O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FARMONI O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo‘yicha komitet tashkil qilish to‘g‘risida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» 0‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asoslanib, fuqarolaming din erkinligi va diniy ehtiyojlarini hurmat qilib, shuningdek diniy tashkilotlar bilan aloqalami mustahkamlash va uzviy hamkorlikni ta’minlash maqsadida:
0‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha komitet tashkil qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, komitet o‘z faoliyatini «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun, shuningdek 0‘zbekiston Respublikasining boshqa tegishli qonun hujjatlari talablariga qat’iy amal qilgan holda olib boradi.
0‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha komitet zimmasiga quyidagi asosiy vazifalami hal qilish yuklansin:
davlat organlarining respublika hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan bahamjihat harakati va hamkorligini o‘matish;
diniy masalalami hal qilishda viloyatlar, shaharlar va rayonlar- ning hokimlari bilan birgalikda yagona siyosatni o‘tkazish;
qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan respublikadagi diniy tashkilotlaming manfaatlarini davlat siyosatida ifoda etish.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonga asoslanib bir hafta muddat ichida diniy ish- lar bo‘yicha komitet to‘g‘risidagi tegishli qaromi qabul qilsin va uning nizomini tasdiqlasin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent shahri, yil 7-mart.
Musulmon hayotidagi qutlug‘ sanalar - Qurbon va Ramazon hayitlari kunlarini bundan buyon doimiy ravishda bayram qilish va ulami dam olish kunlari, deb e’lon qilinishi ham aynan xalqimiz ko‘nglidagi ish bo‘ldi.
yil 27-martda 0‘zbekiston Prezidentining «Ro‘za hayitini dam olish kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida» quyidagi Farmoni e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FARMONI Ro‘za hayitini dam olish kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida Mustaqil 0‘zbekiston Respublikasi musulmonlarining istak va xohishlarini inobatga olib hamda fuqarolar o‘rtasida mehr-oqibatni barqarorlashtirish maqsadida diniy bayram - Ro‘za hayitining birinchi kuni dam olish kuni, deb tayinlansin.