“ Sho‘rtangazkimyo” majmuasi 0‘zbekiston sanoatidagi mo‘jiza.
Energetika - taraqqiyot tayanchi.
0‘zbekistonning avtomobil sanoati.
Prezident I. Karimov Buxoro neftni qayta ishlash zavodini foydalanishga topshirish paytida.
Zamonaviy kollej va litseylar.
Qadimiy Buxoroning 2700 yillik tantanasi.
Jaloliddin Manguberdi — jasorat timsoli.
Alpomish yurtiga qaytdi.
P rezident I.Karimov g‘oyasi asosida Qarshi shahrida o‘rnatilgan “El-yurt tayanchi” yodgorligi.
Doppi tikdim ipaklari tillodan.
Jahon bilan bellashayotgan musiqa san’ati qaldirg‘ochlari.
Navro‘z bayrami. Ozodlikifori.
Xalq sayli — tinchlik nishonasi.
Mustaqillik bayrami tantanalari.
Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘lur.
0‘zbekmilliy kurashi — Jahon sportining muhim turi.
ш йтш Buyukmuhaddis Imom al-Buxoriy maqbarasi.
Prezident I.Karimov A.Temur yubileyi paytida.
Hazrati Imom majmuasi - yangi me’moriy mo‘jiza.
bobolarimizdan qolgan qadimiy odatlarga binoan xatrni Qur’on bilan boshlandi, yurtga osh tarqatilib duoi takbirlar qilindi.
Ko‘pning duosi - ko‘l, degan naql bor xalqimizda. Umid qila- mizki, shu qutlug1 ayyomda pokiza niyat bilan qilgan xayrli amalla- rimiz, olijanob tilaklarimiz tangrimiz dargohida qabul bo‘lg‘usidir.
Chunki ulug‘ bobolarimizning ruhlarini shod etsak, ulaming ar- vohlarini rozi qilsak, yurtimizga fayz, qut-baraka yog‘iladi, xalqimizning rizqi butun, iymoni mustahkam bo‘lg‘ay, inshoolloh.
Xalqimiz tarixida insoniy kamoloti va ijtimoiy faoliyati bilan dovrug‘ qozongan, millatimiz faxri bo‘lmish ulug‘ zotlar benihoya ко‘p. Ammo ular qatorida yulduzlar aro quyoshday charaqlab turgan bir buyuk zot borki, u Vatanimiz kechmishi, buguni va ertasida be- had yuksak o‘rin tutadi.
U1 muhtaram inson sohibqiron Amir Temur hazratlaridir.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, Amir Temur shaxsi yana Vatan va millat timsoliga aylandi. Istiqlolimizning har bir tadbirida, mustaqil davlatimizning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamroh-u hamnafas bo‘lib bormoqda.
Buyuk shaxslami tarix yaratadi, deydilar. Bunga qo‘shimcha qilib sohibqiron bobomizning suronli hayotini xayol ko‘zgusidan o‘tkazib, buyuk shaxslami millat qayg‘usi, xalq dardi yaratadi, deyish mumkin.
Umrining mazmunini «Millatning dardlariga darmon bo‘lishdan iborat», deb bilgan Amir Temur xalqimizning ana shunday ardoqli, ulug‘ farzandidir.
Muhtaram j amoat!
Hammamiz yaxshi bilamizki, tarixda mashhur jahongirlar ko‘p o‘tgan. Lekin ayting, dunyoning qaysi yerida, qaysi zamonda Amir Temurdek buyuk sarkarda, Amir Temurdek buyuk davlat arbobi, Amir Temurdek ilm-fan, ma’naviyat va ruhoniyat homiysi bo‘lgan?!
Bugun - hayotimizning barcha jabhalarida adolat va haqiqat qaror topayotgan tarixiy bir davrda shu fikmi alohida ta’kidlashni istar edim: