga, na o‘tmish, na istiq- bolga e’tiqod qoladi. E’tiqodsizlik - xurofotga, xurofot jaholat- ga, jaholat esa halokatga olib keladi. Jaholat, nodonlik hukmron bo‘lgan joyda tanazzul chuqurlashadi. Manqurtlik shaklidagi yov- voyi va ibtidoiy hayot vujudga keladi. Sovet tuzumining «ulug‘ mafkurachi»lariga ayni shu narsa kerak edi. Shuning uchun ham ezgulik himoyachisi sifatida xalqimizning ma’naviy qahramoni- ga aylangan Alpomish obrazi atay buzib tanqid etildi. Aniqrog‘i, unga tuhmat qilindi.
0‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotining odamlami insof va diyonatga, iymon va e’tiqodga, mehnatsevarlik va yurtparvarlikka, odob-axloq va madaniyatga chorlovchi asosiy g‘oyalaridan foydalanish o‘miga ular o‘tmishni ideallashtiradi, pirlar, aziz avliyolar, podshohlar, mu- qaddas qadamjolar, maqbaralar-u madrasalami ulug‘laydi. Shu ta- riqa odamlar ongini eskilik sarqitlari bilan zaharlab, ular e’tiborini sovet tuzumidan chetga tortadi, deb qoralandi. Xalq ijodiyotining ko‘plab asarlari, masalan, mashhur xalq kuychisi 0‘tar shoir Safarov aytgan «Oyparcha» dostoni qayta ishlanib, xohlagancha qisqartiri- lib, «zamonaviy»lashtirilganidan, undagi asl g‘oyalar tushirilib qol- dirilganidan keyingina nashr etildi. 0‘tar shoir Safarov o‘g‘li Qora- baxshiga kitobni o‘qitib o‘ksigan, bu men aytgan doston emas, deb yig‘lagan ekan.

30-yillardagi qatag‘onda o‘zbek xalqining eng iste’dodli na- moyandalari yo‘q qilindi. Ularga turli ayblar qo'yilib, har xil ba- honalar bilan qatl etildi. Biroq, sho‘ro tuzumini maqtab, «xalqlar otasi»ni kuylagan ayrim shoirlarga ham kun berilmadi. Sababi, ular- ning beqiyos iste’dod ekanligi. Bir kun kelib baribir o‘z xalqiga yon bosishini oldindan payqagan qizil imperiyachilar ulami ham otib tashladi. Xususan, dehqonobodlik Farmon baxshi quloq qilinishini sezib qolgach, goh Surxondaryo, goh Tojikiston, goh Qashqadaryo- da qishloqma-qishloq, ovulma-ovul darbadar bo‘lib yashashga maj- bur bo‘ldi. Ham o‘zbek, ham tojik tilida dostonlar kuylagan Farmon baxshining bebaho merosi yozib olinmadi. Bedodlik shu darajagayetdiki, unga o‘z qishlog‘iga kelib o‘lishga ham ruxsat berishmadi, xoki o‘zga joylarda qolib ketdi.
Bunday hodisalar qariyb 130 yillik mustamlakachilik yillari- da turli sohalarda, turli shakllarda yuz bergan. Qatag‘onlar, mahv etishlar, otib tashlashlar xalq ruhiyatini sindirdi. Odamlar bu mislsiz qirg‘inlar natijasida bir umr tahlika va qo‘rquv bilan yashadi. Ana shu hadiksirash millat hayotini zaharladi. Turmush lazzatini, yashash zavqini zaqqumga aylantirdi.
Jadidchilik harakatining faollari, ma’rifatparvarlar, xalqimizning chin farzandlari ona yurt istiqloli, millat istiqboli yo‘lida tinimsiz kurashdilar. Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning fig‘on va dard to‘la quyidagi satrlariga befarq qarab bo‘lmaydi: «Xonumoni xarob, boyqushlarga hamdam, farzandlari haykaldek jonsiz, vayrona Turkiston! Yo‘q, yo‘q sahni jonlik janoza birla to‘lgan buyuk mozor! Unga o‘lik kimsalar - madfun zindalar qo‘yilgan. Bu tirik o‘liklar edi. Turkistonning bu kungi noqobil avlodlaridir. Uning ahvoliga Yer ham, Osmon ham yig‘laydi. U ham faqir, ham haqir. Uning ahvoli chindan-da og‘ir. Bir tarafdan behad yomon dardga giriftorlik, ik- kinchi tomondan xorlik.
Marizing bir tarafdan, bir tarafdan xorsan - millat,
Badandan doimo qon oldurar bemorsan - millat!
Uning na tili, na qulog‘i bor. U - surat, devor! Mudhish hoi!»
Bu satrlar bezovta yurak qoni bilan, millat dardiga darmon bo‘lish ilinjida to‘kilgan achchiq ko‘z yoshlari bilan yozilgan. Mus­tamlakachilik dardi, tobelik va mutelik, xorlik va zorlik suyak- suyagidan o‘tib ketgan kishigina milliy ozodlik, hurriyat va erkinlik xususida ana shunday kuyib aytadi, kuyib so‘zlaydi, yonib kuylaydi.
Ulug‘ bobokalonimiz Abdulla Avloniy «Ma’rifat - shijoatdir» degan edi. Darhaqiqat, ma’rifatli kishigina shijoatli bo‘ladi. U o‘zini himoya qilishga, o‘z qadr-u qimmatini o‘miga qo‘yishga qodir bo‘ladi. Afsuski chorizm va undan keyingi qizil imperiya davri biz- ni ayni ana shu qalb shijoatidan, yurak da’vatidan, dil charog‘idan mahrum etdi, ma’rifatsizlikka mahkum qildi. Ulkan olim, taniqli adib va yirik jamoat arbobi Abdurauf Fitrat hurriyat damlarini orzi- qib kutdi. Uning umri faryod va alam bilan o‘tdi:
«Ey, ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo‘ldi? Holing qa- laydir? Nechuk kunlarga qolding?
Ey, Temur laming, 0‘g‘uzlar oilalarining shonli beshiklari! Qani uchiqdiqing yuksak o‘rinlar? Qullik chuqurlarig‘a nedan tushding?!
Dunyoni «urho»lari bilan titratgan yn‘11yir» ynmlrli hnlalarinr qani? Nechun tovushlari chiqmaydi?
Nizomiy nomli T D P U



Yer tuprog‘ini ko‘klarga uchiraturg‘on tog1 gavdali o‘g‘lonlaring qani?
Yer yuzining bir necha polvonlari bo‘igan botir turklaring qani? Nechun chekindilar? Nechun ketdilar? Kurash maydonlarin o‘zgalarga nechun qo‘ydilar? Nechun... nechun...nechun?
Gapir menga, ey, ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo'ldi?
Yer yuzining buyuk saitanatlarini sen qurmadingmi? Hindiston- ning, Eronning, Ovruponing ulug‘ xoqonlarini sen yubormadingmi? Ey, xoqonlar o‘chog‘i? Ey, qahramonlar to‘g‘oyi! Qani u chaqmoq chopishli botir xoqonlaring? Qani awal - o‘q yurishli otli beklaring? Nechuk «urho»lari eshitilmaydur?
Dunyo xalqini bo‘ysundirgan saltanatlaring nechun buzuldi?
Insonlik olamini qanotlari ostiga olgan xoqonliging nechun kuchi o‘ldi. Kuchingmi ketdi? Kimsasizmi qoldi?
Yo‘q... yo‘q... Tangri haqqi uchun, yo‘q? Sen kuchsiz emassan, sen kimsasiz emassan! Bugun Yer yuzida sakson million bolang bor. Bulaming tomirlaridagi qon Chingizlaming, Temurlaming qonidir.
Bulaming kuchlari sening kuchingdir!
Ey, ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Qayg‘urma! Eski davlating, eski saltanating, eski yigitlaring, eski arslonlaring hammasi bor, hech biri yo ‘ qolmamishdur»,
Va nihoyat, mustaqillik ana shunday iztiroblar, qon yutishlar is- kanjasida qolgan xalqimiz qalbiga nur, umidlariga qanot, dardlariga malham bo‘lib keldi. Mustaqillikning ma’naviy-ijtimoiy mazmuni, uning beqiyos mohiyati ana shunda. Mazkur xulosalardan kelib chi- qib Prezident Islom Karimov «Mustaqil o‘zbek davlati - xalqimiz- ning tarixiy yutug‘idir. Xalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O‘zbekiston chinakam Mustaqillikni qo‘lga kiritib, gullab- yashnashi va farovonlikka erishishi, taraqqiy etgan demokratik davlatlar qator! xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rinni egal- lashi - biz ko‘zlayotgan oliy maqsaddir», deganida butun xalqi- mizning orzu-umidini, maqsad va intilishlarini ifoda etgan edi.
Mustaqillikning mohiyati, uning tarixiy ahamiyati milliy uyg‘onish va milliy tiklanish jarayoni bilan bog‘liq. Xalqimiz mil­lat sifatidagi beqiyos qadriyatlarini, asrlar mobaynida shakllan- gan ma’naviy-ruhiy boyliklami qanchalik chuqur anglasa, milliy uyg‘onish hissi shunchalik kuchayadi. Qalbidan millat, vatan, aj- dodlar oldidagi burch tuyg‘ulari qanchalik chuqur joy olgan bo‘Isa, o‘zligini anglashga, o‘z milliy qadriyatlarini tiklashga shunchalik ko‘proq ehtiyoj sezadi. Bunday odamda kurashchanlik, tashabbus- www.ziyouz.com ^utubxonasi korlik, o‘z-o‘zini, demakki, millatini va vatanini himoya qilish qud- rati beqiyos bo‘ladi. Shuning uchun ham biz mustaqillik uchun ku- rashning butun mazmun-mohiyatini shaxs ma’naviy barkamolligi, uning har tomonlama yetukligi bilan bog‘liq holda tushunmog‘imiz kerak. Ana shunda mustaqillikning taraqqiyot yo‘llari, ijtimoiy- iqtisodiy, ma’naviy-madaniy, g‘oyaviy-axloqiy asoslari mustahkam bo‘ladi.
Milliy tiklanish, uyg‘onish hodisasi juda keng, murakkab ta­rixiy jarayondir. U xalqimiz hayotining hamma sohalarini qamrab oladi. Iqtisodiyot, siyosiy faoliyat, ma’naviyat, ilm-fan, til, tarix, urf-odatlar, hunarmandchilik, me’morchilik barcha-barchasini inson kamoloti bilan bevosita daxldor barcha masalalami ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Milliy tiklanishga birdaniga erishib bo‘lmaydi. Milliy tiklanish uzoq davom etadigan, ko‘p yillami qamrab oladigan murakkab jara- yon.
Biz ana shunday mashaqqatli va sharafli jarayonni boshdan ke- chirmoqdamiz. Butun 0‘zbekiston ~ ulkan xonadonimiz ana shun­day yangilanish va poklanish yo‘lidan bormoqda. Bizning ruhiya- timiz, tuyg‘ularimiz, eng nozik hissiyotlarimiz tiniqlashmoqda, ravshanlashmoqda, turli chang-u g‘uborlardan tozalanmoqda.
Istiqlol mohiyati, uning millat va mamlakat taqdirida tutgan о‘mi, ulug‘ ajdodlarimiz, boy va noyob tariximiz hamda istiqbol- dagi vazifalarimiz xususida gapirar ekan, Prezident Islom Karimov buni muxtasar qilib shunday tushuntiradi: «Biz uchun Mustaqii- lik - eng awalo o‘z taqdirimizni qo‘limizga olish, o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarimizni tiki ash, hamma- miz uchun mo‘tabar shu vatanda, har bir xonadonda tinchlik- osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir. Aziz vatanimizda ado- lat, insof, din-u diyonat, mehr-u oqibatni qaror toptirishdir.
Biz uchun Mustaqillik - Allohning o‘zi el-yurtimizga in’om etgan tabiiy boyliklarga egalik qilish, xalqimiz qudrati, salohiya- ti, aql-u zakovatiga tayanib, O‘zbekistonda yashayotgan har bir inson, har bir oila uchun munosib hayot qurish, kelajak avlodlar uchun ozod va obod Vatan qoldirishdir.
Biz uchun istiqlol - millatimiz, mamlakatimizning jahon- da obro‘-e’tibori, shon-shavkatini ko‘taradigan sog‘Iom avlod- ni, har jihatdan barkamol va fidoyi o‘g‘iI-qizlarni tarbiyalash, ularni voyaga yetkazish va baxtini ko‘rishdir. Har bir fuqaro uchun - millati, irqi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar - erkinlik, tenglik, birodarlik, munosib sharoit yaratib berishdir».
Biz bugun dunyoni yangi ko‘z bilan ko‘rish, uni yangicha ta- fakkur bilan idrok qilish jarayonlarida ulg‘ayib, shakllanib bo- rayapmiz. Bugun barcha yo‘qotilgan qadriyatlarni, boy berilgan madaniy va ma’naviy boyliklami qaytadan to‘plash, qadimiy Tur- kiston an’analarini tiklash, o‘z milliy qiyofasi bilan jahon xalqla- ri safidan munosib o‘rin olishdek g‘oyat murakkab va mashaqqat-

  1. vazifalar qarshisida turibmiz. Zimmamizda yillar davomida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar va kelajak oldidagi qarzdorlikning ulkan, zal- vorli yuki bor. Biroq, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni qayta tiklash, o‘zligimizni, insoniy his-tuyg‘ularimizni, sha’nimiz va ori- yatimizni himoya qilishga, uni hamisha baland tutishga imkoniyat tug‘ilganining o‘zi barcha mashaqqatlardan ko‘ra huzurbaxshroqdir. Ana shu imkoniyatning o‘ziyoq kishiga beqiyos kuch-g‘ayrat, qudrat va jur’at baxsh etadi.


  1. Download 57,25 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish