Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


 Gidrologiya atamalarining qadimgi manbai



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/214
Sana18.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#821555
TuriУчебное пособие
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   214
Bog'liq
pdf (2)

1.6.5. Gidrologiya atamalarining qadimgi manbai
Biz buyuk tilshunos olim deb biladigan Mahmud Qoshg‘ariyning 
"Devonu lug‘otit turk" asarida (1072­1074-yillarda yozilgan) ham o‘lkamiz 
suv havzalari – daryolari, ko‘llari haqida aniq ma’lumotlar keltirilgan. 
Ayni paytda, ushbu qomusiy asar gidrologiya atamalarining o‘z davridagi 
to‘liq manbai ekanligi bilan ajaralib turadi.
Biz "Devon" matnini o‘rganish natijasida unda 1200 dan ortiq 
gidrologiya atamalari mavjud ekanligini aniqladik. Ushbu atamalar 
quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: 
1) alohida so‘zlarda ifodalangan gidrologiya atamalari va ularning 
izohi. Masalan: "alish" ­ suvning hovuzga quyiladigan o‘rni (joyi); "aqin" ­ 
sel; "uzuk" ­ yerdan sirqib chiqib, hovuzga aylangan suv, sizot suv; 
"egrim" ­ suv to‘plangan joy; "qizig‘" ­ dengiz, ariq, vodiy qirg‘og‘i; 
"kelgin" ­ katta suvlarning qalqib ko‘tarilishi, toshishi; 
2) qo‘shma so‘zlardan iborat bo‘lgan gidrologiya atamalari va 
tushunchalari. Bunday atamalarga: "munduz aqin" ­ to‘satdan kelgan sel; 
"aqindi suv" ­ oqar suv; "batrush suv" ­ loyqa suv; "suv qaqlandi" ­ sahrolarda 
suv yig‘ilib, halqob ko‘llarga
aylanishi; "suv qog‘ushlandi" ­ suv shovillab, 
tez oqdi kabilar kiradi; 
3) suv manbalari ­ dengizlar, daryolar, ko‘llar, soylar, jilg‘alar va 
buloqlar nomlari. Bu guruhni, o‘z navbatida, quyidagi ikkita kichik 
guruhga ajratish mumkin: 
a) "Devon"ga ilova qilingan xaritadagi suv manbalari nomlari 
("Abisgun" ­ Kaspiy dengizi, "Ertish" ­ Irtish daryosi, "Jayxun" ­ 
Amudaryo, "Oyko‘l" ­ ko‘l nomi va boshqalar); 
b) lug‘atda alifbo tartibida berilgan suv manbalari nomlari 
("Azg‘iraq suv" ­ daryo nomi, "Etil" ­ daryo nomi, "Isig‘ kol" (Issiqko‘l), 
"Taman" ­ soy nomi kabilar). Umuman, "Devon"da 100 dan ortiq shu kabi 
nomlar uchraydi; 
4) "Devon" matnida keltirilgan ilk o‘rta asr turkiy qo‘shiqlari 
(she’rlari)da uchraydigan gidrologiya atamalari. Masalan, "qum" (suv 
to‘lqini) atamasi she’rda quyidagicha ishlatilgan: 
Ko‘lim qumi qopsa qali tamig‘ itar, 
Ko‘rsa ani bilka kishi so‘zga bo‘tar. 
Mazmuni: agar ko‘lim to‘lqinlansa, uylarimni urib, joyidan 
qo‘zg‘atib, yiqitib yuboradi, o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan esli odam so‘zimga 
ishonadi. 
Yoki, "aqin" (sel),"bulit" (bulut) atamalari she’rda quyidagicha 
kelgan: 


42 
O‘rdi bulit ingrashu, 
Aqti aqin mungrashu, 
Qaldi budun tanglashu, 
Ko‘krar taqi mangrashur. 
Ushbu she’rda sharros yomg‘ir ta’riflanadi va uning mazmuni 
quyidagicha: bulutlar baland ovoz bilan yuqori ko‘tarildi, bulutlardan sellar 
sharqirab oqdi, bu holga odamlar hayron qolishdi, bulutlar chaqmoq 
chaqishar, momoqaldiroqlar bo‘kirishar, baqirishar edi; 
5) qadimdan ishlatilib kelinayotgan turkiy maqollarda uchraydigan 
gidrologiya atamalari. Masalan, "kechish" (daryo va soylar ko‘prigi) 
maqolda quyidagicha qo‘llanilgan: "Ol kechishni suv eltti", ya’ni u 
ko‘prikni suv (sel) olib ketdi. Bu maqol bo‘lar ish bo‘lgandan keyin uni 
to‘g‘rilash mumkin emas, degan ma’noda qo‘llanadi. Yoki "kechik" 
(kechik, ko‘prik) so‘zidan maqolda quyidagicha foydalanilgan: "qaynar 
o‘kuz kechiksiz bolmas", ya’ni tez oqar katta suv kechiksiz bo‘lmaydi. 
Ma’lumki, bu maqol biron ishni boshlashda ikkilanib, cho‘chib turgan 
kishiga tasalli berish uchun qo‘llanadi; 
6) sug‘orish ishlari va suvdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan 
gidrologiya atamalari. Ushbu guruhga "qazmish ariq" (qazilgan ariq), 
"suvoldi" (sug‘orildi, masalan, "tariq suvoldi" - ekin sug‘orildi), "ol suvug‘ 
tamuladi" (u suv to‘g‘onini mahkamladi) kabi ko‘plab atamalarni misol 
qilib keltirish mumkin. 
Ma’lumki, daryo va soylar suvidan sug‘orishda va boshqa maqsadlarda 
foydalanishda uni adolat nuqtai nazaridan taqsimlashga amal qilingan. 
"Devon"da suv taqsimlovchi (mirob) "tuzun" deb atalgan. Odatda, bunday 
vazifa qishloq keksasi yoki oqsoqoli (hurmatli kishisi) zimmasiga 
yuklatilgan. Shu mavzuga tegishli "chatba" (ariq qazishga, to‘g‘on bo‘g‘ishga 
chiqmaganlardan qishloq oqsoqoli ­ tuzun oladigan soliq) atamasi ham bor. 
7) suv inshootlari qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan gidrologiya 
atamalari. Masalan, "bandi" ­ bog‘landi, suv yo‘li to‘sildi. Muhimi 
shundaki, bu atama o‘sha davrlardan to shu kungacha qo‘llanib kelinadi (X 
asrda qurilgan Xonbandi suv ombori, XVI asrda qurilgan Abdullaxonbandi 
suv ombori va hokazo). Yoki "chig‘ri" - suv tegirmoni parragini, suv 
chiqaradigan chig‘riq (suvni ma’lum balandlikka ko‘tarib beruvchi inshoot 
­ charxpalak) parragini ifodalaydi. 
"Devon"da hozirgi kunda ham muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega 
bo‘lgan va ayni paytda, xorijiy tillardan gidrologiyaga kirib o‘rnashib qolgan 
so‘zlarning muqobilini ham topish mumkin. Masalan, daryodagi muz 
parchalari oqimi (rus tilida ­ shugoxod) "Devon"da bir so‘z bilan "qardu", 
yomg‘ir yoki sel suvidan paydo bo‘lgan ko‘l - "qaq", suv oqimi hosil qilgan 


43 
o‘yiqlar (rus tilida ­ vodoroin) "borung", daryoning quyilishi (rus tilida ­ uste) 
"kevli" deb ataladi. Qish faslida daryolar, soylar, ariqlardagi suvlar muzlab, 
suv muz ustidan oqib o‘ta boshlaydi, ba’zan toshqinlar ro‘y beradi. 
"Devon"da mana shu hodisani ifodalashda birgina so‘z ­ "qardi" atamasi 
ishlatilgan. Shunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin. 
"Devon"da gidrologiya atamalarining sinonimlari ham keltirilgan. 
Masalan, biz hozirgi kunda ishlatadigan to‘g‘on so‘zining "qir", "tug‘" kabi 
muqobillari, buloq (chashma) ko‘zining "yo‘l", "mingar", sayoz ­ to‘piqdan 
keladigan suvning "kengas", "sayram" kabi sinonimlari keltirilgan. 
Mahmud Qoshg‘ariy "Devon"ida aniq gidrografik ma’lumotlar ham 
keltirilgan. Ular o‘lkamiz hududining o‘sha davrdagi gidrografiyasi haqida 
tegishli tasavvur hosil qilishga hamda uning hozirgi kundagi holati bilan 
solishtirishga imkon beradi. Masalan, Issiqko‘l haqida u shunday yozadi: 
"Issiqko‘l ­ Barsg‘ondagi bir ko‘l, uzunligi 30 farsah, eni 10 farsah". Agar 
farsah kilometrga aylantirilsa, Issiqko‘lning uzunligi 180 km, eni 60 km 
bo‘ladi. Bu Issiqko‘lning XI asrdagi o‘lchamidir. Hozirchi? Tekshirishlar 
natijasida aniqlanishicha, hozirgi kunda ko‘lning uzunligi 182 km ga, eni 
(keng joyida) 58 km ga teng. 
Shunga o‘xshash Taring ko‘li (ikki o‘kuz chegarasidagi boshqa bir 
ko‘l nomi), Ko‘rung ko‘li (Qashqar tog‘larida bo‘lgan bir ko‘l nomi), 
Sizing (Siding) ko‘li, Yulduz ko‘li (kujo, kingut va uyg‘urlar chegarasida 
bo‘lgan bir ko‘l nomi), Oy ko‘l (Uch shahri yaqinidagi bir ko‘l nomi) kabi 
bir nechta ko‘l haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ularga izoh sifatida muallif 
quyidagicha yozadi: "Bu xil ko‘llar turk shaharlaridagi ko‘llardir. Men 
faqat musulmon shaharlaridagi (ko‘llarning) eng kattalarini bayon qildim. 
Bu ko‘llarning atrofi qirq (40) yoki o‘ttiz (30) farsahdir". 
"Devon"da keltirilgan xaritada Sirdaryo va Amudaryo hamda 
ularning irmoqlari ham aniq ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xaritaning ilova 
matnida ularga batafsil yozma tavsif ham berilgan. Lekin xaritada har ikki 
daryoning ham Obiskun - Kaspiy dengiziga quyilishi ko‘rsatilgan. 
Professor H.H.Hasanovning fikricha, bu kechirarli “xato”, Chunki 
XV­XVI asrlarda ham bu daryolarning Kaspiyga quyilishi haqida 
rivoyatlar bo‘lgan. 
Mahmud Qoshg‘ariy "Devon"da daryolar haqida gidrografik 
ma’lumotlarni keltirish bilan cheklanib qolmay, balki ulardagi suvning 
holati, harakati va suv miqdori, hatto, suv obyektlari nomlarining kelib 
chiqishi haqida ham qisqa va lo‘nda ma’lumotlarni keltirgan. Bunda ham, 
yuqoridagi kabi, ko‘proq she’rlardan foydalangan. Masalan, Etil (Volga) 
daryosi to‘g‘risida shunday yozadi: "Etil ­ qipchoq ellaridagi bir daryoning 
nomi. U Bulg‘or dengiziga quyadi. Uning rus yerlariga quyadigan bir 


44 
irmog‘i bor". Bu gidrografik atamaga moslab quyidagi she’rni keltiradi: 
Etil suvi aqa turur, 
Qoya tubi qaqa turur, 
Baliq tilim baqa turur, 
Ko‘lung taqi kusharur


Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish