Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/214
Sana18.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#821555
TuriУчебное пособие
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   214
Bog'liq
pdf (2)

Nilometrning o‘lchov aniqligi.
Angliyalik gidrolog­olim A.K.Bisvas 
ma’lumoti bo‘yicha Ravzo orolidagi "Miqyos an­Nil" bilan yevropaliklar, 
aniqrog‘i, Le Per va Marsel degan shaxslar Napoleonning Misrga 
yurishlari vaqti (1798­1800-yillar) da tanishganlar. Ularning tavsificha suv 
o‘lchash inshooti kvadrat shaklidagi quduq ko‘rinishida bo‘lib, Nil daryosi 
bilan uchta yer osti suv yo‘llari orqali tutashgan. Quduq o‘rtasida oq 
marmar bilan qoplangan sakkiz qirrali ustun o‘rnatilgan. Shu ustunda suv 
sathini o‘lchashga imkon beradigan yirik darajot(bo‘lak)lar, ular esa, o‘z 
navbatida, mayda darajotlarga ajratilgan. Yirik darajotlar arab tirsak birligi 
(54 sm)ga, maydalari esa uning 1/24 qismi (qirot)ga, ya’ni 2,25 sm ga teng 
bo‘lgan. Kuzatuvchi suv sathi haqida hisob olish uchun aylanma shaklida 
qurilgan zinapoyalardan chiqib, tushgan. Bino devorlarining ichki 
tomonida esa arab alifbosida yozilgan, islom diniga oid muqqadas bitiklar 
bo‘lgan (1.2­rasm). 
Inshootning mazkur tavsifida keltirilgan arab tirsak birligiga teng 
bo‘lgan yirik darajotlar hamda qirotlarga teng bo‘lgan mayda darajotlar 
kishi diqqatini o‘ziga tortadi. Aniqrog‘i, bu holat X asrning ikkinchi 
yarmida yashagan arab olimi va sayyohi Abu Abdulloh Muhammad 
al­Muqaddasiyning o‘lkamizda qadimdan daryolarda suv sathini o‘lchash 
ishlari bajarilganligi haqidagi ma’lumotlarini yodga soladi. Uning 985-
yilda yozib tugallagan "Iqlimlarni o‘rganishda eng yaxshi qo‘llanma" 
asarida suv ilmi tarixida juda muhim hisoblangan quyidagi ma’lumotni 
uchratamiz. Ushbu kitobda olim Movarounnahr bo‘ylab sayohati davomida 
Murg‘ob daryosiga qurilgan to‘g‘on yaqinida daryodagi suv sathini 


27 
o‘lchash maqsadida yog‘och taxtadan yasalgan qurilmani ko‘rganligini 
yozadi. 
a)
b

1
.2
-r
as
m. 
N
il
o
me
tr t
a’mi
rl
as
hd
an
o
ld
in
(a) 
va t
a’mi
rl
as
hd
an
s
o‘
n
g
(b)
Qurilmaning asosiy suv o‘lchagich qismi hisoblanmish tik 
o‘rnatilgan taxta aniq darajot­bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, har birining 
qiymati hozirgi o‘lchov birligida 2,0­2,5 sm ga yaqin bo‘lgan. Shu bilan 
birga, al­Muqaddasiy daryoda suv sathini o‘lchab borishning amaliy 
ahamiyati haqida ham to‘xtalib, undan foydalanuvchilar hosildorlik bilan 


28 
taxtadagi darajotlar soni orasida bog‘lanish borligini aniqlaganliklari 
haqida ham ma’lumot beradi. Masalan, to‘linsuv davrida daryodagi suv 
sathi suv o‘lchash taxtasida 60 darajotga ko‘tarilsa, hosil mo‘l bo‘lishini, 6 
darajotgacha ko‘tarilganda esa, aksincha, daryoda suv kam bo‘lib, 
hosildorlik ham past bo‘lishi va shu tufayli ocharchilik xavf solishi 
kutilgan. 
Demak, o‘sha davrlardayoq o‘lkamiz hududida daryolardagi suv 
miqdorini aniqlash va shunga bog‘liq holda bo‘lajak hosilni bashorat qilish 
maqsadida maxsus suv o‘lchash ishlari amalga oshirilgan. Shu narsa 
aniqki, bu ishlar al­Muqaddasiyning Movarounnahrga sayohati davridan, 
ya’ni X asrdan ancha oldin boshlangan. 
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Ahmad Farg‘oniy ma’lum muddat 
Marv shahrida yashagan va bu vaqtda, albatta, Murg‘ob daryosidagi suv 
o‘lchash ishlaridan xabardor bo‘lgan. Eng muhimi, bunday suv o‘lchash 
usulini "Miqyos an­Nil" ni qurishda qo‘llagan bo‘lishi ehtimoldan xoli 
emas. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish