Loyli va loy-toshli sel oqimlarning eng katta sarflarini aniqlash.
Loyli va loy-toshli sel oqimlarining izlari asosida ularning maksimal
sarflari va oqim tezligini aniqlash ancha murakkab masaladir. O‘zan
qismlarini tanlashga doir yuqorida keltirilgan talablar mazkur holda ham
o‘rinlidir. O‘zanning hisoblash qismlariga bo‘lgan qo‘shimcha talablar
quyidagicha bo‘lib, ularga rioya qilmaslik yuzlab foizlarda qayd etiladigan
xatoliklarga olib kelishi mumkin:
1. Tanlangan qismdagi sel o‘zani yuvilmaydigan tub jinslardan
o‘tgan bo‘lishi lozim.
2. Nafaqat qismning o‘zida, balki uning yon-atrofida ham torayish
yoki to‘siqlar bo‘lmasligi kerak.
3. Hisob qismidagi qiyalik unga tutash qismlardagi qiyalikdan bir
muncha kattaroq bo‘lishi zarur. Agar belgilangan maydon ostona bilan
tugasa, yanada samarali bo‘ladi.
Qayd etilgan barcha talablarni to‘laligicha bajarish ancha mushkul
ekanligi tabiiy, biroq ularga imkoniyat darajasida rioya qilinmasa, keyingi
o‘lchashlar va hisoblashlarni olib borish har doim ham kutilgan natijani
bermaydi.
Loyli va loy-toshli oqimlarning maksimal sarflari ikkala sohillar
bo‘yicha ham aniq qayd etilishi lozim, Chunki oqimning yuza qismi
ko‘pincha notekis bo‘ladi. Qirqimlar balandligini nivelir bilan o‘lchaganda
shuni ham esda tutish muhimki, ko‘ndalang kesim maydonining hosil
bo‘lgan terrasalar yoki sel uyumlari bilan qoplangan qismi umumiy hisob
maydoniga kiritilishi lozim. Umuman olganda, yuqorida sanab o‘tiladigan
sharoitlarga mos keladigan qismlarda sel cho‘kmalari hosil bo‘lmaydi.
Loyli va loy-toshli oqimning o‘rtacha tezligi, yuqorida keltirilgan
ifodadan farqli ravishda, V.V.Golubsovning quyidagi ifodasi yordamida
aniqlanadi:
17
,
0
50
,
0
75
,
3
i
h
Suv-oqiziqli sel oqimlaridagi kabi loyli va loy-toshli sel oqimlarining
maksimal sarfini qismdagi oqimning o‘rtacha tezligini ko‘ndalang kesim
maydoniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlash mumkin. Qo‘shimcha sifatida
qayd etish mumkinki, loyli va loy-toshli oqimlarning qo‘shimcha belgilari
hosil
bo‘lgan
qatlamlarning
turlarga
ajralmaganligi,
oqiziqlar
yoyilmalarida tarmoqlangan va qotib qolgan «tillar»ning mavjudligi, bir
necha tonnali xarsang toshlarning oqizib o‘tmaganligi va boshqalarda aks
188
etadi. Ayniqsa, buday harakat belgilariga oddiy suv oqimlari qodir
bo‘lmaydi. Shu sababdan eng katta toshlar o‘lchamlariga baho berish, shu
yerli aholidan so‘rab-surishtirishga asoslanib, ushbu qatlamlar aynan shu
sel oqimiga tegishli ekaniga ishonch hosil qilish yoki mazkur qatlamlar
hosil bo‘lishining taxminiy sanasini belgilash zarur.
189
Do'stlaringiz bilan baham: |