8.2.2. Pezoelektrik o‘zgartirgichlar Bunday o‘zgartirgichlarda foydalaniladigan pezoelektrik effekt(samara)
ba’zi kristallik dielektriklarining sirtida mexanikaviy kuchlanishlar yoki
deformatsiyalar ta’sirida elektr zaryadlar hosil bo‘lishidan iborat.
O‘lchanayotgan bosim R o‘zgartirgich korpusining membranasiga (tubiga)
ta’sir qiladi (8.37-rasm). Dielektrik kvarsning ikkita plastinkasi uchta metall
qatlam orasiga olib qisilgan. Yuqorgi metall qatlami bilan korpus qopqog‘i
orasida sharcha bor, u o‘lchanayotgan bosimning tekis taqsimlanishini
ta’minlaydi. O‘rtadagi qatlamga korpusdan izolyasiyalangan vtulka orqali sim
ulangan.
Manfiy elektrod bilan korpus orasidagi potensiallar ayrimasi bosim P ga
proporsional bo‘lib, xuddi shu bosim potensiallar ayrimasi bilan aniqlanadi.