25
ko‘rish mumkin. «O‘zbekiston qilichi» nomli dolzarb konsert-spektakl ham
(1942, 29-aprel) bunga qo‘shimchadir. 1940 va, ayniqsa, 1950-yillarda o‘zbek
musiqali
dramasi va komediyasining
ilk badiiy yetuk
(klassik) namunalari
yaratildi: “Nurxon” (1942, 23-dekabr, K.Yashin librettosi, bastakor T.Jalilov
kuylari; yangi tahrirlari – Ya.Sherfedinov bilan, 1943; G.Sobitov bilan, 1952),
“Oltin ko‘l” (Uyg‘un librettosi, M.Leviyev musiqasi, 1949, 6-noyabr), ayniqsa,
T.Jalilovning G.Mushel hamkorligida – “Muqimiy” (S.Abdulla librettosi, 1953,
9-dekabr), “Ravshan va Zulhumor” (K.Yashin librettosi, 1953)
kabi asarlar
nazarda tutilmoqda.
Shu davrdan boshlab M.Leviyev kabi yana bir qator kompozitorlar
mustaqil
(hamkorliksiz) asarlarini yaratishdi: S.Boboyev – “Vatan ishqi”
(Sh.Sa’dulla va Z.Fatxullin librettosi, 1957, 7-noyabr), Ikrom Akbarov –
“Momo yer” (Ch.Aytmatov qissasi asosida T.To‘la librettosi, 1965, iyun),
A.Muhammedov – “Jon qizlar” (K.Shang‘itboyev va K.Boyseitov pyesasi,
1963), M.Leviyev – “Toshbolta oshiq” (H.G‘ulom, 1961).
Faqatgina
Yu.Rajabiy va S.Jalilning “Navoiy Astrobodda” (I.Mahsumov, 1968) – “lirik-
dramatik hikoya”lari bundan istisnodir, zero har ikkala ijodkor – yorqin
monodiyazamin mualliflardandir.
O‘zbek musiqali dramasi va komediyasining XX asr so‘nggi choragida
erishgan
umumbashariy
xususiyatlaridan biri – Markaziy Osiyo, xorijiy Sharq
va G‘arb: M.Mahmudov – “Hiylai sha’riy”, R.Gyuntekin; M.Bafoyev –
“Roja”, R.Tagor; Yevropa: Ik.Akbarov – “Qonli to‘y”, G.Lorka; R.Vildanov –
“O‘n
ikkinchi kecha, yohud Turfa hangomalar”, U.Shekspir; M.Bafoyev
“Prometey”, (Yu.Marstinkyavichus) mavzulariga astoydil chiqishlarida
ko‘rinadi. Hatto, ayrim qo‘shni davlatlar adiblariga murojaatlar (o‘zlaridagiga
nisbatan) izchilroq o‘rin olmoqda: Chingiz Aytmatov qissalari asosida –
Ik.Akbarovning “Momo yer”, M.Leviyevning “Qizil durrali nozik niholim”
ana shular jumlasidandir (bunga N.Zokirovning “Manqurt” baleti, telefilm
musiqalari qo‘shiladi).
Xullas, o‘z tarixini XX asr ilk choragida boshlagan o‘zbek musiqali
26
dramasi va komediyasi, hozirda shaklan hamda janran boyidi, mazmunan keng
qamrovli darajaga ko‘tarildi.
“O‘zbek musiqali teatri” mavzusi mahalliy musiqali drama va komediya
janrlari bilan chegaralanmaydi. Mavzuga mazmunan va mantiqan
opera
hamda
balet
janrlarining O‘zbekistonda shakllanishi va qariyb 65
yildan ziyodroq
yo‘lni bosib o‘tib, har birining o‘ziga xos rivojlanish, yuksalish va ba’zan
sustlashish jarayonlari kuzatilgan.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan o‘zbek musiqali dramasi va komediyasi –
avvalo tub
milliy
(sahnaviy va musiqiy) an’analarga tayangan bo‘lsa, opera va
balet ijodiyoti mazkur an’analar hamda shu janrlar bilan bog‘liq Yevropada
XVI asrdan e’tirof etilgan italyancha,
fransuzcha, nemischa san’at andazalari
va boshqa qadriyatlarni o‘zida mujassam etishi zarur.
Ma’lumki, O‘zbekistonda mahalliy mavzular asosida yaratilgan ilk opera
va baletlar – birgina o‘nyillik, ya’ni 1930-yillarga to‘g‘ri keladi. Bularning
keyingi rivojlanish yo‘li, musiqa madaniyatimizda tutgan o‘rni, taqdiri hatto
shu kunga qadar sahnalashtirilgan asarlarning
umumiy sonida va har birida
(jami 35 asar atrofida) muayyan
Do'stlaringiz bilan baham: