Ikkinchi fazilati shundan iboratki, ma’rifatli xalq izlanuvchan va bunyodkor bo‘ladi. Har qanday qiyinchiliklardan cho‘chimaydi, kuch-quwat, katta iroda sohibi bo‘ladi. To‘siqlarni yengib yashaydi. Eng og‘ir va ziddiyatli paytlarda ham istiqbolini aniq ko‘ra oladi. Unga yetishmoq yo‘llarini topa biladi.
Uchinchidan, ma’rifatli, yuksak ma’naviyatli xalq milliy birlik, milliy yaxlitlik namunasini ko‘rsatadi. Jamiyat qarama- qarshiliklarini, turli ziddiyatli kuchlami yenga oladi. Millat yaxlit- ligi orqali manfaatlar yaxlitligiga erishadi. Bunday xalqni yengib o‘tadigan kuch bo‘lmaydi.
Mustaqillikning o‘tgan davri - tarix bilan qiyoslaganda bir lah- za. Biroq istiqlolning murakkab, dolg‘ali, ziddiyatli bir paytida xalqimiz boy ma’naviyatini, bunyodkorlik iqtidorini, beqiyos irodasi- ni yaqqol namoyon qildi. Ayni ana shu muddatda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar salmog‘i va ko‘lami bilan bir necha o‘n yilliklarga teng keladi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikka erishish, sobiq ittifoq bir-biriga ulab tashlagan moddiy zanjirlar uzilgach, ulamin
gо‘mini qoplaydigan yangi imkoniyatlami izlab topish lozim edi. Eng mushkul paytlarda aholini ijtimoiy muhofazalash bilan birga jahon hamjamiyatiga yo‘l qidirish, dunyoni o‘rganish, o‘z imkoniyatlarini olam ahliga ko‘rsatish singari tajribamizda ko‘rilmagan, mashaqqatli vazifalami ham uddalash kerak edi. Ma’lumki, mustaqil taraqqiyot o‘z qobig‘iga o‘ralib yashash emas, aksincha, jahon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlash, dunyodagi rivojlangan, taraqqiy topgan mamlakatlar bilan tengma-teng turib gaplashish, o‘z mavqeyi va nu- fuzini topa bilish kabi og‘ir masalalar yechimini ham taqozo etar edi.
Hukumatimiz ana shunday bir vaziyatda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik yo‘lini tanladi va bu borada sobitqadamlik bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Natijada qisqa fursatda xorijda 0‘zbekiston haqida, o‘zbek xalqi to‘g‘risida to‘la tasawur shakllandi. Yurtboshi- mizning beqiyos siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va aqliy imkoniyatlari tan olina boshlandi. Chet eldagi hamkorlar 0‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarini yo‘lga qo‘yish mumkin va zarurligini tushunib yetdilar.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlami sobiq ittifoq tarki- bidan ajralib chiqqan yosh mustaqil mamlakatlarda amalga oshiri- layotgan ishlar bilan qiyoslaganda uning miqyosi va ko‘lami yana ham yorqinroq ko‘zga tashlanadi. Boshqacha qilib aytganda xalqimiz bosh islohotchi - davlatimiz rahbarligida eng to‘g‘ri yo‘lni tan- lay olganiga va unda sobitqadamlik hamda kelajakka qat’iy ishonch bilan borayotganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston ahli bu yo‘ldagi g‘ovlami, turli-tuman qiyinchilik- lami, tabiiy va sun’iy to‘siqlar, qarama-qarshiliklarni katta sabot va iroda kuchi bilan yengmoqda. Bu xalqimizning ma’naviy qudratidan dalolat beradi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar xususida gapirar ekanmiz, jahonning hozirgi eng rivojlangan mamlakatlari boshidan kechirgan o‘tish davriga nazar tashlasak, qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz naqadar ulug‘vor ekaniga yana bir bor guvoh bo‘lamiz.
Qolaversa, mustaqilligining 40, 50 yillik sanalarini nishonlayot- gan Osiyo va Afrikadagi ayrim davlatlar hamon rivojlanish yo‘llarini aniq-ravshan tanlab olganlaricha yo‘q. Ularda jamiyat taraqqiy oti- ning aniq konsepsiyalari va tamoyillari mavjud emas. Hamon ishlab chiqarishda beqarorlik, iqtisodiy hayotda parokandalik yuz bermoq- da. Umuman olganda, 0‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor munosabatlariga o‘tish, jamiyatni tubdan isloh qilish, mustaqil ta- raqqiyotni bir maromda ta’minlashning evolutsion jarayoni hozirgi zamon davlatchiligi va boshqaruvi tajribasiga «0‘zbek modeli» sifatida kirdi va uni yangi mazmun bilan boyitdi.
Hamma vaqt bo‘lgani kabi o‘tish davrida barcha tarixiy jarayon- lar, voqeliklar va yangilanishlar bevosita unga rahbarlik qilayotgan, uni boshqarayotgan shaxs nomi bilan bog‘liq.
Ana shu tarixiy haqiqatdan kelib chiqib aytish mumkinki, Prezident I. Karimovning jamiyatni tubdan yangilash nazariyasini va keng miqyosli faoliyatini insoniyat tarixining turli davrlarida, turli mamlakatlarida yuz bergan tub o‘zgarishlar, keskin burilishlar hodi- sasiga qiyoslash mumkin.
Prezident I. Karimov 0‘zbekiston jamiyatni tubdan yangilash nazariyasi va ko‘p qirrali islohchilik faoliyati jihatidan Amerika Qo‘shma Shtatlari davlatining asoschisi va uning birinchi Prezidenti Jorj Vashington, Amerika iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta ilmiy- nazariy va amaliy ta’sir ko‘rsatgan islohotchi, Prezident Avraam Linkoln, jamiyatni erkinlashtirish va demokratiya nazariyasining asoschilaridan biri, Prezident Tomas Jeferson, Indoneziyada mus- tamlakachilikka qarshi kurashgan, milliy birlik va mamlakat taraq- qiyotining turli bosqichlari to‘g‘risida qator asarlar yozgan Ahmad Sukamolar bilan bir qatorda turadi. Fransiyada Shari de Goll, Hin- distonda Javoharla’l Neru, Mahatma Gandi, Turkiyada Mustafo Kamol Otaturk, Seylonda Salomon Bandaranakiye, Misrda Jamol Abdul Nosir va boshqalar o‘zining siyosiy faoliyati, yangilanishlar konsepsiyasini ishlab chiqishi bilan jahon taraqqiyotida qanchalik kuchli ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, Prezident I. Karimovning davlat siyosatini inson manfaatlariga xizmat qildirish, tinchlik madaniyatini qaror toptirish, ijtimoiy hamkorlik doiralarini kengaytirish borasidagi qarashlari, amaliy konsepsiyalari dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining insoniylashuvi tendensiyalarini mustahkamlashda shunchalik muhim hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.
0‘zbekistonda davlat tuzumi va jamiyatni tubdan yangilash jarayoni o‘tgan davrda dinamik tarzda rivojlanib, takomillashib bordi. Tub islohotlar nazariyasi davlat - jamiyat - inson tizimida vujudga keldi va ravnaq topdi. Bu tizim quyidagi yangilanishlar hosil etuvchi yo‘nalishlami qamrab oladi:
o‘tish davrida davlat va jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy xaotik holatlami tartibga solish, anomiya holatlarini jamiyat tomonidan qabul qilingan umumiy me’yorlarga keltirish;
yangi davlatchilik tizimini vujudga keltirish;
iqtisodiy sohada tarkibiy o‘zgarishlami tadrijiy amalga oshirish;
ijtimoiy himoya tizimining inson va oila manfaatlariga eng maqbul va samarali xizmat qildirish;
milliy xavfsizlik va mudofaa konsepsiyasini tinchlik va barqa- rorlikka xizmat qildirish;
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va iqtisodiy muhitni erkinlashtirish;
qadriyatlar ustuvorligi;
ma’naviy-ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi ekanligini asoslash;
tarixiy xotirani tiklash va istiqlol tarixini yaratish;
o‘zgarayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy voqelikni anglash va ogohlikka da’vatning yalpi idrok etilishi;
milliy istiqlol g‘oyasining ishlab chiqilishi va uning jamiyatni ulug‘ maqsadlar yo‘lida uyushtiruvchilik rolining asoslanishi;
jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar, diniy, e’tiqodiy va siyosiy maslakdagi fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy murosa muhitini shakllantirish;
tolerantlik va ijtimoiy hamkorlik vaziyatni vujudga keltirish va boshqalar.
Buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur «Kuch-qudratimizga shubhangiz bo‘Isa, biz qurgan binolarga boqing», degan edilar. Darhaqiqat, mamlakatni obod qilgan, yurtini fayziyob etgan, Vatanini ulug‘lagan millat ma’naviy jihatdan barkamol, istiqboliga qat’iy ishongan xalq bo‘ladi. Bunday xalq o‘z tarixini shon-u shavkatga burkaydi.
Mustaqillikning qiyin va mashaqqatli davrida kelajakka qat’iy ishonch bilan qaragan xalqgina bunday keng miqyosdagi vazifa- lami amalga oshirishi mumkin. 0‘tish davrining o‘ziga xos qiyin- chiliklarini yengib, har kuni kutilmagan muammolar paydo bo‘lib turgan bir paytda mayda yumushlar va kundalik tashvishlar girdo- bida qolib ketmay, istiqbol yo‘lini tanlagan xalqning kelajagi buyuk bo‘lishi tabiiy. Bunday millat dunyo xalqlari bilan tengma-teng mu- loqot qila oladi, jahon hamjamiyatidan o‘ziga munosib o‘rin egal- laydi. Bunday xalqni aslo yengib bo‘lmaydi! Zotan, ma’rifat, madaniyat, ma’naviyat nuri bilan yo‘g‘rilgan vatanparvarlik hissi, Vatan tuyg‘usi har qanday kuchdan g‘olib kelguvchi mo‘jizakor qudratdir
O'ZBEKISTON 1
TARIXI 1
(Milliy istiqlol davri) 1
.0‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bagHshlanadi 6
1-§. Mustaqillik - o'zbek xalqining azaliy orzu-intilishi 15
2-§. 0‘zbekiston davlat suverenitetining e’lon qilinishi 37
3-§. 0‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining umumxalq tomonidan ma’qullanishi 2
4-§. Islom Karimov - mustaqil 0‘zbekistonning birinchi Prezidenti 13
6-§. 0‘zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi 13
I к к i n ch i bob 51
1-§. 0‘zbekistonda Oliy davlat vakillik organi - Qonun chiqaruvchi hokimiyatning shakllanishi 52
3-§. Mahalliy davlat hokimiyati tizimida tub o'zgarishlar 46
Shunday qilib, mamlakatda rivojlanishning keyingi yillarida shakllangan kadrlar quvvatiga tayangan holda mustaqillik sharoi- tida yangicha kadrlar siyosati ishlab chiqildi. Chunonchi, siyosiy yetuklik, axloqiy fazilatlar, tashkilotchilik qobiliyati bilan birga bo- zor iqtisodiga o‘tish jarayonida ishbilarmonlik, tadbirkorlik, xalq bilan uzviy bog‘liqlik, uning ijtimoiy kafolatini ta’minlashga qodirlik birinchi va asosiy mezon hisoblanadigan bo‘ldi. Shubhasiz, kadrlar siyosatidagi bu yo‘l mustaqillikni mustahkamlashning muhim omil- laridan biri edi.Uchinchi bob 77
3-yili Qoraqalpog‘istonda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga jami 250 milliard so‘mlik investitsiyalar kiritildi. Natijada yangi maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari qad rostladi.§. Ijtimoiy sohaning rivojlanishi 89
4-§. Xalq ta’limi, fan va madaniyat 92
Bugun Qoraqalpoq xalqi shuni yaxshi biladiki, uning amal- dagi suvereniteti, Mustaqilligi faqat 0‘zbekiston bilan birga bo‘lgandagina ta’mirlanishi mumkin. Shuning uchun ham qoraqalpoq xalqi o‘z taqdirini o‘zbek xalqi va 0‘zbekiston bilan abadiy bog‘lagan. 0‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyalari buning yorqin kafolatidir.To‘rtinchi bob 96
1-§. Demokratiyani yanada chuqurlashtirish. Ko'ppartiyaviylik 96
2-§. Soxta demokratlarning ekstremistik yo‘l bilan hokimiyat uchun kurashi, ularnlng xalq tomonidan badnom qilinishi 12
Mamlakat aholisi, mustaqillik tarafdorlari o‘zlarining fikr- mulohazalarini Oliy Kengash va sessiya nomiga yozib yubora boshladilar.Mavzuga doir materiallar 32
3-Darhaqiqat, bugun 0‘zbekiston ana shunday murakkab, ziddi- yatli kurashlari orqali yangi asrga qadam qo‘ymoqda. Bu kurashlar qanchalik qiyin bo‘lmasin, eskicha tafakkumi sindirish, yangilikni qabul qilish qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, ayni paytda u million- lab kishilami o‘ziga ergashtirib bormoqda. Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaramoqda.§. Jamiyatni erkiniashtirishning yangi bosqichi 45
4-2007-yilar mobaynida' esa matbuot va so‘z erkinligiga doir amaldagi qonunlar tizimi qayta ko‘rildi va ular zamon talablari asosida yangi tahrirda qabul qilindi. 2006-yili 0‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun Oliy Majlis Senati tasdig‘idan o‘tdi. Axborot olish, saqlash, ishlash va tarqatish, elektron axborot tarqatish va undan foydalanishning huquqiy asoslari yaratilmoqda.§. 0‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi 1
5-§. Sud hokimiyati isiohotlari 3
6-§. Jamiyatni demokratlashtlrishda ommaviy axborot vositalari rolining ortib borishi 1
Mavzuga doir material 8
Xullas, keyingi yillarda mamlakat Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan qator farmonlar, qarorlar va farmoyishlar, Oliy Majlis qabul qilgan Qonunlar ommaviy axborot vositalarining «to‘rtinchi hokimiyat» darajasida faoliyat ko‘rsatishiga imkon yarat- moqda. Jumalistning erkin ijod qilishi va mamlakat ravnaqi yo‘lida bel bog‘lab xizmat qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini kafolatlab bermoqda.В e sh i n ch i bob 9
1-§. Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash - davlat siyosatining bosh yo‘nalishi 9
Mavzuga doir materiallar 16
3-§. Milliy xavfsizlikni ta’minlash 14
Mavzuga doir materia! 14
1 i | | —Г" —7 1 11
3-§. Xususiylashtirishning amalga oshiriiishi, mulkdorlar sinfinlng shakllantirilishi 2
5-§. Mamlakat ijtimoiy siyosiy hayotida qishloqning o‘rni va uni rivojlantirish chora-tadbirlari 14
Mavzuga doir material 2
5-§. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiya 39
LlL 1
шйтш 24
О ‘ZBEKISTON TARIXI
To‘ldirilgan ikkinchi nashri
Do'stlaringiz bilan baham: |