Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/214
Sana18.02.2022
Hajmi6,22 Mb.
#455054
TuriУчебное пособие
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   214
Bog'liq
pdf (1)

gidrografidan
 
foydalaniladi. Ma’lumki, oqim gidrografi 
deb, o‘rtacha kunlik suv sarfining yil ichida o‘zgarishini ifodalaydigan 
davriy chizmaga aytiladi. Uni o‘rtacha kundalik, o‘n kunlik yoki oylik suv 
sarfi bo‘yicha ham chizish mumkin. U millimetrli qog‘ozga chizilib, 
vertikal­ordinata o‘qi bo‘yicha suv sarfi, gorizontal­absissa o‘qi bo‘ylab 
esa vaqt (oy, kunlar) qo‘yiladi (14.1­rasm). Chizmadagi gidrograf chizig‘i 
va koordinata o‘qlari bilan chegaralangan maydon yuzasi ma’lum kuzatish 
joyi uchun bir yil ichida oqib o‘tgan suv hajmini ifodalaydi. 
Oqim gidrografini ayrim to‘yinish manbalari bo‘yicha vertikal 
tashkil etuvchilarga ajratib, tahlil qilish asosida daryo suvining to‘yinish 
manbalari 
miqdori 
baholanadi. 
To‘yinish manbalari miqdorini 
baholashning bunday usuli birinchi marta taniqli gidrolog olim 
V.G.Glushkov tomonidan ishlab chiqilgan. 
Tekislik daryolari uchun oqim gidrografini to‘yinish manbalariga 
bog‘liq holda bo‘laklarga ajratishning bir necha usullari mavjud. Eng 
oddiy usullardan biri shundan iboratki, gidrografda bahor oldi va toshqin 
davrlari oralig‘idagi barcha kam suvli davrlardagi eng past nuqtalar to‘g‘ri 
chiziqlar bilan 14.1­rasmdagidek birlashtiriladi. Chiziqdan quyida 
joylashgan yuza yer osti suvlari hissasini ifodalaydi. Ko‘rinib turibdiki, 
bunda daryoga qo‘shiladigan yer osti suvlari rejimini hisobga olish 
imkoniyati mavjud emas. Bu esa hisoblashlarda birmuncha xatoliklarga 
olib keladi. Lekin keyingi yillardagi tadqiqotlar natijasi daryolarga 
qo‘shiladigan yer osti suvlari rejimini hisobga olish imkoniyatini yaratdi.
Ma’lumki, daryo o‘zanidagi suvlar yer osti suvlari bilan gidravlik 
bog‘langan yoki bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin. Lekin har ikki hol uchun 
ham daryoga qo‘shiladigan yer osti suvlari oqimi to‘linsuv davrining 
pasayishida eng ko‘p miqdorda kuzatilar ekan. Shu holatni hisobga olib, 
gidrografda daryodagi yer usti va yer osti suvlari oqimlari orasidagi 
chegarani 14.1­rasmdagidek o‘tkazish lozim. 
Tog‘ daryolari uchun oqim gidrografini to‘yinish manbalari bo‘yicha 
bo‘laklarga bo‘lish birmuncha qiyin, Chunki bunda qor, yomg‘ir, muzlik 
va yer osti suvlarining o‘zaro bog‘liqligi tekislik daryolariga nisbatan 
ancha murakkab bo‘ladi. Shuning uchun ham ularda to‘yinish 


135 
manbalarining hissasini baholash oqim gidrografi bilan birgalikda 
(kompleks holda) chizilgan yog‘in va havo haroratining yil davomida 
tebranishi chizmalarini solishtirgan holda amalga oshiriladi.

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish