siyosiy sohada bu:
xalq, ham bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat hokimiyati- ni amalga oshirishda to‘liq ishtirok etishi lozimligini;
hokimiyat bo‘linishining jahon tan olgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni;
jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni;
barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustunligini ta’minlashni;bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni;
demokratiyaning qonuniy tarkibi sifatida ko‘ppartiyaviylikni shakllantirishni;
0‘zbekistonda tug‘ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligi va e’tiqodidan qat’i nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi bo‘lishga erishishni bildiradi.
Iqtisodiy sohada esa bu:
milliy boylikning ko‘payishini ta’minlaydigan barqaror, rivoj- lanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;
ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma- bosqich shakllantirishni;
mulk egalari huquqlarining davlat yo‘li bilan himoya qilishini ta’minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni;
iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmasdan korxonalar va tashki- lotlaming Mustaqilligini kengaytirishni, davlatning xo‘jalik faoliya- tiga bevosita aralashuvidan voz kechishni;
ijtimoiy va ma’naviy sohada bu:
insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib qolishini;
ma’naviyatni qayta tiklashni;
o‘zbek tilini rivojlantirishni;
hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirishni;
ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari - keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi-yoshlaming davlat tomonidan iqtisodiy muhofaza- ga bo‘lgan kafolatli huquqlarini ta’minlashni;
odamlarning iste’dod qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma’naviy mulkni himoya qilishni bildiradi, deb ta’kidlandi «0‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli kitobda.
Prezident I. Karimovning 0‘zbekistonni huquqiy demokratik davlat sifatida qaror toptirishning yuqoridagidek dasturiy qoidalari, mamlakatning bozor munosabatlariga o‘tishi, ichki va tashqi siyosat- ni shakllantirish tamoyillari, iqtisodiy islohotlami amalga oshirish- ning asosiy ustuvorliklari va yo‘nalishlari jahon tajribasini yanada rivojlantirdi va ulami yangi qoidalar bilan boyitdi.Prezident yangilanayotgan jamiyat mazmun-mohiyatini ko‘rsatish bilan birga dolzarb vazifa qilib, eng awalo ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiga o‘tish masalasini qo‘ydi. Faqat iqtisodiy baquwat davlatgina kuchli bo‘ladi va u har qanday islohotlarga qodir bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari surdi.
Shuning uchun ham I. Karimov «0‘zbekiston - bozor mu- nosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarida (1993-yil.) «O‘zbekiston o‘zi uchun tanlab olgan yo‘l ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng ko‘p darajada mos keladigan bozor iqti- sodiyotini shakllantirishga qaratilgandir.
Ayni mana shunday yo‘l O‘zbekiston xalqining munosib tur- mushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma’naviy axloqiy kamol topishini ta’minlashi mumkin», - deb qat’iy ko‘rsatib bergan edi.
I.A. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jara- yonlarini chuqur tahlil qilib, 0‘zbekiston davlat qurilishi va iqtisodi- yotini isloh qilish dasturining o‘zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o‘rtaga tashladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |