Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


  20.3. Sel toshqinlarini o‘rganish bo‘yicha



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/214
Sana18.02.2022
Hajmi6,22 Mb.
#455054
TuriУчебное пособие
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   214
Bog'liq
pdf (1)

 


181 
20.3. Sel toshqinlarini o‘rganish bo‘yicha
dala tadqiqot ishlari 
 
“O‘zgidromet” 
tizimida 
sel 
toshqinlari 
masalalari 
bilan 
ixtisoslashgan maxsus bo‘limlar shug‘ullanadi. Gidrometeorologik 
stansiyalar va postlarga ega bo‘lgan suv obyektlari (daryolar, soylar)da sel 
oqimlarining shakllanishi va o‘tishi doimiy kuzatib boriladi. Ixtisoslashgan 
bo‘limlar turli dala tadqiqotlari va Gidrometeorologiya xizmati markaziga 
biriktirilgan hududlardagi sellar haqida to‘plangan ma’lumotlarni tartibga 
soladilar. 
O‘z faoliyati davomida selni o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan 
qismlar stansiya va postlarga tayanadilar, oxirgilari esa sellarning hosil 
bo‘lishi haqida axborot beradilar. Sellarni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan 
bo‘limlar xodimlari dala sharoitida ishlash qoidalari bilan tanishtiriladi va 
selni o‘rganuvchi guruhlar bilan birgalikda o‘sha joyning o‘zida kuzatish 
obyektlarini tanlaydilar.
Har yili hosil bo‘ladigan barcha katta va kichik sel oqimlari imkon 
qadar o‘rganilishi lozim. Misli ko‘rilmagan kuchli sel oqimlari o‘tgan 
hollarda gidrometeorologik stansiyalar bu haqda “O‘zgidromet”ga darhol 
xabar berishlari shart. 
Sel havzalarini o‘rganish. 
Sel havzalarini o‘rganish va tadqiq etish 
quyidagi masalalarni hal etish maqsadida olib boriladi: 
a) daryo havzalarida qor to‘planishi, baland tog‘lardagi ko‘llar holati, 
daryo o‘zanlarida tog‘ jinslarining mavjudligi va hokazolarga baho berish; 
b) sel havzalari aks etgan aerofotosuratlarni deshifrovkalash 
natijalarini tahlil qilish; 
v) turli havzalarda sel faoliyati ko‘lami va sel havzalarini solishtirma 
baholash. 
Dala tekshiruvlarini olib borishdan avval, bo‘lib o‘tgan sellar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, sel o‘choqlarini oldindan aniqlash 
maqsadida kartografik va aerofotosurat materiallarini o‘rganish zarur.
Odatda, 
shu 
maqsadda 
1:40000-1:25000 
masshtabdagi 
aerofotosuratlar bo‘yicha sel obyektlari deshifrovka qilinadi, so‘ng nazorat 
aerovizual kuzatuvlari olib boriladi. Deshifrovka natijalari 1:100000, 
1:50000 masshtabdagi topoasosga tushiriladi. Tipik va nisbatan katta 
bo‘lmagan joylarda sel obyektlari topilsa, ularni har tomonlama o‘rganish 
maqsadida kattaroq masshtabdagi aerofotosuratlar yoki topografik 
kartalardan foydalanish mumkin.
Shuningdek, aerovizual kuzatuvlar bevosita yer yuzasidagi 
rekognossirovka tekshiruv ishlari bilan birgalikda olib borilishi ham 


182 
mumkin. Tekshirilayotgan hududni aerovizual o‘rganish natijasida ma’lum 
bo‘lgan va yangi aniqlangan sel obyektlari yirik masshtabli topografik 
kartada maxsus, masshtabdan tashqari belgilar bilan ko‘rsatiladi.
Sel toshqinlari oqiziqlarining daryo yoki soylar uzunligi bo‘yicha va 
ularning qayirlarida cho‘kish zonalarini tekshirish jarayonida kutilayotgan 
sel hodisasi zarar etkazishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarga alohida e’tibor 
berish lozim. 
Dala sharoitida amalga oshirilgan kuzatuvlar natijasida sel 
ko‘lamlariga ko‘ra va sel xavfi bo‘lgan yerlarda, xalq xo‘jaligi 
obyektlarining mavjudligini hisobga olgan holda, ixtisoslashgan maxsus 
tekshiruvlarning zarurligi va ularning taxminiy hajmi baholanadi. 
Rekognossirovka tekshiruvlarining yakuni sifatida maxsus jadvallar va 
texnik hisobotlar tuziladi. 
Mutaxassislar tomonidan sel hazalarining karta - sxemalari tuziladi. 
Ushbu karta - sxemalar sellarni o‘rganish bo‘yicha tayyorlangan texnik 
hisobotlarga ilova qilinadi. Karta - sxemalarni tuzishda sel o‘choqlari va 
sel o‘zanlarining alohida belgilaridan foydalaniladi (20.3-rasm). 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish