Uchinchi kitob


ISLOM KARIMOV O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti



Download 57,25 Mb.
bet154/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

ISLOM KARIMOV O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

  • * *

  1. yil 5-fevral kuni Prezident I. Karimov AQSH davlat koti- bini qabul qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalami rivojlantirish, jumladan, iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkor- likni kengaytirish bilan bog‘liq masalaiar muhokama etildi.

Ulkan siyosiy, iqtisodiy, harbiy texnik, intellektual salohiyatga ega bo‘lgan jahonning yetakchi davlati Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan uzoq muddatli va keng ko‘lamda munosabatlami rivojlantirish 0‘zbekiston uchun tashqi siyosatning ustuvor strategik yo‘nalishidir.
Darhaqiqat, so‘nggi yillarda 0‘zbekistonning AQSH bilan tashqi savdo munosabat]ari ortib bormoqda. Masalan, 1998-yilda 0‘zbekistondan AQSHga 63.6 mln. dollarlik mahsulot chiqarilgan boisa, shu davr mobaynida AQSHdan 242.9 mln. dollarlik mahsulot import qilib olindi.
0‘zbekiston Yevropadagi rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalar o‘matishga jiddiy e’tibor berdi. Xususan, Prezident I. Karimovning

  1. 1996-yillardagi GFR, Fransiya, Buyuk Britaniyaga tashriflari tufayli Yevropaga yo‘l ochildi. Bu mamlakatlar bilan iqtisodiy, sav­do va madaniy aloqalar kengaydi.

1999-yil may oyida Bolgariya Prezidenti Petr Stoyanov rasmiy tashrif bilan 0‘zbekistonga keldi.
Shu kuni shahar tashqarisidagi Do‘rmon qarorgohida 0‘zbe- kiston Prezidenti Islom Karimov bilan Bolgariya Prezidenti Petr Stoyanovning yakkama-yakka uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda xalqaro hayotdagi dolzarb voqealar, ikki mamlakat o‘rtasidagi mu- nosabatlaming bugungi ahvoli, o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni rivoj­lantirish uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Prezidentlaming o‘zaro muloqoti oxiriga yetgach, ikki mam­lakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi mu- zokaralari boshlandi. Muzokaralarda asosiy e’tibor ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasiga qaratildi. 0‘zbekiston bilan Bolgariya o‘rtasidagi hamkorlikni ri- vojlantirishdan har ikki tomon ham birdek manfaat ko‘radi, - dedi 0‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov. - Janob Petr Stoyanovning Bolgariya rahbari sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida bi­rinchi bo‘lib 0‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgani ham bejiz emas. Shu o‘rinda bir gapni aytish kerak - 0‘zbekiston Bolgariya uchun hamisha ochiqdir.
Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik haqida gapirgan- da, awalo, kommunikatsiya va tranzit masalasiga to‘xtalish ke­rak bo‘ladi. Bu borada asosiy dastur TRASEKA loyihasi hisobla­nadi. Sharq va G‘arbni bir-biriga birlashtiradigan mazkur transport yo‘lagini to‘la quwatda ishga tushirish uchun u o‘tadigan mam­lakatlar o‘rtasida o‘zaro aloqalami mustahkamlash zarur bo‘ladi. Negaki mazkur yo‘lak bu yo‘nalishdagi barcha davlatlarga bir xil foyda keltiradi. Xususan, nafaqat Bolgariya, balki Yevropa bozori- ga chiqishimiz uchun ham Bolgariyaning Varna shahri portlaridan foydalanishimiz mumkin. Bolgariya esa 0‘zbekiston orqali nafaqat Markaziy Osiyo balki butun Osiyo bozoriga chiqishi mumkin. Ayni mavzuda gap ketganda shuni aytish kerakki, bugungi kunda Gruzi- yaning Poti porti bilan Bolgariyaning Varna porti o‘rtasidagi aloqa yo‘lga qo‘yilgani TRASEKA loyihasini hayotga tatbiq etishdagi mu­him ishlardan biri bo‘ldi.
Q‘zaro hamkorlikdan ko‘zlagan maqsadimiz bitta - xorijiy sar- moyaning mamlakatimizga oqib kelishi uchun qulay sharoit yara­tish, - dedi Bolgariya Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi ham­korlik haqida o‘z fikrlarini bayon qilar ekan - shuning uchun o‘zaro sa’y-harakatlami birlashtirish kerak. Shunda bizga Sharqqa, 0‘zbekiston uchun esa G‘arbga chiqish oson kechadi. Qolaversa, yaratilajak transport yo‘lagi tufayli mamlakatimizga kirib keladigan sarmoya ham ko‘payadi.
Muzokaralarda Bolgariya tomoni Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Toshkentda o‘z elchixonasini ochajagini ma’lum qildi. Shu- ningdek, yaqin kelajakda Sofiyada 0‘zbekiston elchixonasini ham ochish rejalashtirilayotgani aytildi. Yana bir gapni aytib o‘tish ke- rakki, muzokaralar chog‘ida o‘zbekistonlik bolalami Qora dengiz sohilidagi dam olish maskanlariga jo‘natish borasida muayyan keli- shuvga erishilgani ham muhim ish bo‘ldi.
Muloqot chog‘ida shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi mada­niy aloqalami, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish borasida ham so‘z bordi.
Muzokaralar nihoyasida ikki tomonlama qo‘shma hujjatlami imzolash marosimi bo‘ldi. 0‘zbekiston va Bolgariya hukumatlari o‘rtasida belgilangan hududlar hamda ulardan tashqarida о‘zaro havo aloqasini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida hamda jinoyatchilikka qarshi ku­rash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Shuningdek, 0‘zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi o‘rtasida im­zolangan do‘stona munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma ratifikatsiyalangani haqida yorliqlar almashish to‘g‘risidagi proto- kolga ham imzo chekildi.
0‘zbekiston keyingi yillarda Boltiq bo‘yi respublikalari bi­lan ham do‘stona hamkorlikni saqlab qolish va uni yangi sharoitda yanada rivojlantirishga harakat qildi.
1995-yil 6-iyun kuni Prezident Islom Karimov davlat tashrifi bi­lan Latviya Respublikasiga bordi. Shu kuni Latviya Prezidenti Gun- tas Ulmanis bilan Islom Karimov o‘rtasida muloqot bo‘lib, har ikki davlat o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma chu- nonchi, transport, havo aloqalari, sayyohlik va ilmiy-texnik aloqalar yuzasidan bitimlar tuzildi.
7-iyun kuni u Riga birjasi binosida Latviya ishbilarmonlari bilan uchrashdi. So‘ng Latviya seymiga tashrif buyurib, uning raisi Anato­liy Gorbunov bilan muloqotda bo‘lib parlamentlararo munosabatlar- ni yanada yaxshilash yuzasidan kelishib olindi.

  1. yil 7-8-iyun kunlari Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Litva Respublikasida bo‘ldi. Vilnusdagi Prezident saroyida Islom Karimov va Angirdis Brazauskas o‘rtasida muzokaralar bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risida Qo‘shma Deklaratsiya, ta’lim, fan va texnika, sayyohlik, madaniyat sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida hukumatlararo bi­timlar imzolandi.

Mustaqillik yillarida 0‘zbekiston tashqi siyosatining geografi- yasi kengayib bordi. Yaqin va 0‘rta Sharq hamda Arab mamlakat­lari bilan davlatlararo munosabatlami o‘matish va rivojlantirishga intilish ham 0‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlari hisoblanadi. 0‘zbekiston Respublikasi davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Turkiya, Eron, Pokiston, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Misrda bo‘ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlaming asosla- ri to‘g‘risida shartnomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari tuzdi.
0‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1999-yil 14-17-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan Isroilda bo‘ldi. Xo‘sh, tashrifdan mud- dao nima edi? Awalo, mamlakat!arimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik sarhadlarini yanada kengaytirish va bu­ning uchun zarur huquqiy asoslami mustahkamlash. Isroil davlati- ning bugungi iqtisodiy taraqqiyoti, aqliy salohiyati, yuksak texno- logiyasi, ilmiy-texnikaviy yutuqlari haqiqatan ham katta e’tiborga molik. Shu bois ham Isroil bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini ken­gaytirish bizga foydalidir.
Hamkorligimizning asosiy - iqtisodiyot bilan bog‘liq masala- lar haqida to‘xtalishdan oldin bir gapni aytib o‘tish lozim: Islom Karimovning Isroil davlatiga tashrifi mamlakat siyosiy doirala- ri tomonidan ham, keng jamoatchilik tarafidan ham qizqin kutib olindi. Isroil Prezidenti Ezer Vey smarming qarorgohida bo‘lib o‘tgan davlatimiz rahbarini rasmiy kutib olish marosimida mamla­kat Bosh vaziri Benyamin Netanyahu ham ishtirok etgani buning dalillaridan biridir. Chunki, odatda bunday marosimlarda Bosh va- zir ishtirok etmasdi.
Tashrifiiing ikkinchi kunida ikki mamlakat rasmiy delegatsiya- larining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida asosiy e’tibor ham shu o‘zaro hamkorlikning huquqiy asosini mustahkamlash masala- siga qaratildi. Muzokaralar yakunida ushbu maqsadga xizmat qiluv­chi muhim hujjatlar imzolandi. Jumladan, Prezident Islom Karimov hamda Bosh Vazir Benyamin Netanyahu mamlakatlarimiz hukumat- lari o‘rtasida ikki tomonlama soliq solmaslik, daromad va kapitalga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olish, shuningdek, o‘zaro savdo va iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimlarga imzo chekdi- lar. Qolaversa, ikki davlat o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish­da hamkorlik, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilish, o‘zaro texnik hamkorlik, soliq hamda soliqni saqlash sohalarida hamkor­lik qilish, 0‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan Isroilning tashqi savdo sug‘urta korporatsiyasi «IFTRIK» o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. Bulami birma-bir izoh- lab o‘tirishning hojati yo‘q. Ular qanday ahamiyatga ega ekanini hujjatlarning nomlaridan ham anglab olish qiyin emas. Eng muhimi, shunday keng qamrovli hujjatlar imzolanganining o‘ziyoq tashrif- ning samarali bo‘lganini aytib turibdi.
Muzokaralar so‘ngida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mam­lakatimiz rahbari О‘zbekiston bilan Isroil iqtisodiyotida bir-birini to‘ldiruvchi omiliar talaygina ekanini ta’kidladi. Ya’ni, tabiiy resurs- larimizdan unumli foydalanish uchun bizga zamonaviy texnologiya kerak. Xususan, Isroilning qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, dehqon­chilik, urug‘chilik, oziq-ovqat va parrandachilik kabi yo‘nalishlarda katta foyda keltiradigan minitexnologiyasiga bizda ehtiyoj bor. Bu esa o‘z navbatida 0‘zbekiston, qolaversa Markaziy Osiyo bozorida Isroilning faol ishtirok etishi uchun sharoit yaratadi. Telekommuni- katsiya va farmatsevtika sohalari ham o‘zaro hamkorligimizda aso­siy yo‘nalishlardan sanaladi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikda 0‘zbekistonning qiziqishlari nimalarda ko‘rinadi? Bilamizki, Isroil qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan mamlakat. Suv tanqis, boshdan oyog‘i tosh va biyday daladan iborat zaminda paxtachilik, urug‘chilik, chorvachilik, deh­qonchilik bo‘yicha qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar kishini mulohaza- ga chorlaydi. Mamlakatda 5,6 million aholi istiqomat qiladi. Uning mehnatga yaroqli qismi esa 40^42 foizni tashkil etib, shundan atigi uch foizigina qishloq xo‘jaligi bilan band. Ana shu uch foiz odam butun mamlakatni qishloq xo‘jalik mahsuloti bilan ta’minlabgina qolmasdan, o‘z mahsulotini chetga eksport ham qiladi. 0‘z-o‘zidan ayonki, hammasining siri texnologiyada, mavjud imkoniyatdan oqi- lona foydalana bilishda.
Tashrif chog‘ida Islom Karimov Isroildagi «Zeraim Gede- ra» nomli ilmiy ishlab chiqarish va yangi navlar yaratish majmui bilan tanishdi. Mutaxassislaming fikricha, «Zeraim Gedera» pax­ta navlari bilan hosildorlikda katta ko‘rsatkichlarga erishish mum­kin. Tajriba uchastkasidagi g‘o‘zapoya naqd odam bo‘yi keladi. Bitta tupda 19-20 tagacha ko‘sak bor. Har bir ko‘sakdagi paxta- ning og‘irligi 8 grammgacha tosh bosadi. Vaholanki, bizda bit­ta ko‘sakdagi paxtaning og‘irligi ikki barobar kam - 4 grammni tashkil etadi. Tomchilab sug‘orish borasida ham «Zeraim Gedera» texnologiyasi bizga qo‘l kelishi mumkin. Masalan, bu yerda bir gek­tar dalani sug‘orish uchun 3-5 ming metr kub suv sarflanadi. Biz­da esa shuncha maydonga 11 ming kub metr suv ketadi. Isroilning yutuqlari e’tiborga molik. Bu yerda gektaridan 70 sentnergacha hosil ko‘tarilsa, bizda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 26-27 sentnemi tashkil qi- ladi. Bu ko‘rsatkichlami taqqoslayotganimizning boisi bor. Yerimiz Isroil yerlaridan unumdorroq, baquwatroq. Demak, biz ulardan ham ko‘proq hosil olishimiz mumkin. Xalqimizning aqliy salohiyati, iqti- dori va qobiliyati ham o‘zgalardan ortiq bo‘Isa ortiq, lekin zinhor kam emas. Dunyoda yemi o‘zbek dehqonichalik sevadigan, ardoq- laydigan odamni topish ham amri mahol. Faqat qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyani kiritish zarur. Shu ma’noda, Isroildagi bu kabi firmalar bilan hamkorlik biz uchun ayni muddao. Bu bitta pax- tachilik misolida ko‘rganimiz, holbuki, Isroilda chorvachilik, parran- dachilik kabi sohalarda ham shunday imkoniyatlar mavjud.
Mamlakatimiz rahbari shu yeming o‘zidayoq 0‘zbekiston «Ze- raim Gedera» bilan ikkita loyiha bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi: biri paxtachilik texnologiyasining to‘la komp- leksi, ikkinchisi ~ turli sharoitda chigitni sinab ko‘rish bilan bog‘liq. Paxtachilik texnologiyasining to‘la kompleksi degani navni tanlash- dan tortib to paxtani yig‘ishtirib olgunga qadar qilinadigan ishlar- ni anglatadi. Ikkinchi loyiha o‘z-o‘zidan tushunarli. Islom Karimov irrigatsiya va tomchilatib sug‘orish, chorvachilik, urug‘chilik, par- randachilik kabi sohalar bo‘yicha tashkil etilgan kichik ko‘rgazmani tomosha qildi. Davlatimiz rahbari Isroil minitexnologiyalarini 0‘zbekistonda qo‘llash, o'zaro hamkorlik uchun zarur omillar haqi­da gapirar ekan, jumladan, shunday dedi:

  • Bu texnologiyalami bizda qo‘llash uchun nimalar kerak? Av- valo, biz Isroilga tashrifimiz chog‘ida buning uchun zarur huqu­qiy zamin yaratdik. Kafolat kerak va biz bu kafolatni bera olamiz. 0‘zaro ishonch kerak. 0‘ylaymanki, o‘zaro ishonchimiz iigaridan mustahkam, u bugun yangicha shakl kasb etayapti. Isroil qo‘lga kiri- tayotgan natijalarga biz ham erishmog‘imiz kerak.

0‘zbekiston Isroil bilan samolyotsozlik sohasida ham ikki to­monlama manfaatli hamkorlik qilishi mumkin. 0‘zbekiston jahon- ning yirik samolyotsozlik kompaniyalari bo‘lmish «Boing», «Yevropa Eyrbas Indastriz» bilan mustahkam aloqa o‘matgan. Q‘z navbatida Isroil samolyotsozlik zavodi - «Isroil eyrkraft indastriz LTD» korpo­ratsiyasi ham jahonda o‘znufuziga ega. Unda fuqaro aviatsiyasi uchun hamda harbiy sohalar bo‘yicha samolyotlar, ulaming ehtiyot qismlari ishlab chiqariladi. Qolaversa, zavodning elektronika sohasidagi fao­liyati ham e’tiborga molik. Uni 1998-yilgi savdosi 2 milliard AQSH dollari miqdorida baholanayotir. Bu hazilakam ko‘rsatkich emas.
Turkiya, Eron, Pokiston, Hindiston davlat va hukumat boshliq- larining 0‘zbekistonga rasmiy safari paytida imzolangan hujjatlar esa davlatlararo munosabatlami yanada rivojlantirishga xizmat qil- moqda.

  1. yil 28-noyabrda 0‘zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotlariga a’zo bo‘lib kirdi.

  1. yil 10-mayda Ashxobodda 0‘zbekiston, Qozog1 iston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbar- lari «Trans-Osiyo» temir yo‘lini vujudga keltirish maqsadida Tajan- Seraxs-Mashhad temir yo‘li qurilishi haqidagi bitimni, bojxona xiz- matini tashkil qilish, shu soha uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash haqidagi hujjatlami imzoladilar.

0‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1999-yil 10-11-may kunlari EKO - Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlarining beshinchi uchrashuvida qatnas- hish uchun Almati shahriga tashrif buyurdi.
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotini 1977-yili Pokiston va Tur­kiya davlatlari birgalikda tashkil etgan edi. 1992-yili 0‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon vaAfg‘onistonning qo‘shilishi bilan mazkur tashkilotning hududiy qamrovi kengaydi, unga a’zo bo‘lgan davlatlaming iqtisodiy, madaniy sohalarda ham­korlik qilishi uchun qulay imkoniyatlar yaratildi.
Shu o‘rinda aytish lozimki, Prezident Islom Karimov doimo EKO - iqtisodiy tashkilot ekanligi, binobarin, uning faoliyatini si- yosiylashtirish va mafkuralashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini qat’iyat bilan ta’kidlab keladi.
Davlatimiz rahbari 0‘zbekistonning EKO faoliyatida qatnashi- shidan ko‘zda tutilgan maqsadlar haqida ham to‘xtaldi. Birinchi- dan, bu tashkilot ishida ishtirok etish bizga qo‘shni davlat bilan o‘zaro munosabatlami yanada mustahkamlash uchun zarur. Bu o‘z navbatida mamlakatimizning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qila­di. Ikkinchi maqsad esa, mintaqadagi gumanitar muammolami bir­galikda hal etish, tarixiy zamini bir bo‘lgan xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalami mustahkamlashdan iboratdir. Uchinchidan, eng muhim vazifa - bu mavjud tabiiy salohiyatimizni dunyoga olib chiqish uchun kommunikatsiya tarmoqlarini vujudga keltirishdan iboratdir. Chunki bu muammoni hal etmay turib, 300 million aholi yashaydigan ulkan hududda iqtisodiy taraqqiyotga erishish qiyin.
So‘ng sammit qatnashchilari - Afg‘oniston, Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmanis­ton davlat va hukumat boshliqlarining, shuningdek, EKO Bosh koti- bi hamda bir necha nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillarining nutq va ma’ruzalari tinglandi.
Notiqlar EKO doirasidagi hamkorlik berayotgan ilk samaralar haqida to‘xtalib, mintaqa mamlakatlarining iqtisodiyot, madaniyat, kommunikatsiya sohalarida birgalikda amalga oshirajak loyihalari taraqqiyotimizni tezlashtirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishta- larini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar. Tashkilot faoli­yatini kengaytirish va takomillashtirish yo‘llarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda 0‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari har qanday xalqaro tashkilotning, jumla­dan, EKO va uning ijroiya qo‘mitalarining faoliyati ham baholashda amaliy ishlar asosiy mezon bo‘lishi lozimligiga sammit qatnashchi- larining e’tiborini qaratdi. Xalqlarimizga quruq va’dalar, balanpar- voz shior va tashabbuslar emas, balki amaliy, aniq ishlar kerak. Hech kim bunday yuksak minbarlardan siyosiy obro‘ orttirish, boshqalarga o‘z qarashlarini tiqishtirish maqsadida foydalanmasligi lozimligini ta’kidladi.
Sammit qatnashchilari mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘na- lishlari, EKOning kelgusi faoliyatini takomillashtirish yo‘llari belgi­langan Almati Deklaratsiyasini tasdiqladilar. Shuningdek, a’zo mam­lakatlar o‘rtasida yuk tashish borasidagi to‘siqlami bartaraf etishga, kontrabandaga qarshi birgalikda kurashishga qaratilgan hukumatla- raro hujjatlar ham qabul qilindi.
1999-yil 15-mart kuni Turkiya Prezidenti Sulaymon Demirel Toshkentga keldi. Shu kuni Prezidentlar o‘zaro munosabatlaming bugungi ahvoliga doir qator masalalami ко‘rib chiqdilar. Tomonlar- ni qiziqtirgan xalqaro ahamiyatga molik muammolar xususida ham o‘zaro fikr almashildi. Prezidentlaming yakkama-yakka suhbatida terrorchilik, uyushgan jinoyatchilik, qurol-yaroq va narkotik modda­lar kontrabandasiga qarshi kurashda hamkorlikni yanada chuqurlash- tirishga kelishib olindi.
Shundan so‘ng Prezidentlar ishtirokida ikki mamlakat delegat- siyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Unda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalar bo‘yicha ikki tomonlama alo­qalami rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Prezident Islom Karimov 0‘zbekiston - Turkiya munosabatlariga to‘xtalar ekan, bu borada 0‘zbekiston ustuvor, deb qaraydigan soha­lar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992- yilda 75 million AQSH dollarini tashkil etgan edi. 0‘tgan yili bu ko‘rsatkich 275 millionga yetdi. Samarqandda ochilish marosimi o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan «Sam-Kochavto» qo‘shma korxonasi iqtisodiy hamkorlik yuqori pog‘onada ekanini yana bir tasdiqlaydi. Umuman, Turkiya 0‘zbekistonga eng ko‘p sarmoya kiritgan mam­lakat hisoblanadi. Lekin shunday bo‘lsa-da, ko‘proq e’tibor qarata- digan ayrim jihatlar ham mavjud. Masalan, ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyaning faoliyati so‘nggi paytlarda susaydi. Muzokaralarda bunday masalalami hal etish yuzasidan ham filer almashildi.
Muzokaralarda transport kommunikatsiyasi masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Islom Karimov 0‘zbekiston Turkiyaning erkin iq­tisodiy zonalarida joylashgan Istanbul, Trabzon, Adana, Mersin kabi shaharlaridagi portlardan, omborlardan foydalanish tarafdori ekanini va bu masala bo‘yicha muzokaralar boshlashga tayyorligini bildir- di. Shuningdek, davlatimiz rahbari Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish 0‘zbekiston uchun yanada keng imkoniyat- lar ochishini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, muzokaralarda ilm-fan, madaniyat, ta’lim sohalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
0‘zbekiston Sharq va Tinch okeani havzasi mamlakatlari - Xi­toy, Janubiy Koreya, Indoneziya, Yaponiya, Malayziya bilan diplo­matik, iqtisodiy va madaniy aloqalami yo‘lga qo‘ydi. Chunonchi, Janubiy Koreyaning olamga mashhur DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda Asaka shahrida «0‘zDEUavto» 0‘zbekiston - Koreya qo‘shma avtomobil zavodi qurishga kelishilgani olamshumul aha- miyatga ega bo‘ldi. 1996-yilning 19-iyulida ushbu zavodning ishga tushishi bugungi kunda 0‘zbekistonni jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakat qatoriga olib chiqdi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1999-yil 6-aprel kuni «Do‘rmon» qarorgohida Yaponiyaning «Keyzay Doyu- кау» korporativ rahbarlar uyushmasi prezidenti Koichi Minaguchi rahbarligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.
0‘zbekiston Prezidenti Yaponiya bilan hamkorlik qilishga alo­hida e’tibor beradi. 1995-yildan buyon Yaponiyaning 0‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi bir milliard AQSH dollaridan oshib ketdi. 0‘zaro tovar ayirboshlash hajmi esa 1998-yilda 117 million AQSH dollarini tashkil qildi. Bu 1997-yildagiga nisbatan 27 foiz ко‘p.
0‘zbekiston - Yaponiya iqtisodiy hamkorligi ulkan loyihalami ham o‘z ichiga oladi. Masalan, Ko‘kdumaloq va Sho‘rtandagi neftgaz sanoati inshootlarini shular jumlasiga qo‘shish mumkin. Yaponiyaning 0‘zbekistonga imtiyozli kreditlar berayotgani ham diqqatga sazovor. Ayni paytda Yaponiyaning o‘nlab firma va kom- paniyalari 0‘zbekistonda ana shunday turdagi kreditlar bo‘yicha ishlamoqda.
Uchrashuvda yaponiyalik mehmonlarga xususiylashtirish, kom- munikatsiya va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish taklifi ilgari surildi. Xususan, mamlakatimizga tashrifi chog‘ida Yaponi- ya delegatsiyasi a’zolariga xususiylashtirilayotgan yirik korxonalar ro‘yxati taqdim qilindi. Prezidentimiz qurilishi boshlab yuborilgan Andijon-0‘sh-Qashqar temiryo‘li va shu yo‘nalishdagi avtomobil yo‘li haqida ham so‘zlab, Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash doirasida amalga oshirilayotgan bu loyiha 0‘zbekistonni Xitoy portlari orqali Yaponiya bilan bog‘lashini ta’kidladi.
0‘zbekiston BMT minbaridan turib, birinchi bor ushbu tashki- lotning Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zoligiga Yaponiyani doimiy a’zo sifatida qabul qilish tashabbusini ilgari surgan davlatdir.
Ta’kidlash joizki, 0‘zbekiston - Yaponiya iqtisodiy munosa- batlarining rivojlanishida «Keyzay Doyukay» muhim o‘rin tutadi. Masalan, mamlakatdagi eng yirik kompaniya va korporatsiyalar- ning rahbar xodimlaridan tashkil topgan bu uyushma tashabbusi bilan 0‘zbekiston Yaponiya hukumati imtiyozli kreditlar ajratishni ko‘zda tutadigan davlatlar sirasiga kiritilgan. Uyushmaning o‘ziga xosligi va mamlakatdagi boshqa ishbilarmonlar tashkilotlaridan farqi shuki, uning a’zolari garchi yirik firma va kompaniyalar rah­bari bo‘lishiga qaramay, oddiy tahlilchi-iqtisodchi sifatida ishlaydi. Ular faqat iqtidoriga qarab qabul qilinadi. Hozirgi kunda Yaponi­ya korporativ rahbarlar uyushmasi tarkibida 1600 ga yaqin a’zo bor. Yana bir jihati shuki, uyushma hech qanday siyosiy masala- ga aralashmaydi. Uning a’zolari yirik ishbilarmonlaming siyosiy maydonidagi o‘mini yaxshi anglasa-da, faqat iqtisodiy tahlil va tadqiqotlardan kelib chiqqan holda hukumat vakillariga taklif va tavsiyalar berish bilan cheklanadi.
Uchrashuvda Prezident Islom Karimov mamlakatimizda chet ellik ishbilarmonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit, 0‘zbe- kistonning iqtisodiy siyosati, xorijdagi moliyaviy muassasalar bilan hamkorligi borasida so‘zladi.
«Keyzay Doyukay» delegatsiyasi rahbari 1997-yilda 0‘zbe- kistonni ziyorat etganidan so‘ng, bu yerda ulkan o‘zgarishlar amal­ga oshirilganiga guvoh bo‘lganini ta’kidladi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiy inqirozni boshdan kechirayotgan bo‘lishiga qaramay, 0‘zbekiston iqtisodiy yutuqlarga erishayotgani amalga oshirayotgan islohotlaringizga ishonchimizni yanada oshiradi, - dedi mehmon.
Yaponiya delegatsiyasi tarkibida ushbu mamlakatning sobiq davlat iqtisodiy rejalashtirish vaziri, ayni paytda parlament a’zosi Taro Aso ham bor. Prezidentimiz bilan uchrashuvda u Yaponiya hu­kumatining yangi imtiyozli kreditlari haqida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mamlakatimiz viloyatlarida telekommunikatsiya so- hasini zamonaviylashtirish uchun 12,7 milliard, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofazasi uchun 670 million iyen miqdorida kredit ajra- tildi. Ayni paytda 0‘zbekistonda Yaponiya markazini ochish imkoni- yatlari o‘rganilmoqda.
Muloqot chog‘ida 0‘zbekiston bilan Yaponiya korporativ rah- barlar uyushmasi o‘rtasidagi munosabatlami rivojlantirishga qaratil­gan boshqa ko‘plab masalalar ham muhokama qilindi.
E’tirof etmoq kerakki, so‘nggi besh yil davomida mamlakatimiz xalqaro huquqning eng asosiy tamoyillariga BMT ustaviga sodiqli- gini mustahkamladi.
Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil 0‘zbekiston diplomati- yasining dastlabki qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi o‘mi alohida ekanini tan olayotganligi ham bejiz emas.
0‘zbekiston tashqi siyosatining ma’naviy yo‘nalishi, inson- parvarlik, oshkoralik, qadr-qimmat o‘z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lishdir. Shu bois ham o‘tgan besh yil davomida mamlakatimiz 120 dan ortiq davlatlar bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘matgan, Toshkent­da 35 mamlakat o‘z elchixonasini ochdi, 19 xorijiy davlat elchisi 0‘zbekistonda o‘rindoshlik yo‘li bilan ishlab turibdi. Bular shubha­siz, 0‘zbekiston o‘tgan besh yil ichida jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘mini egallashga muvaffaq bo‘lganligidan dalolatdir.
Mavzuga doir material
Madaniyat va barqaror rivojlanish BMTning doimiy muvo- fiqlashtiruvchisi janob Xolid Malikning 1996-yil Buxoroda bo‘lib o‘tgan «Buyuk Ipak Yo‘lini, Madaniy Sayyohlikni qayta tiklash va 0‘zbekistonda Qadimgi merosni tiklash» bo‘yicha Xalqaro Konfe- rensiyada so‘zlagan nutqidan ko‘chirma.
«Madaniyat Insoniy taraqqiyot konsepsiyasidagi o‘zak jihatlar- dan biridir. Insoniy taraqqiyot odamlar uchun yetishish oson bo‘lgan tanlashni, birinchi navbatda daromadlarga daxldor bo‘lgan tanlash­ni, shuningdek, odamlar yashayotgan atrof-muhitni tanlashni, ular­ning bir qismi bo‘lgan madaniyatga o‘z hissalarini qo‘shish va unda ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish jarayonidan iboratdir. Q‘z navbatida tanlash imkoniyatlarini kengaytirish insoniy qobiliyatlami va odamlarda mavjud bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishni talab etadi.
Agar madaniyat deganda biz turmush tarzini tushunsak va rivoj­lantirish uchun uning BMT dagi insoniy qobiliyatlarini rivojlantirish degan ta’rifini qabul qilsak, ana shu ikki tushuncha o‘rtasidagi mu­him aloqa madaniyat insoniy imkoniyatlarini qanchalik kengaytirishi mumkinligida namoyon bo‘lishi mumkin.
Odamlar va madaniyatlar o‘rtasidagi dialog hamda о‘zaro ham­korlik, hamjihatlik o‘z nomi bilan qadriyat hisoblanadi. U to‘g‘ridan to‘g‘ri insoniy qobiliyatlami yaxshilaydi. Qadriyatlar va g‘oyalami almashish, u mahalliy yoki xalqaro darajada amalga oshirilishiga qaramay, agar u madaniyatlami o‘zaro hurmat qilishga asoslangan bo‘Isa, ijtimoiy uyg‘unlik va taraqqiyotga olib kelishi mumkin.
Jamiyatda uyg‘un bo‘lib yashash uchun tegishli yakka tartibdagi va jamoa ko‘nikmalariga ega bo‘lish kerak, ular tarbiyalanishi va rivojlantirilishi kerak.
Odamlaming bir-birlari bilan o‘zaro hamjihatligi, turli nuq­tayi nazarlami hurmat qilishi va hamkorlik qilish masalalari shunday nomoddiy aktivlar hisoblanadiki, ular jamiyatning yaxlitligini saq­lash va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan bog‘lovchi vositaning bir qismini tashkil etadi. Odamlaming tabiatga va atrof-muhitga qanday munosabatda bo‘lishlarini belgilovchi madaniyat ham ana shunday bog‘lovchi vosita hisoblanadi.
Keyingi ikki asrda keng mintaqaviy va xalqaro hamjamiyatlar- dan ajralib yashayotgan joyda vujudga kelgan Markaziy Osiyoning Yangi davlatlari uchun madaniyat va madaniy o‘z-o‘zini ifodalashi insoniy qobiliyatlarini kuchaytirish uchun qudratli vosita hisobla­nadi, bular esa o‘z navbatida jamiyat integratsiyasiga hamda tinch holda o‘z g‘oyasini ifodalashi, bunyodkorlik va barqarorlik rivojla- nish uchun qulay sharoitlar yaratishga ta’sir ko‘rsatadi. Madaniyatini tinch holda ifodalash odamlami birlashtiradi va milliy hamda minta­qaviy hamjamiyatlarda birlashtiruvchi, mazmunli aloqalami vujudga keltiradi.UNESKOning ustavida ma’noli va to‘g‘ri yozilganidek, jahon odamlaming aqlida mujassamdir. Madaniyat kayfiyatni belgilaydi, agar u to‘g‘ri yo‘naltirilsa, boshqa millatlarga hurmatga va boshqa madaniy erkinliklarga hurmatga o‘z hissasini qo‘shadi. 100 dan ortiq millat istiqomat qiladigan mamlakatda madaniy xilma-xillik mavjud bo‘lib, u o‘zgarishlami amalga oshirish uchun qudratli kuch bo‘lishi mumkin. Bu shunday kuchlarki, ular jamiyatai uzoq muddatga ilg‘or va jo‘shqin qilishi mumkin.

  • * *

Buyuk Ipak yo‘li Sharq-u G‘arbni bog‘lab turgan, siyosiy- iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy ahamiyatga ega boigan ulkan voqe- likdir. Uning tarixiy ahamiyatini hisobga olib birinchi marta Brussel uchrashuvida Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog‘laydigan «Yevropa- Kavkaz-Osiyo» transport yo‘lagi - TRASEKAni barpo etish masa- lasi ko‘rib chiqildi va shu bo‘yicha Deklaratsiya qabul qilindi. Aytish mumkinki, ayni shu uchrashuv Buyuk Ipak yo‘lini tiklash borasi- dagi dastlabki amaliy qadam bo‘ldi. Darvoqe, tarixda Mashriqdan Mag‘ribga, Mag‘ribdan Mashriqqa o‘tgan yo‘llar ko‘p bo‘lgan. Ular muayyan sabablarga ko‘ra turlicha nomlangan. Jumladan, «Lazurit yo‘li», keyinroq «Shoh yo‘li», «Buyuk Ipak yo‘li»... Bugun esa - TRASEKA deb atalmoqda.
0‘zbekiston Prezidenti I. Karimov 1998-yil 8-sentabr kuni Ozarbayjon poytaxtida ish boshlagan Buyuk Ipak yo‘lini tiklashga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. TRASEKA das­turi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga nafaqat unga ishtirokchi mamlakatlar, balki jahondagi boshqa davlatlar ham katta qiziqish bi­lan qaramoqda. Mazkur anjumanda jahonning 32 mamlakati hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki. Jahon banki kabi o‘ndan oshiq nufuzli xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etdi.

  1. yil Saraxsda Markaziy Osiyo bilan Eron temiryo‘1 tar- moqlarining tutashtirilgani TRASEKA loyihasini amalga oshirishda dastlabki katta ishlardan biri bo‘lgan edi. Xuddi o‘sha, 1996-yil 13- may kuni 0‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston o‘rtasida o‘zaro erkin tranzit to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Buyog‘i Ya- poniyadan to Adriatika dengiziga qadar cho‘zilgan ushbu qadim kar- von yo‘lining muhim bo‘lagidan foydalanishni boshlagan respubli- kalaming sarf-xarajati kamayadi.

Birgina 0‘zbekiston uchun mazkur shartnoma kuchga kirgani- dan so‘ng paxta tashishga ketadigan xarajatning 12 million dollari iqtisod qilinadi. Chunki TRASEKA shimoliy yo‘nalishga nisbatan 2 ming kilometr qisqadir. Qolaversa, mintaqa iqlimi undan yil - o‘n ikki oy to‘xtovsiz foydalanish imkonini beradi. Yana bir misol: 0‘zbekiston o‘z paxtasini, Qozog‘iston va Rossiya orqali Ukraina portlariga yetkazish uchun tonnasiga 100 dollardan ziyod mablag‘ sarflaydi. TRASEKA orqali tashilganda esa ushbu ko‘rsatkich 55 dollami tashkil etadi, xolos.
TRASEKA loyihasining amalga oshishi 0‘zbekistonni Yevropa va Osiyo transport tarmoqlariga tutashtiribgina qolmasdan, uning eksport imkoniyatlarini oshiradi, loyihada ishtirok etuvchi mamla- katlar bilan savdo aloqalarini yanada kengaytiradi. 1996-yil Trans- kavkaz yo‘lagi bo'yicha 0‘zbekistonga keltirilgan va olib chiqib ke- tilgan mahsulot hajmi salkam 140 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa,

  1. yil bu ko‘rsatkich 285 ming tonnaga yetdi.

0‘zbekiston bugun TRASEKA dasturi bo‘yicha amalga oshiri- layotgan ishlarda faol ishtirok etish bilan cheklanib qolmay, trans­port kommunikatsiyasi imkoniyatlarini kengaytirish borasida boshqa loyihalami ham amalga oshirayotir. 0‘zbekiston qo‘shni Qirg‘iziston hamda Xitoy bilan Toshkent - Andijon - 0‘sh - Irkeshtom yo‘lini qurish va ta’mirlash bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilayotir. Buyuk Ipak yo‘lining bir qismi hisoblanmish bu yo‘nalish Yevropa mamla- katlarini Osiyo davlatlari bilan bog‘laydi.
Konferensiyada ishtirok etgan davlatlar rahbarlari hamda xal­qaro tashkilotlar vakillari TRASEKA yo‘lagini rivojlantirish, transport infratuzilmalarini yanada takomillashtirish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, TRASEKA doirasidagi hamkor- iikning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida o‘z nuqtayi na- zarlarini bayon qildilar. Ta’kidlash kerakki, 0‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning takliflari konferensiya ishtirokchilari tomonidan qizg‘in kutib olindi.
Islom Karimov TRASEKA loyihasini amalga oshirish, umuman, qadimiy Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash zarurati ayrim kishilar- ning xohishidan emas, balki vaqt, sharoit, dunyoviy taraqqiyot talab- lari natijasida paydo bo‘!ayotganini alohida ta’kidladi.
Qadim zamonlardayoq hayotning o‘zi odamlami o‘zaro ham­korlik uchun qisqa va qulay yo‘llami qidirishga majbur qilgan, dedi Islom Karimov. Bunga faqatgina savdo-sotiq ehtiyoj i emas, balki mustahkam iqtisodiy, madaniy va ma’naviy aloqalami o‘matish zaruriyati ham sabab bo‘lgan.Ayrim kuchlar TRASEKA doirasidagi hamkorlikka siyosiy tus berishga harakat qilmoqda. Ulaming maqsadlari aniq: o‘zlaricha go‘yoki dunyoning yangidan bo‘linishi va shunga o‘xshash «o‘yin»lami o‘ylab topib, mamlakatlar, xalqlar o‘rtasiga nifoq solish, taraqqiyotga to‘siq bo‘lish. Mamlakatimiz rahbari masa- laning shu jihatiga e’tibor qaratib, bunday harakatlarga mutla- qo barham berish kerakligini aytdi. Shuningdek, Islom Karimov Yevropa - Kavkaz - Osiyo transport yo‘lagi mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mazkur yo‘nalishda joylashgan mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish, qolaversa, millatiararo hamda davlatlararo muammolami yechishda katta samara beraja- gini ta’kidladi.
Hozirga qadar jahonning 50 ta mamlakati TRASEKA yo‘lagi orqali o‘z yuklarini manzillariga yetkazmoqda. Mazkur loyihaga qo‘shilishni istovchi mamlakatlar soni ham tobora oshib borayapti. TRASEKA dasturini amalga oshirishda Yevropadagi siyosiy, iqtiso­diy va moliyaviy tashkilotlar yaqindan yordam ko‘rsatyapti. Xo‘sh, bulaming hammasi nimadan dalolat beradi? Mazkur yo‘lakdan Sharq ham, G‘arb ham birday manfaat topadi. Markaziy Osiyo va Kavkaz uchun jahon bozoriga keng yo‘l ochiladi. Yevropa mam­lakatlari uchun esa o‘z mahsulotlarini Kavkaz va Markaziy Osiyo bozorlariga kiritish, mazkur mintaqalarda o‘zlarining moliyaviy ish- tirokini kuchaytirish imkoniyati tug‘iladi.
Boku konferensiyasida TRASEKA loyihasini amalga oshi­rish bo‘yicha hukumatlararo komissiyani tashkil etish, uning doi- miy kotibiyatini ta’sis qilish va bosh qarorgohini Bokuda joylash- tirish bo‘yicha o‘rtaga tashlangan taklif ishtirokchilar tomonidan ma’qullandi. TRASEKA loyihasini amalga oshirishda uni mablag1 bilan ta’minlash masalasi ham ishtirokchilar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi va TRASEKA banki tashkil etish taklifi bir ovozdan qo ‘ llab-quwatlandi.
Anjuman nihoyasida Yevropa - Kavkaz - Osiyo yo‘lagini ri­vojlantirish bo‘yicha xalqaro transport to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama Bitim imzolandi. Mazkur hujjat xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish- ni rivojlantirish va boshqarish, transport sohasidagi huquqiy me- zonlami о‘zaro muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, an- jumanda Boku Deklaratsiyasi hamda Buyuk Ipak yo‘lini tiklashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘yicha yakuniy Kommyunike qabul qilindi.
yil 6-noyabr kuni Toshkentdagi «Interkontinental» meh- monxonasining Amir Temur zalida UNESKO Ijroiya Kengashi 155- sessiyasining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
155-sessiya 19-oktabr kuni Parijda ochilgan edi. Uning aso­siy mavzusi «Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 50 yilligi, eslamoq burchi va hushyorlik zaruriyati - qullikdan inson qadr-qimmatining tiklanishi sari», deb belgilangan edi. Sessiyada UNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan qabul qilingan UNESKO faoliyat dasturlarining bajarilishiga oid hisobot ma’ruzasi va turli tashkiliy masalalardan tashqari, dunyoviy madaniyat ravnaqiga bag‘ishlangan uchta hujjat qabul qilinishi mo‘ljallangan edi. Birin­chi hujjat BMT uchun mo‘ljallangan dunyoviy madaniyat haqida­gi jamlanma ma’ruza, ikkinchisi - «Dunyoviy madaniyat yo‘lida» deb nomlangan sohalararo loyihaning baholanishi haqida edi va ular Parijdagi yig‘ilishda qabul qilindi.
Uchinchi hujjat esa 0‘zbekiston tomonidan taklif qilingan «Dunyoviy madaniyat va UNESKOning a’zo mamlakatlaridagi fao­liyati» deb nomlangan qaror loyihasi bo‘ldi.
0‘zbekiston hukumatining taklifiga binoan Ijroiya Kengash qaror- lari ro‘yxatiga kiritilgan bu hujjat loyihasi 15 5-sessiyaning Toshkentda o‘tadigan yakuniy yig‘ilishida qabul qilinishi mo‘ljallangan edi.
Sessiyaning yakuniy yig‘ilishini UNESKO Ijroiya Kengashi raisi Pal Pataki ochdi. Rais sessiya kun tartibiga 0‘zbekiston to­monidan kiritilgan hujjatning ahamiyati haqida gapirar ekan, uning dunyoviy madaniyat shakllanishida muhim omillardan biri bo‘lib qo- lishini ta’kidladi. Shuningdek, hujjat muhokamasini 0‘zbekistonda o‘tkazish taklifi ko‘pchilik tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilin- ganini qayd etdi.
Sessiyada 0‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.
UNESKOning o‘sha paytdagi Bosh direktori Federiko Mayor sessiyaning yakuniy yig‘ilishini 0‘zbekistonda o‘tkazish taklifini bildirgani uchun Prezident Islom Karimovga anjuman qatnashchilari va tashkilot nomidan minnatdorchilik izhor qildi.
«Men, - deb ta’kidladi o‘z so‘zida F. Mayor, - 0‘zbekiston xal­qi boshidan kechirayotgan bugungi murakkab o‘tish davrida fan va madaniyat, ma’naviyat ravnaqiga qo‘shayotgan ulkan xizmatlaringiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiraman. Chunki Siz ma’naviyatni tiklashdagina emas, uni yosh avlodga singdirishda ham katta xizmat qilmoqdasiz».
F. Mayor UNESKO faoliyati haqida gapirib, uning tinchlikni saqlashda fan, ta’lim va madaniyatni asos qilib olgani 0‘zbekiston hukumati olib borayotgan siyosat bilan hamohang ekaniga e’tibor qaratdi. Prezident Islom Karimovning «Biz kelajakning poydevo- rini qo‘ymoqdamiz», degan so‘zlarini esladi va bunga misol qilib 0‘zbekistonda ta’lim, fan va ma’naviyat sohasida erishilgan yutuq- lami keltirdi. 0‘zbekiston tajribasi dunyoviy madaniyat shakllani- shida muhim bo‘g‘inlardan biri bo‘lishini qayd etdi.
UNESKO bosh direktori tashkilotning Abu Ali ibn Sino nomi­dagi oltin medaliga sazovor bo‘lgani bilan Islom Karimovni qutladi va oltin medalni 0‘zbekiston Prezidentiga topshirdi.
UNESKOning Vatanimizda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro anjuma- ni ham shu asosiy maqsad yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib qolishi, shubhasiz.
Zotan, ikkinchi jahon urushi olovining tafti hali bosilmagan olis 1945-yilning 16-noyabrida tuzilgan UNESKO tashkiloti o‘shandan buyon ona sayyoramizda tinchlikni saqlash yo‘lida samarali ishlami amalga oshirib kelmoqda. Bu yo‘lda UNESKOning asosiy quroli ta’lim, fan va madaniyat sohasida insoniyat aql-zakovati erishgan yutuqlami dunyo bo‘ylab yoyishdan iborat bo‘ldi.
Tabiiyki, ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bo‘lgan UNESKO sessiyasi ishtirokchilarining aksariyati olimlardir. Ular Prezident Islom Karimov kitoblarini o‘qib, uni shu mahalgacha faqat nazari- yotchi sifatida bilganlarini, endi 0‘zbekiston bilan tanishib, bu yer­da o‘tkazilayotgan islohotlar va ulaming ilk natijalaridan boxabar bo‘lib, 0‘zbekiston Prezidenti faqat nazariyotchi emas, balki izchil amaliyotchi ham ekanligini e’tirof qiladilar.
Sessiya ishtirokchilaridan biri «0‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovni kelgusi ming yillikning kishisidir, deya ishonch bilan ta’kidlayman», dedi.
Barcha ma’ruzalarda 0‘zbekiston qadimiy madaniyat beshik- laridan birigina emas, ayni chog‘da xalqlaming tinch-totuv yasha- shi, ma’naviy merosga munosabat nuqtayi nazaridan bugungi zamon davlatlarining ko‘piga o‘mak bo‘larli jamiyat ham ekani qayd etildi.
Mavzuga doir material
O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi elchixonasida mamlakatimiz Prezidenti I. Karimovning polyak tilida nashr etilgan «0‘zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Marosimda Polshaning rasmiy doiralari, ilmiy tadqiqot muassasalari, Varshavada akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatiya vakolatxonalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi
Taqdimot davomida uning qatnashchilari «0‘zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi» asari bilan atroflicha tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining ushbu kito­bi yuzasidan o‘zlarining mufassal tahliliy fikr-mulohazalarini bildi- rishar ekan, 0‘zbekistonda barqaror bozor munosabatlari va ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini tadrijiy ravishda hamda bosqichma-bosqich bar­po etish maqsadida amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islo­hotlaming hozirgi holati va istiqbollarini yuqori baholashdi. Maro­simda 0‘zbekiston rivoj lanishi strategiyasiga muvofiq, mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash bo‘yicha maqsad va vazifalar birinchi darajali bo‘lib qolaverishi yo‘lining to‘g‘ri ekanligi bir necha bor ta’kidlandi.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish