Ikkinchidan, biznes, xususiy biznesni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirib borish;
Uchinchidan, investitsiyalami jalb qilish borasidagi ishlami yanada kuchaytirish;
To‘rtinchidan, aholi ish haqi va turmush darajasini muttasil oshirib borish;
Beshinchidan, xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo‘li bilan aholi bandligi masalalarini hal qilish;
Oltinchidan, bank-moliya tizimidagi islohotlami yanada chuqurlashtirish va kengaytirish;
Yettinchidan, kommunai tizim sohasidagi islohotlami yanada chuqurlashtirishdan iborat, deb belgilab berildi.
Umuman, o‘tgan davr mobaynida milliy iqtisodiyotni shakllan- tirish va uni tubdan isloh qilish mamlakatimiz mustaqil taraqqiyoti- ning eng muhim omili va asosini tashkil etganini alohida ta’kidlash zarur. Bu borada, awalo respublika va aholi ehtiyoj ini, birinchi navbatda yoqilg‘i-energetika resurslari, iste’mol va oziq-ovqat mahsu- lotlariga bo‘lgan talabni ishonchli tarzda qondirishdek dolzarb hayotiy vazifa turar edi.
Mustaqillikning dastlabki kunidanoq, yurtimizda yoqilg‘i- energetika va g‘alla mustaqilligiga erishish muhim strategik vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Bu o‘rinda awalo, nefl va gaz kon- densati bo‘yicha aniqlangan ulkan sanoat zaxiralariga ega bo‘lganiga qaramasdan, ilgari iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyoj ini qondi- rish uchun yiliga 6-7 million tonna neft va neft mahsulotlarini chet- dan keltirish va buning uchun katta miqdordagi valyuta resurslarini sarflashga majbur bo‘lar edi.
Bu jiddiy muammoni hal etish maqsadida qisqa fursat ichida 0‘zbekistondagi uglevodorod xomashyosini qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha maqsadli dasturlar qayta ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Yangi neft-gaz konlarini aniqlash, neft va tabiiy gazni qazib olish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar topildi, jumladan, xorij sarmoyasi jalb etildi. Buxoroda neftni qayta ishlaydigan yangi zamonaviy zavod barpo qilindi. Farg‘ona va Oltiariqdagi neftni qayta ishlash zavodlari modemizatsiya va rekonstruksiya qilindi, ulaming barqaror va ishonchli faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yara- tildi.
Shuningdek, o‘zining ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyati- ga ko‘ra o‘xshashi bo‘lmagan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi kabi noyob inshoot barpo etildi. Ushbu korxonada tayyorlanayotgan su- yultirilgan gaz, turli markadagi polietilen va boshqa mahsulotlarga nafaqat mamlakatimiz, balki chet ellarda ham talab katta ekanini qayt etish lozim.
Mustaqillik yillarida ana shunday yirik korxonalaming qurilishi va rekonstruksiya qilinishi natijasida hozirgi vaqtda yurtimizda neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1990-yilga nisbatan 3 barobar ortdi. Bugungi kunda 0‘zbekiston bu borada mamlakatning va aholining o‘sib borayotgan ehtiyoj larini ta’minlash bilan birga, eksport hajmini ham ko‘paytirishga erishdi.
Asaka va Samarqand shaharlarida avtomobil zavodlari barpo etilgani tufayli mustaqillik yillarida avtomobillar soni keskin oshdi va har yuz oilaning avtomobil bilan ta’minlanish darajasi 6 barobar o‘sdi. 0‘z-o‘zidan ayonki, respublikamizda benzin va yoqilg‘i moy- lash mahsulotlariga bo‘lgan talab ham shunga mos ravishda о‘sib bormoqda.Aynan neft va neft mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish hi- sobiga bugun respublikamizning rivojlanayotgan sanoati va aholining keskin о‘sib borayotgan mana shunday talab va ehtiyoj larini ta’minlashga erishilmoqda.
yil 9-fevral kuni Vazirlar Mahkamasida 2007-yilda res- publikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda islohotlami yanada chuqurlashtirishning ustuvor vazifalarini belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘ldi.
Unda Prezident I. Karimov shu mavzuda ma’mza qildi. Majlis- da qayd qilindiki, 2007-yilda iqtisodiyotning yuqori barqaror o‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy barqarorligi ta’minlandi, iqtisodiyotai tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishni modemizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash ishlari davom ettirildi. Mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 9,5 foizga o‘sdi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlari 12,1 foizni, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha - 6,1 foizni, qurilish ishlari bo‘yicha - 15,7 foizni, chakana tovar aylanmasi bo‘yicha - 21,0 foizni, pullik xizmatlari ko‘rsatish bo'yicha - 20,6 foizni tashkil qildi. Davlat budjeti profitsit bilan ijro etildi, inflatsiya darajasi tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichdan osh- madi.
Qishloq xo‘jaligini isloh qilish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar natijasida fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga aylandi. Qishloq bozor infra- tuzilmasi amalda yangidan barpo etildi, qishloq xo‘jaligi ishlab chi- qarishini tashkil etish va rag‘batlantirish sifat jihatdan yangi tamo- yillar asosida olib borildi, tarmoqni boshqarish tamoyillari va tizimi o‘zgarmoqda.
Shuningdek, quyidagilar 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifalari etib belgilandi:
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotni o‘stirishning barqaror va muvozanatlashgan sur’atlarini ta’minlash, jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalami, eng awalo to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy inves- titsiyalami ko‘paytirish hisobiga tarkibiy o‘zgarishlami, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modemizatsiya qilish va yangilashni davom ettirish;
islohotlami chuqurlashtirish va iqtisodiyotni, soliq-budjet si- yosatini yanada erkinlashtirish, bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish;
aholining ish bilan bandligini yaxshilash va farovonligini oshi- rishning eng muhim yo‘nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tad- birkorlikni, xizmatlar ko‘rsatish sohasi va kasanachilikni rivoj lanti- rishni qo‘llab-quwatlash va rag‘batlantirish;
sug‘oriladigan yerlaming meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirishni ta’minlash;
Yoshlar yili Davlat Dasturini bajarish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Butun Dastuming va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlarining markaziga eng muhim ustuvor vazifa - inson man- faatlari ustuvorligi qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |