5
XALQARO MUSIQIY ALOQALAR TARIXIDAN
Ma’lumki, XIX asr oxiri – XX asr boshlaridan Hoji Abdulaziz
Abdurasulov (1852-1936), Mulla To‘ychi Toshmuhammedov (1868-1943)dek
zabardast o‘zbek san’atkorlari qator Sharq (Afg‘oniston, Eron,
Hindiston,
Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr kabi) va ayrim G‘arb mamlakatlari bo‘ylab
o‘z ijrochilik, ijodchilik mahoratlarini namoyon qilishgan. Boz ustiga bular va
bir to‘da o‘zga xonandalar, sozanda-bastakorlar
talqinida
an’anaviy o‘zbek
klassik
musiqa merosi namunalari Riga, Peterburg shaharlarining firmalari
tomonidan grammofon plastinkalariga yozilib, uzoq o‘lkalarda
ham keng
tarqaladi. Bulardan farqli o‘laroq, ommabop folklor janrlari, shu bilan birga
“Turkiston”, “Qamchinbek” singari “yangi zamon” qo‘shiqlari va inchunin
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929)ning “Yasha, Sho‘ro!” (ba’zi
ma’lumotlarda – “Yasha To‘ron!”, “Hoy ishchilar!”
kabi asarlaridan tuzilgan
maxsus dasturni tayyorlagan Muhiddin Qoriyoqubov (1896-1957) va
Tamaraxonim (1906-1991) dastlab Qo‘qonda (1924 yil), so‘ngra saralashlardan
o‘tib, Moskvada (1925 yil) bo‘lajak Fransiya, Germaniya safarlari oldidan
qator konsertlar berishadi. Kichik Akademik Badiiy teatr (MXAT) afishasida
M.Qoriyoqubov ijro etgan asarlar – «Узбекские песни-примитивы» va
yonida... «Великорусские песни»
1
deb atalgan (?!)ligi taajublidir.
1
Мухитдин Кари-Якубов: Документальная монография (Авт.-сост. Л.А. Авдеева; Научн. ред. и вступ.
ст. М.Рахманова). -Т.: Изд-во лит. и искусства им. Гафура Гуляма, 1984. 68-бет.
6
Hoji Abdulaziz
Abdurasulov
Mulla To‘ychi
Toshmuhammedov
Usta Olim Komilov
Muhiddin Qoriyoqubov
Tamara Artyomovna
Petrosyan
Tamaraxonim
Xalima Nosirova
Parijdagi konsertlar 1925-yili fransuzlarning Milliy bayrami –
Bastiliyaning
olinish kuni, ya’ni 14-iyulda boshlanadi va nihoyatda katta
muvaffaqiyat ila o‘tadi. Ulardan birini mahalliy tanqidchi Julen Odran shunday
baholagan ekan: “Konsert Tamaraxonim va Qoriyoqubovlarning qo‘shig‘i va
raqsidan iborat nazokatli dueti bilan yakunlanib, u tinglovchilarni olqishlantirib
yubordi va zal talabiga binoan “bis”landi”
2
.
Mashhur “Komediya Zali”da o‘tgan bu konsertlar deyarli har kuni
takrorlanib... 31-avgustgacha davom etdi. Qo‘qqisdan
betoblanib qolgan
2
Shu manba, 70-bet.
7
Tamaraxonim davolanishi sabab M.Qoriyoqubov konsertlari o‘zga sahnalar,
hatto Parijdagi markaziy “musulmon machit”i oldida davom ettiriladi.
Tamaraxonim xotiralariga ko‘ra, o‘z ijodini Sharq musiqiy uslublari bilan
izchil uyg‘unlashtirib kelgan Raxmaninov ham o‘zbek
folklori namunalari va
Hamza qo‘shiqlarini o‘ta e’tibor bilan tinglagan ekan
3
.
Fransiya gastrollari yangi (1926-yil) yil arafasidagina yakunlanib,
M.Qoriyoqubov va Tamaraxonim maxsus taklif asosida Germaniya poytaxti
Berlinga yo‘l
olishadi, bu yerdagi o‘zbeklar iltimosiga binoan bir nechta
uchrashuv-konsertlar o‘tkazishadi, O‘zbekistonning bo‘lajak musiqa san’atiga
bag‘ishlangan “davra suhbat-munozara”da qatnashishadi. Bu gal ham mahalliy
gazeta (“Folksishe Staytung” va b.)larda ijrochilarimiz mahoratiga eng yuksak
baholar beriladi. Gastrollar chog‘idagi “Erk bolalari” (G‘ulom Zafariy asari)
kabi “kichik opera” muvaffaqiyati hamda fransuz,
nemis musiqiy-sahnaviy
san’ati ta’sirida M.Qoriyoqubovda –
Do'stlaringiz bilan baham: