Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


-yilda ilmiy gidrologiyaning 300 yilligi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/214
Sana18.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#821555
TuriУчебное пособие
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   214
Bog'liq
pdf (2)

1974-yilda ilmiy gidrologiyaning 300 yilligi
nishonlanishi yuqoridagi 
fikrlar dalilidir. Bu sananing boshlanishi sifatida P.Perroning "Suv 
manbalarining kelib chiqishi haqida" nomli kitobi bosilib chiqqan sana – 
1674-yil 
qabul qilingan. 
Alohida qayd etish lozimki, "gidrologiya" atamasi birinchi marta 
XVIII asr oxirida, aniqrog‘I, 1694-yilda nemis olimi Ebergard Melxiorning 
"Uch qismdan iborat gidrologiya" kitobida ishlatilgan. Rus tilidagi 
adabiyotlarda esa bu atama XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi. 
Nemis olimi I.Kant Kenigsberg universitetida 1774-1793-yillarda tabiiy 
geografiyadan o‘qigan ma’ruzalarida "gidrologiya" so‘zini ishlatmasa ham 
daryolar, ularning hosil bo‘lishi, okeanlar, dengizlar haqidagi masalalarga 
alohida to‘xtalgan.
Bu jarayon
XIX asr oxirlarigacha davom etgan, ya’ni 
gidrologiya tabiiy geografiyaning bir qismi sifatida o‘rganilgan. Bu 
davrlarda talabalar gidrologiya asoslari bilan iqlimshunoslik, melioratsiya 
kabi kurslar yordamida tanishganlar. 
Yevropada XVIII asrning ikkinchi yarmi - XIX asrlarda daryolardagi 
suv yo‘llari holatini yaxshilash maqsadida ularda gidrologik kuzatishlar 
keng yo‘lga qo‘yildi. Masalan, Rossiyada 1875-yildan boshlab kema 
qatnaydigan daryolarda suv sathini doimiy kuzatish ishlari amalga 
oshiriladigan bo‘ldi. Ularning natijasi sifatida 1881-yildan boshlab, 


18 
daryolar suv sathi haqidagi ma’lumotlar to‘planib, chop etila boshlandi. 
XIX asr oxirlari - XX asr boshlarida rus olimlari: A.I.Voeykov, 
V.M.Loxtin, 
N.S.Lelyavskiy, 
V.V.Dokuchayev, 
V.G.Glushkov, 
E.N.Oldekop va boshqalar tomonidan daryolar gidrologiyasiga oid qator 
nazariy tadqiqotlar amalga oshirildi. 
Sobiq Ittifoq davrida daryolar gidrologiyasining rivojlanishi 
V.G.Glushkov, 
M.A.Velikanov, 
B.V.Polyakov, 
B.D.Zaykov, 
L.K.Davidov, B.A.Apollov, G.I.Shamov, G.V.Lopatin, G.P.Kalinin va 
boshqa olimlarning nomlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda Ittifoq miqyosida 
o‘tkazilgan gidrologik syezdlar ham daryolar gidrologiyasining 
rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 
O‘tgan XX asrning boshlaridan gidrologiyaning tadqiqot yo‘nalishi 
aniqlasha bordi. Bir qancha mamlakatlar - AQSH, Fransiya, Germaniya va 
Rossiyadagi oliy o‘quv yurtlarida gidrologiyadan maxsus kurslar o‘qitila 
boshlandi. Shu davrlarda gidrologiyadan bir qancha o‘quv qo‘llanmalari, 
keyinchalik darsliklar paydo bo‘ldi. Rossiyada birinchi marta gidrologiya 
kursi 1914-yilda Peterburg politexnika institutida professor S.P.Maksimov 
tomonidan o‘qilgan. Umuman olganda, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida 
gidrologiya, uning asosiy qismi bo‘lgan daryolar gidrologiyasi haqidagi 
fikrlar 
Yu.M.Shokalskiy, 
A.I.Voeykov, 
E.Oldekop, 
A.Penk, 
V.M.Lelyavskiy kabi rus olimlarining asarlarida umumlashtirildi. 
Ba’zi adabiyotlarda sobiq Ittifoq hududida “Daryolar gidrologiyasi” 
fanining taraqqiyotiga 1920-yilda qabul qilingan GOELRO rejasi turtki 
bo‘lganligi qayd etiladi. O‘sha yillarda mamlakatni elektrlashtirishni 
ko‘zda tutgan bu rejani amalga oshirish uchun daryolarda gidrologik 
postlar va stansiyalar tashkil etilib, ularda kompleks kuzatish ishlari 
amalga oshirilgan. Rossiyada, aniqrog‘i, Sankt­Peterburgda 1919-yilda 
V.G.Glushkov 
rahbarligida 
asosiy 
faoliyat 
yo‘nalishi daryolarni 
o‘rganishga qaratilgan Davlat Gidrologiya instituti (DGI) tashkil etilgan. 
Daryolar gidrologiyasiga oid dastlabki o‘quv adabiyoti 1952-yilda 
B.A.Apollov tomonidan “Ученые о реках”, ya’ni “Daryolar haqida 
ta’limot” nomi bilan e’lon qilindi. Oradan o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tib, 
aniqrog‘i, 1963-yilda uning to‘ldirilgan ikkinchi nashri chop etildi. Bu 
kitob universitetlarning geografiya fakulteti quruqlik gidrologiyasi 
mutaxassisligi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. 
Keyinchalik, 
1976-yilda 
Moskva 
davlat 
universiteti 
professori 
A.N.Vajnovning “Гидрология рек”, ya’ni “Daryolar gidrologiyasi” nomli 
darsligi chop etildi. 
Mamlakatimiz mustaqilligi sharofati bilan respublikamiz oliy ta’lim 
tizimida “Gidrologiya” bakalavriatura bosqichi ta’lim yo‘nalishi faoliyati 


19 
yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishning Davlat Ta’lim Standarti hamda 
namunaviy o‘quv rejasida “Daryolar gidrologiyasi”ni alohida fan sifatida 
o‘qitish ko‘zda tutilgan. O‘quvchilarga taqdim etilayotgan ushbu o‘quv 
qo‘llanma ana shu maqsadni amalga oshirish doirasida tayyorlandi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish