Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet3/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Birinchidan, 0‘zbekiston mustaqil suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatida o‘ziga xos nufuzga ega bo‘ldi. U o‘zining katta ishlab chiqarish imkoniyatlari, boy aqliy va jismoniy salohiyati, tengsiz tabiiy boyliklari bilan dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari diqqatini tortdi va ular bilan tengma-teng turib hamkorlik qilish qudratiga ega ekanligini ko‘rsata oldi.
Ikkinchidan, eng og‘ir, mashaqqatli va ziddiyatli paytlarda, o‘tish davrining o‘ziga xos murakkabliklari mavjud bo‘lgan bir vaqtda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikning saqlab turilishi mamlakat hukumati siyosatining naqadar hayotiy va xalqchil ekanligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yuzdan ortiq millat va elat yashayotgan mamlakatda turli aqidalar va g‘oyalar ta’sirida bo‘lgan aholining talab-ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirish, ulaming qarashlarini bir nuqtada jamlash alohida uddaburonlikni va qat’iyatlilikni talab etadi. 0‘zbekiston hukumati xuddi ana shunday qat’iyatni ko‘rsata bildi.
Uchinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, dunyoviy davlat qurishning asosi bo‘lgan qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash tamoyillari vujudga keldi. Tub islohotlaming Prezident

  1. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyili istiqlolning dastlabki yillaridayoq jahon hamjamiyatida yuqori baholandi va to‘la tan olindi.

To‘rtinchidan, xorijiy investitsiyani jalb etish, chet ellik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shu asosda mamlakat ishlab chiqarishini tubdan o‘zgartirish, uni jahonning eng ilg‘or texnologiyalari bilan qayta jihozlantirish yo‘li tutildi. Bu 0‘zbekistonning jamiyatni bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tkazishda barcha yosh mustaqil mamlakatlar o‘rtasida eng to‘g‘ri yo‘l tanlaganini ko‘rsatdi.
Beshinchidan, 0‘zbekiston hukumatining islohchilik siyosati bevosita xalq dunyoqarashi, uning ming yillar mobaynida shakl- langan urf-odatlari, an’analari bilan uyg‘un holda amalga oshirila boshlandi. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», «Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak», «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, aqlli, dono va, albatta, baxtli bo‘lishi kerak» singari shiorlar xalqimizning orzu-istagi, umid va intilishlari bilan uyg‘un holda dunyoga keldi. Bugungi kunda 0‘zbekistonning tom ma’noda ma’naviy tiklanish va ruhiy poklanish maydoniga aylanganligi ana shu eng ezgu niyatlar asosida davlat siyosati va xalq orzu-umidlarining uyg‘unligi natijasidir.
O‘zbekiston umumplanetar o‘zgarishlar jarayonlari oqimida o‘zining betakror ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy yangilanishlari dasturiga ega bo‘lgan mamlakat sifatida o‘ziga xos va o‘ziga mos mavqe egalladi. Yangi sivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazishga qodir bo‘lgan davlat sifatida o‘zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi.
0‘zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng ko‘lamdagi ishlar hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi alohida qayd etilishi lozim. 0‘zbekistonda milliy, regional va umumplanetar mo‘ljallar doirasida izchil va tadrijiy kechayotgan yalpi o‘zgarishlami o‘z vaqtida o‘rganish, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlami baholash, tahlil etish, hamda ilmiy- nazariy umumlashmalar qilish asnosida bu jarayonlami maqsadli boshqarish 0‘zbekistondagi yangilanishlar rivoji o‘ziga xos kechayotganligini ifoda etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotni maqsadli takomillashtirish, bu muhitni umuminsoniy va milliy ta- moyillar uyg‘unligi ruhida rivojlantirish, siyosiy plyuralizmga shart- sharoitlar yaratish, liberalizm muhitini har tomonlama kengaytirishga da’vat etish orqali mamlakatimizda yalpi yangilanishlar jarayonlari boshlanishiga nazariy poydevor qo‘yiidi. Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va shaxs ma’naviyati dunyosini tubdan isloh qilish yangilangan davlat, o‘zgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish imkonini berdi. Davlat, jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlami maqsadli boshqarish nechog‘li aqliy shijoat, dono siyosat hamda matonatni talab etganligiga bugungi kunda amin bo‘lib turibmiz. Zero, bu boshqamv sermashaqqat va murakkab kechuvchi ijtimoiy-siyosiy voqealar, mafkuraviy ta’sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga keltirilgan moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotida shaxsning roli benihoya katta. Ayniqsa, o‘tish davrida davlat arbobining, siyosiy yetakchining o‘mi yana ham yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Chunki, bu paytda ma’lum bir siyosiy tartibot ham, siyosiy qatlam ham, jamiyatni yo‘naltiradigan oqim ham shakllanmagan, qarashlar bir o‘zanga tushmagan, turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar mavjud bo‘lgan murakkab bir vaziyat vujudga keladi. Bunday paytda xalq o‘z kelajagini asosan davlat rahbariga qarab belgilaydi. 0‘zining iymon- e’tiqodini, taqdirini u bilan bog‘laydi.
Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillikning o‘tgan davrida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar bevosita davlat rahbarining shaxsiyati, uning ish uslubi, voqea- hodisalarga yondashish usuli bilan bog‘lanib ketgan. Davlat arbobining siyosiy qiyofasi o‘tish davrining noyob mahsuli sifatida tarix sahifalarida bosh islohotchi qiyofasida mustahkam o‘mashgan bo‘ladi.
Demak, mustaqillik davri tarixini o‘rganar ekanmiz, bu jarayon bevosita mamlakat Prezidenti I. Karimov faoliyati bilan uzviy bog‘langanligini yaqqol ko‘ramiz va uni sahifalarga aynan ko‘chirishga intildik. Zotan, ana shu yillarda I. Karimov ismi sharifi bir shaxs nasl-nasabi doirasidan chiqib, ulkan ijtimoiy-siyosiy voqelik, millat mohiyatini o‘zida mujassam etgan qadriyat maqomiga ega bo‘ldi. Boshqacha qilib aytganda «O‘zbekiston
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish