2-MAVZU: SOLIQ MA‟MURCHILIGI TIZIMINING TASHKILIY VA
HUQUQIY ASOSLARI
1. Soliq ma‟murchiligi to‟g‟risida tushuncha va uni ahamiyati.
2. Soliq tizimida soliq ma‟murchiligini takomillashtirish tamoyillarining
ustuvorligi.
3. Soliq munosabatlarini boshqarish tizimida soliq ma‟murchiligining
huquqiy asoslari.
1. Soliq ma‟murchiligi to‟g‟risida tushuncha va uni ahamiyati.
Jahon iqtisodiy rivojlanishida soliq sohasida turli xil fikrlar mavjud bo‘lishi
bilan birga, soliq ma‘murchiligini xususida, uni talqin etish xususida ham turli xil
fikrlar mavjud. Iqtisodiy adabiyotda soliq ma‘murchiligining mohiyatini anglash
bo‘yicha bir-biridan farqlanuvchi qarashlar mavjud. Masalan, ingliz olimasi
O.Noginaning fikriga ko‘ra, ―soliq ma‘murchiligi soliqlarni undirish bilan bog‗liq
bo‘lgan tadbirlar majmuidir‖4 deb takidlab o‘tgan. Boshqa bir guruh iqtisodchilar,
xususan amerikalik olim A.Teyt soliq ma‘murchiligini barcha soliqlarni minimal
xarajat qilib maksimal darajada yig‗ib olishga qaratilgan tadbirlarning yig‗indisi
sifatida qaraydilar. Ayrim mutaxassislar soliq ma‘murchiligining ko‘rinishlaridan
biri soliq organlarining huquqiy munosabatlari bilan bog‗liq faoliyatidir deb
hisoblaydilar. Umuman olganda soliq ma‘murchiligini soliq tizimida o‘ziga xos
boshqarish mexanizmi sifatida ham qarash mumkin.
Soliq ma‘murchiligi davlat bilan soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi soliq
munosabatlarini boshqaruvchi yoki boshqacha aytganda, davlatning soliq
siyosatining amalga oshirilishini ta‘minlovchi va shunga xizmat qiluvchi asosiy
vosita bo‘lib, u soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarini o‘zida aks ettiradi.
4
О.А.Ногина ―Налоговый контролъ: вопросы теории 2002 г
14
Ya‘ni, davlat soliq ma‘murchiligi orqali soliq tizimi va soliq organlarining
faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Bu holat xususan bozor iqtisodiyoti sharoitida
yanada oydinlashib, alohida ahamiyat kasb etib boradi.
Xorijiy manbaalarda soliq ma‘murchiligiga turlicha ta‘riflar keltirilgan. Bu
borada ayrim tadqiqotchilar soliq ma‘murchiligini soliq idoralarining kundalik
faoliyati deb qarashsa, ba‘zilari byudjet tushumlarini ta‘minlashda soliq
xizmatining nazorat funksiyasi deb qaraydilar yoki boshqa tadqiqotchilar soliq
boshqaruvi bilan bog‗liq munosabatlar ham deb hisoblaydilar.
Ba‘zi davlatlarda soliq ma‘murchiligi soliq munosabatlarining davlat
boshqaruvi tizimining ajralmas elementi deb qaraladi.
Ko‘pchilik davlatlarda soliq ma‘murchiligi, bu soliq idorasi o‘zining ayrim
avtonom funksiyalarini amalga oshirishni saqlagan holda moliya vazirligi
faoliyatining asosiy qismi hisoblanadi. Jumladan, Amerika qo‘shma shtatlari va
Buyuk britaniyada ushbu apparatlar Ichki daromadlar xizmati (IDX) deb yuritilsa,
Fransiyada Bosh soliq boshqarmasi, Germaniyada esa Federal soliq boshqaruvi,
yer va boshqalarning soliq boshqarmalari bo‘lib tashkil topgan.
Rossiyada ―soliq ma‘murchiligi‖ termini va soliq munosabatlari nazariyasi
hamda metodologiyasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri bilan birga aniqrog‗i sobiq
ittifoq parchalangandan keyin kirib kelgan.
Rossiyada birinchilardan bo‘lib, aniqrog‗i 1997 yilda iqtisodchi olim
M.T.Ospanov o‘zining ―Soliq islohotlari va soliq munosabatlari garmonizatsiyasi‖
nomli ilmiy ishida soliq ma‘murchiligining mohiyati haqida fikr yuritib, ―Soliq
ma‘murchiligi deyilganda, davlat va soliq qonunchiligida belgilangan vakolati va
mansab vazifalaridan kelib chiqib amalga oshiriladigan soliq boshqaruvi‖
5
tushuniladi deb ta‘kidlaydi.
Bizning
fikrimizcha
M.T.Ospanovning
ushbu
fikrlarida
soliq
ma‘murchiligi tor doirada faqat davlat tomonidan belgilab berilgan vakolat va
7
Оспанов М. Налоги и налогообложение: Учебник.-7-е. изд., перераб. и доп..- Издательско-торговая
корпорация «Дашков и Ко», -М.: 1997г.- 314 с.;
15
mansab vazifalarida belgilangan holatlar bo‘yicha boshqaruv soliq ma‘murchiligi
deb tushinilmoqda.
Iqtisodchi olima G.YA.Chuxinina esa, ―soliq ma‘murchiligi mohiyatini
juda tor doirada, ya‘ni soliq nazorati sub‘ektlari faoliyatini samarali amalga
oshirish va tashkil etish‖ dab hisoblaydi.
Rossiyalik iqtisodchi olimlarning fikrlarini tahlil qilib shuni qayd etish
mumkinki, ularda hozirgacha soliq ma‘murchiligi tushunchasini bir xil fikrlash
mavjud emas. Ularda ko‘proq soliq organlarining soliq to‘lovchi yuridik va
jismoniy shaxslar ustidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha amalga
oshriladigan faoliyatlari deb qaralgan. Ya‘ni mazmunan soliq nazorati
tushunchasiga moslashtiriladi.
Ba‘zi bir iqtisodchi olimlar soliq ma‘murchiligini bu minimal
miqdorlardagi xarajatlar hisobidan maksimal hajmda barcha soliqlarni to‘liq va o‘z
vaqtida to‘lashga qaratilgan kompleks tadbirlar deb tushunadilar.
Jumladan, iqtisodchi olima T.A.Slesareva ―soliq ma‘murchiligi – bu soliq
munosabatlarida qatnashuvchilar o‘rtasidagi boshqaruv jarayoni bo‘lib, soliq
organlarining byudjet tizimidagi turli darajadagi byudjetlar o‘rtasidagi
majburiyatlarni bajarishda soliqlarni yig‗ish va ular ustidan nazoratni amalga
oshirish doirasida yuzaga keladigan jarayon‖
6
deb tushuntiradi va soliq
ma‘murchiligini konkretlashtirish uchun uni ―keng‖ va ―tor‖ ma‘noda aniqlashtirib
olishni taklif etadi.
Soliq ma‘murchiligini keng ma‘noda aniqlashda, uni turli darajadagi
ma‘muriy boshqaruvlar tizimining soliq sohasidagi soliq boshqaruvi tizimi deb
qarab, federal va hududiy darajada soliq munosabatlarida qat‘iy majburiy
ma‘murchilik choralarni belgilovchi markaziy boshqaruvni amalga oshiruvchi
soliq tizimi deb qaraydi. Majburiy ma‘murchilik tarkibi deyilganda, ijtimoiy-
iqtisodiy va soliqning fiskal funksiyalari soliqlarni rejalashtirish, soliqlar tushumini
8
Слесарева Т. Упрощенная система Налогообложения: Учебник -М.: ЕНВД 2007г.-112-с
16
va nazoratini tartibga solish, soliq solish jarayonlarini boshqarishda xorijiy
malakatlar tajribalaridan foydalanish tushunilishini;
Soliq ma‘murchiligiga tor ma‘noda aniqlashda
esa barcha soliq
munosabatlarida qatnashuvchilarni soliq qonunchiligi bajarilishini ta‘minlashda
soliq organlarining bevosita faoliyati tushunilishini taklif etadi.
Dastlab shuni ta‘kidlash kerakki, yuqorida ta‘kidlanganidek, ―soliq
ma‘murchiligi‖ iborasi keyingi yilllada foydalanilayotgan bo‘lishiga qaramasdan
uning mohiyatini ifodalash maqsadida bir necha shakldagi ta‘riflari mavjud. Masalan,
O.A.Mironova va F.F.Xanafeevlarning 2005 yilda Moskvada ―OMEGA-L‖
nashriyotida nashrdan chiqqan va ―Nalogovoe administrirovanie‖ deb nomlangan
darsliklarida (o‘quv qo‘llanmalarida) soliq ma‘murchiligining mazmun-mohiyatini
ifodalovchi quyidagi ta‘rif berilgan: ―Nalogovoe administrirovanie - eto
dinamicheski razvivayushayasya sistema upravleniya nalogovshi otnosheniyami,
koordiniruyugsaya deyatelnost nalogovix organov v usloviyax rinochnix otnosheniy‖
7
. Keltirilgan bu ta‘rifni o‘zbekchaga o‘giradigan bo‘lsak, u holda ta‘rif quyidagi
shakl va mazmunga ega bo‘ladi: ―Soliq ma‘murchiligi - bu bozor iqtisodiyoti
sharoitida soliq organlari faoliyatini muvofiqlashtiradigan, soliq munosabatlarini
boshqarishning dinamik rivojlanayotgan tizimi‖
8
Bizning
fikrimizcha,
bu
keltirilgan
ta‘rifda
soliq
ma‘murchiligining mohiyatini ifodalovchi ikki jihatga alohida e‘tibor
qaratilgan:
1) bu erda soliq ma‘murchiligining mohiyati, eng avvalo, soliq
organlarining
faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi
tizim
sifatida
talqin
qilinayapti;
2) ta‘rifda soliq ma‘murchiligining mohiyati soliq munosabatlarini
boshqarish tizimi orqali ifodalanishi ham qayd etilgan.
Bizning nazarimizda, O.A.Mironova va F.F.Xanafeevlarning soliq
ma‘murchiligiga bergan ta‘riflaridagi ―bozor iqtisodiyoti sharoitida
‖
va "dinamik
7
Mironova O.A., Xanafsev F.F. Nalogovos administrirovanie. Uchebnik. – M.: «OMGA-L». 2005. str:33.
8
Mironova O.A., Xanafsev F.F. Nalogovos administrirovanie. Uchebnik. – M.: «OMGA-L». 2005. str:33.
17
rivojlanayotgan‖ kabi iboralar soliq ma‘murchiligiming mohiyatini ochib
berishda, ma‘lum darajada, ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ularni mohiyatni
ifodalashning hal qiluvchi belgilari sifatida talqin etish unchalik maqsadga
ega emasdir.
Umuman olganda, yuqoridagi mualliflar tomonidan soliq ma‘murchiligiga
berilgan ta‘rif o‘zining qisqaligi va ma‘lum darajada, aniqligi bilan ajralib
turishini e‘tirof etish joiz. Bu berilgan ta‘rifning yutug‘i sifatida ko‘rsatilishga
arziydi. Shu bilan birgalikda, bizning fikrimizcha, O.A.Mironova va
F.F.Xanafesvlar tomonidan soliq ma‘murchiligiga berilgan ta‘rifda uning
mazmun-mohiyati etarli darajada to‘liq ochib berilmaganga o‘xshaydi. Buning
asosiy
sababi
shundaki,
qayd
etilgan
mualliflarning ta‘rifida soliq
ma‘murchiligining mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi asosiy holatlarning
hammasi ham inobatga olinmagan. Shuning uchun ham bu ta‘rifni soliq
ma‘murchiligining mohiyatini to‘liq ifodalovchi ta‘rif deb atashga asoslar etarli
emasdir. Bizning fikrimizcha, soliq ma‘murchiligining mazmun-mohiyatini
ifodalovchi ta‘rifi bu jarayonda e‘tiborga olinishi kerak bo‘lgan barcha holatlarni
hisobga olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |