Bog'liq НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri
Klinton AQSH va O‘zbekiston aloqalari xususida 26-iyun kuni Oq uyda Prezident Islom Karimov bilan bo‘lgan uchrashuvimiz ikki tomonlama mustahkam munosabatlaming rivojlanishiga yangicha kuch berdi va men Amerika xalqi nomidan Prezident Islom Karimovga va 0‘zbekiston xalqiga eng ezgu tilaklarim- ni bildiraman.
Amerika Qo‘shma Shtatlari 0‘zbekistonning suvereniteti, demokratik taraqqiyot va gullab yashnashidan to‘g‘ridan to‘g‘ri va moddiy manfaatdordir. Biz 0‘zbekistonni 0‘rta Osiyodagi yetakchi davlat deb bilamiz, chunki u - bozor munosabatlari taraqqiyoti va hamkorlikning mintaqada harakatlantiruvchi omili bo‘lishga qodir imkoniyatga ega mamlakat. Shu bois 0‘zbekiston bilan hamkorli- gimizni Yevroosiyodagi siyosatimizning eng muhim qismi sifatida ko‘zda tutamiz.
Ikki tomon ham turli masalalarda hamkorligimizdan kelib chi- qadigan yutuqlami yuqori baholaydi. Biz 0‘zbekiston hukumatining inson huquqlari hurmatga sazovor bo‘lgan ochiq jamiyat qurish yo‘lida yaqinda qo‘ygan ijobiy qadamlarini ma’qullaymiz. Demokratik jamiyat va huquqiy davlat qurish yo‘lidagi harakatlar barqarorlik va iqtisodiy farovonlikni ta’minlaydi. Bu hamkorligimizni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz bundan keyin ham mana shu jarayonni qo‘llab-quwatlash istagidamiz.
Biz xavfsizlik sohasida ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama, masalan, «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturi doirasida alo- qalarimiz rivojlanib borayotganidan xursandmiz. 0‘zbekistonning Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan birgalikda 0‘rta Osiyo tinchlik ba- talyonini tuzishda ishtirok etishi sizning mamlakatingizga nisbatan bu yerda ishonch-e’tibomi oshirdi. Bu tashabbus 0‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlik tarafdori ekanligidan dalolat beradi, deb hi- soblaymiz va «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturining kelgusi mashqlarida 0‘zbekiston bilan yaqin aloqalami davom ettirishga in- tilamiz.
Biz Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi mintaqaviy masalalar bo‘yicha yaqin hamkorligimizni yuqori baholaymiz. Mamlakatin- giz rahbariyatining Afg‘onistonga qurol-yaroq yetkazib berishni ta- qiqlashni ko‘zda tutgan amaliy tashabbusini qo ‘ llab-quvvatlaymiz va Afg‘onistonda boshlangan fuqarolar urushi mazkur taklifni ilgari surish bilan bog‘liq bizning harakatlarimizga qanday ta’sir etishi mumkinligi xususida Xavfsizlik Kengashining boshqa a’zolari bilan o‘tkazajak maslahatlashuvlarimiz natijalaridan sizlami xabardor etib turamiz. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotini mustahkamlash borasida olib borayotgan ishlarimiz doirasida 0‘zbekiston bilan yanada yaqinroq maslahatlashuvlar o‘tkazish tarafdorimiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 51-sessiyasi ol- didan biz barcha masalalarda 0‘zbekiston bilan bundan ham qalin aloqalami yo‘lga qo‘yishga harakat qilamiz.
Men, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasida barqaror savdo va investitsiya aloqalarining muhimligini ta’kidlamoqchiman. Amerika Qo‘shma Shtatlari Umumjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga in- tilayotgan 0‘zbekiston bilan o‘zaro mustahkam hamkorlikni davom ettirishga tayyor. Biz bugungi Amerika sarmoyalarining muvaffaqi- yatini, shu jumladan, energetika va tog‘-kon sanoatidagi muvaffa- qiyatlami har ikki tomonlama munosabatlarimiz rivojining yorqin namoyishi, deb hisoblaymiz va investitsiya shart-sharoitlari yanada yaxshilanishiga katta ishtiyoq bildiramiz»,
«Tashkent haqiqati», 1996-yil 30-iyun * * *
Aniqrog‘i, mazkur safar 0‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi, siyosiy, iqtisodiy va insonparvar aloqalami yanada rivoj lantirishda muhim bosqich bo‘ldi. «Ayniqsa, Islom Karimovning Oq uyda AQSH Prezidenti Bill Hinton bilan uchrashuvini alohida ta’kidlamoq lozim», - deydi AQSHning 0‘zbekistondagi elchisi Stenli Eskudero.
Mazkur uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar rivoj lanib borayotganining dalilidir. Prezidentlar siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalarida hamkorlikning hal qiluvchi masalalarini, shuningdek, Markaziy Osiyodagi vaziyatga doir bir qator masalalami muhokama qildilar. Unda Bill Hinton Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida 0‘zbekistonning ye- takchi o‘rinda turganligini e’tirof etib, 0‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatida ekanligini alohida ta’kidladi.
* *
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti
Bill Uilyam J. Hinton janobi oliylariga
Janob Prezident!
0‘zbekiston xalqi va shaxsan o‘z nomimdan Sizni, barcha Amerika xalqini tarixiy Mustaqillik kuni bilan tabriklash imkoniyatidan baxtiyorman.
Biz Amerika Qo‘shma Shtatlarining buyuk yutuqlarga ega bo‘lgan mamlakat sifatida yosh mustaqil davlatlarga demokratik an’analar va bozor iqtisodiyotini rivoj lantirishda berayotgan texnika- viy va insonparvarlik yordamini yuksak baholaymiz.
0‘zbekiston - jahon sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan biri - o‘z ma’naviy qayta tiklanishida chinakam ozodlik va demokratik qadriyatlariga intilmoqda. Istiqlolga erishgan respublikamiz huquqiy va dunyoviy jamiyat qurish, ochiq iqtisodiyotni shakllanti- rish yo‘lidan bormoqda. Bunda biz boshqa mamlakatlar tajribasiga, jumladan, AQSH davlat taraqqiyotiga katta e’tibor bilan qaramoq- damiz. 0‘zbekiston Amerika Qo‘shma Shtatlari kabi terrorizm va ekstremizmning har qanday shakllarini keskin qoralamoqda, xalqaro kelishmovchiliklaming tinch-totuv yo‘l bilan hal qilinishini qo‘llab- quwatlamoqda.
Fursatdan foydalanib, 0‘zbekiston hukumati xalqaro mezon- lar asosida mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stona, teng huquqli va o‘zaro manfaatli munosabatlami rivojlantirish muddaosida ekanini ta’kidlashni istardim. Biz xalqlarimiz bir-biri bilan yaxshiroq tani- shishi, keng ko‘lamda bilim, tajriba va yuqori darajadagi rasmiy de- legatsiyalar bilan doimiy tarzda almashib turishi tarafdorimiz.
Amerika xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilab eng yaxshi istakla- rimni yo‘llashdan nihoyatda mamnunman.