1.1-rasm. Nil daryosi havzasi al-Xorazmiy tasavvurida.
Bu xarita al-Xorazmiy
rahbarligida
tayyorlangan bo‘lib,
“Ma’mun dunyo atlasi”ga kiritilgan
22
1.6.3. Ahmad Farg‘oniy nilometri va uning olamshumul ahamiyati
Buyuk astronom, muhandis va tadqiqotchi
alFarg‘oniy nomi butun ma’rifiy dunyoda
mashhurdir.
Ko‘pgina
asrlar
mobaynida
dengizchi
va
karvonboshilar
foydalangan,
yulduzlarning harakatini o‘lchaydigan asbob -
usturlobni alFarg‘oniy kashf qilgan.
Misrdagi Nil daryosi sathini aniq belgilab
beradigan, bugungi kunda ham mavjud bo‘lgan
ulkan inshoot - nilometrni o‘sha zot barpo etgan.
Biz ana shunday buyuk ajdodlarimiz nomini
faxr bilan tilga olish huquqiga egamiz.
Islom Karimov
Ahmad alFarg‘oniy
(Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir
al-Farg‘oniy, 797861-yillar) astronomiya, geodeziya kabi fanlar bilan bir
qatorda, suv ilmining ham bilimdoni bo‘lgan. Insoniyatni 12 asr davomida
hayratga solib kelayotgan Nil daryosi suvi sathini o‘lchash inshooti –
Nilometr fikrimizning yorqin dalilidir. Bu haqda H.H.Hasanov shunday
yozadi: "...Farg‘oniy Bog‘dod xalifasi alMutavakkilning buyrug‘i bilan
Nil daryosida suv sathini o‘lchaydigan asbobni tuzatish va o‘rnatish uchun
861-yilda Fustot (Qohira) shahriga borgan". Ushbu qayd etilganlar haqida
mulohaza yuritadigan bo‘lsak, Ahmad al-Farg‘oniy Nil daryosining
gidrologik rejimi va umuman, suv ilmi haqida ma’lum bilimlarga ega
bo‘lgan bo‘lishi kerak. Aks holda, oldingilardan tubdan farq qiladigan,
murakkab va shu bilan birga, o‘ta mukammal suv o‘lchash inshooti
Nilometrni loyihalash hamda qurish ishlari unga topshirilmagan bo‘lar edi.
Sharq ilmiy manbalarida u “Miqyos anNil” deb tilga olinadi.
Ahmad Farg‘oniy chuqur egallagan suv ilmini hamda uning mahsuli
bo‘lgan "Miqyos anNil" ta’rifini boshlashdan oldin quyidagilarni alohida
ta’kidlash lozim. "Miqyos anNil" nafaqat suv sathini o‘lchash inshooti,
balki noyob me’moriy yodgorlik ham hisoblanadi. Shuni nazarda tutadigan
bo‘lsak, inshootning qurilishi va me’morchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan
muammolarni, jumladan, uni loyihalashdan tortib, qurilish ishlarigacha qay
yo‘sinda amalga oshirilganligi, qanday qurilish materiallaridan
foydalanilganligi hamda ularning yechimini topishga oid muhandislik
hisobkitoblari
kabi
masalalarni
yoritib
berishni
shu
soha
mutaxassislarining vazifasi deb hisoblaymiz. Shu tufayli asosiy e’tiborni
inshootning Nil daryosi suvi sathini o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan
23
jihatlarinigina yoritishga qaratamiz.
Dunyodagi eng yirik daryolardan biri Nil daryosida "Miqyos
anNil" kabi noyob suv o‘lchash inshootini qurish uning ijodkori oldiga
suv ilmi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha talablarni qo‘ygan bo‘lishi tabiiy.
Shulardan eng asosiysi inshoot qurilishi mo‘ljallangan daryo, ya’ni Nil
daryosi haqida o‘sha davrgacha to‘plangan ilk gidrologik ma’lumotlarni
chuqur tahlil qila bilish bo‘lsa, ikkinchisi ulardan inshootni loyihalash va
qurish ishlarini amalga oshirish jarayonida zarur bo‘ladigan tegishli amaliy
xulosalarni chiqara olishdan iborat bo‘lgan. Bu ishlarni bajarish esa, o‘z
navbatida, suv ilmi va uning amaliy tatbiqini chuqur egallagan
kishilargagina nasib etadi.
Shu ma’noda fikrmulohaza yuritadigan bo‘lsak, Ahmad Farg‘oniy
"Miqyos anNil" ni qurish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiyamaliy faoliyati
davrida, shubhasiz, quyidagi manbalardan bahramand bo‘lgan:
1) Turonzaminda qadimdan to o‘zi yashagan davrgacha to‘plangan
suv ilmi hamda uning amaliy tatbiqi haqidagi ma’lumotlar;
2)
Nil
daryosi,
uning
gidrologik
rejimi
haqida
Ahmad
Farg‘oniygacha va u yashagan davrda to‘plangan ma’lumotlar;
3) Ahmad Farg‘oniyning Nil daryosi suvi rejimiga oid bevosita o‘zi
to‘plagan ma’lumotlar.
Ahmad Farg‘oniyning Nil daryosi haqida ma’lumotlar to‘plashi,
yuqorida eslatib o‘tilganidek, al-Xorazmiy (783850-yillar) boshchiligida
836-yilda tuzilgan "Ma’mun dunyo xaritasi" da keltirilgan "Nil daryosi
havzasi xaritasi" dan boshlangan bo‘lsa ajab emas. Hatto, ko‘pchilik
tadqiqotchilar fikricha, uning yaratilishida Ahmad Farg‘oniyning o‘zi ham
bevosita ishtirok etgan.
Umuman olganda, Ahmad Farg‘oniy "Miqyos anNil" ning
loyihasini tayyorlash hamda uni qurish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish
davrida Nil daryosi haqida o‘zigacha to‘plangan birlamchi gidrologik
ma’lumotlarni tahlil qilgan va ulardan ish jaryonida foydalangan bo‘lishi
aniq. Shu bilan birga, uchinchi manba ham alloma nazaridan chetda
qolmagan, ya’ni uning o‘zi ham Nil daryosida maxsus kuzatuv - o‘lchov
ishlarini bajargan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Zero, "Miqyos anNil"dek
suv sathini juda aniq o‘lchashga imkon beradigan qurilmani bunyod etish
daryolarda suv o‘lchash ishlarini puxta bilishni taqozo etadi. Ahmad
Farg‘oniyning ana shunday imkoniyatlarga ega bo‘lganligi quyidagi
dalillarda o‘z isbotini topadi.
Ahmad Farg‘oniy boshchiligida qurilgan inshootning asosiy vazifasi
Nil daryosi suvi sathini o‘lchashdan iborat bo‘lgan. Shu tufayli uning
gidrologik ta’rifi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tish joizdir.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |